Shaharning shiddatli sur’atlarida yashovchi haydovchilar uchun yaratilgan nemis yo‘ltanlamasi
Xitoy avtosanoatining haqiqiy ajoyib yangiligi o‘zbek bozoridagi bir nechta xorij rusum avtomobillariga zarba bergandek bo‘ldi, ular o‘zining boy tarixi bilan mashxur bo‘lsalarda, Xitoyning xamyonbop va elektronikaga boy xay-tek avtomobillari bilan qisman raqobatlasha olmaydi.
Biroq, kurashsiz yengilish “mastodontlar” tabiatiga xos emas. Eng yaxshi ixcham shahar yo‘ltanlamasi unvoni uchun kurashga tayyor ana shunday jasurlardan biri Asaka Motors distribyutorining “menyusida” paydo bo‘lganiga hali bir yil ham bo‘lmagan Opel Mokkadir.
Qora tomli va kapotli ikki rangdagi kuzov bu yangilikka sport xususiyatini baxsh etgan. Dinamik ko‘rinishni Opelning o‘ziga xos dizaynerlik yechimi Visor to‘ldirib, asosiy yoritkichlar va radiatorning jiloli panjarasini moslashuvchan kruiz-nazorati radari bilan vizual birlashtiradi.
14 ta yorug‘lik bo‘linmalariga ega to‘liq yoruqlik qaytaruvchi matritsasimon faralar aqlli IntelliLux texnologiyasi bo‘yicha ishlangan bo‘lib, bu harakatlanish holatiga bog‘liq holda oqimning jadalligi va yo‘nalishini o‘zi nazorat qilish imkonini beradi. Kunduzgi yonib turuvchi signal chiroqlari orqa qismidagi yoritkichlar kabi (darvoqe, ular ham nur qaytaruvchi) “qanot” shaklini olgan. Agar GS LINE butlanmasi uchun qo‘shimcha pul to‘lansa, parketnikning tashqi va ichki elementlari qizil hoshiya bilan to‘ldiriladi. Arzimasdek bo‘lsada, bu juda o‘zgacha ko‘rinish beradi!
Yangi Mokka Amerikaning GM Gamma II shassisidan voz kechdi va endilikda fransuz SMR ga asoslanadi. Yo‘ltanlamasning uzunligi 125 millimetrga qisqardi: old qismi avvalgi avlod bilan taqqoslanganda, 61 millimetrga qisqaroq, orqa tomon esa – 66 ga.
Natijada nemis avtosi shaharning tor yo‘llarida harakatlanish va to‘xtab turish uchun qulay harakatlanish etaloniga yana bir qadam yaqinlashdi. Uning tekislangan kuzovi rul boshqaruvida intuitiv seziladi, har safar parktronik yoki kameralarga qarash shart emas.
Agar avtomobilning tashqi ko‘rinishi ranglar va bo‘yolar uyg‘unligidan iborat bo‘lsa, uning saloni esa yuqori sifatli materillar uyg‘unligiga boy. Tabiiy charm va baxmalsimon qoplama yangi Opel Mokkadan taktil zavqlanish imkoniyatini beradi, karbonlangan va xromlangan elementlar esa – vizual.
Eng ko‘p e’tiborga haydovchi o‘rindig‘i loyiqdir. Birinchi navbatda ko‘z oldingizda hoshiyalangan yaxlit yoysimon element namoyon bo‘lib, u ikkita isitish deflektorini, 12-dyuymli raqamli asboblar panelini va 10-dyuymli navigatsiya displeyini birlashtirib turadi. Noodatiyligi – bu yapon klassikasi Toyota Supraga tegishli haydovchi tomonga burilgan markaziy konsol.
Birgalikda bu topilmalar samolyot kabinasidagidek illyuziyani yaratadi, bu yerda hamma narsa uchuvchi atrofida jamlangan, yo‘lovchi esa faqat deraza ortidagi manzaradan zavqlanishi mumkin. Aytgancha, yuqori o‘tirish joyi tufayli ushbu “samolyot” ning yoritkichi ham muvofiq ko‘rinish beradi.
Yo‘ltanlamasning ixcham o‘lchamlariga qaramay, ichki qismi kengdek tuyuladi. Bunday ko‘rinish uchun odatiy richag yoki uzatmalar qo‘tisi shaybasi kabi mayda detallarning yo‘qligi xizmat qilgan, unda harakatlanishni boshqarish to‘liq plastik joystik orqali amali amalga oshiriladi.
Quyirog‘ida xuddi shunday tekis elektron qo‘l tormozi va stakan uchun mo‘ljallangan katta bo‘linmalar, yon tomonida – boshqaruv uslubini tanlash tugmalari, yuqoriroqda – simsiz quvvatlantirgich, USB-port va 12 V rozetkaga ega telefon uchun tokcha, ulardan yuqorida esa iqlim-nazoratini boshqarish bo‘linmasi joylashgan. Darvoqe, ko‘pchilik hanuzgacha eng muhim funsiyalarni boshqarishda raqamli menyu bilan bosh qotirishdan ko‘ra, avvalgidek tugmalardan foydalanishni afzal biladi.
Yukxona bo‘linmasi munosib 350-litrli hajmga ega bo‘lib, o‘rindiqlar suyanchig‘i buklangan holatida 1105 litrgacha kattalashadi. Yuklama balandligi 760 mm, hayratlanarli emas, ammo baquvvat mushaklarni ham talab qilmaydi. Bundan tashqari, yukxona eshigi elektr uzatma bilan jihozlangan.
Opel Mokka o‘ziga xos yechimlarni texnik tomonlama ham namoyon etadi. 1,2 litrli turbo quvvatga ega va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sepiluvchi uch silindrli dvigatel 130 ot kuchi va 230 N·m onini ishlab chiqaradi. Quvvat bloki klassik sakkiz bosqichli avtomat uzatmalar qutisi bilan birlashtirilgan.
Me’yorda haydalgan avtomobilni tejamkor deb atash mumkin: ishlab chiqaruvchi 100 km uchun 4,9 litr sarflanishini da’vo qilmoqda. Biroq, svetoforda 1,3 tonnalik yo‘ltanlamasda to‘xtamay aylauvchi hayratlanarli darajadagi “o‘ynoqi” motor haydovchini asboblar panelida ushbu raqamlarni ko‘rish istagidan mahrum qiladi.
Avtomobilning eng yuqori tezligi – 200 km/soat, ilk “yuzlikka” esa 9,2 soniyada chiqa oladi. Tez haydashni sevuvchilarni kamroq qattiqlikdagi ilgak xursand qiladi. Opel yo‘ltanlamasining oldida kuchaytirilgan MacPherson, orqasida esa yarim mustaqil “U” shaklidagi burilish to‘sini mavjud. 1534 mm balandlikdagi avtomobil ag‘anab ketmaydi. Biroq, tanganing boshqa tomoni shundaki, kichik sirt nosimmetrikliklariga nisbatan yengil tebranmalar ehtimoli mavjud.
Old tomonlama tortuvchi; umuman olganda, ushbu sinf avtomobillariga orqa g‘ildiraklar yordami kerak ham emas, chunki u notekis yo‘llar uchun mo‘ljallanmagan. Mokkaga o‘tirib, shahar tashqarisiga otlanishning imkoni yo‘q – 2257-millimetrli g‘ildiraklar asosiga ega 190-millimetrli klirens glushitel yoki karter himoyasini shikast yetkazmagan holda yo‘llardagi kichik notekisliklardan yurish imkoniyatini beradi.
Zamonaviy shahar yo‘ltanlamasini yana nimalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi? To‘g‘ri, to‘qnashuvlar ehtimolini minimallashtiruvchi bir qancha virtual yordamchilarsiz. Mokka butun boshli foydali yordamchilar to‘plamiga ega. Shunday qilib, barmoqlaringizni bukib boring:
- yo‘l bo‘lagida saqlab turish va bo‘lak tark etilayotgani haqida ogohlantirish tizimi;
- yo‘l belgilarni aniqlash tizimi;
- to‘xtab turish joyida keng yordam tizimi;
- ko‘rinmas hududlarni nazorat qilish tizimi;
- haydovchi holatini nazorat qilish tizimi;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv haqida ogohlantirish va moslashuvchan kruiz-nazorati tizimi.
Og‘ir ish kunidan keyin uyqi torta boshladi va piyodani sezmay qoldingizmi? Mokka to‘qnashuv xavfidan ogohlantiradi va tormozlar ishga tushadi. To‘xtab turish joylarida yon-atrofdagi mashinalarga turtilib ketishdan qo‘rqasizmi? Mokka vaziyatni baholaydi va parallel va perpendikulyar harakatlanishda faol yordam beradi. Navigatsiyaga chalg‘idingiz va yo‘l bo‘lagi chizig‘ini tark etayapsizmi? Mokka nafaqat bu haqda ogohlantiradi, balki avtomobilni avvalgi to‘g‘ri holatga mustaqil qaytaradi. Mabodo vaziyat butunlay nazoratdan chiqqan bo‘lsa, haydovchi va yo‘lovchini birdaniga oltita xavfsizlik yostiqlari o‘z “quchog‘iga” oladi: ikkitasi oldidan, ikkitasi yon tomondan va ikkita darpardalar.
Shunday qilib, bu avtomobil kimlarga mos? Nemis yo‘ltanlamasi birinchi galda shiddatli megapolis ritmida yashovchi haydovchilar uchun yaratilgan. Bu katta sayohatlarga mo‘ljallangan kruiz layneri emas, balki tirbandliklarda A nuqtadan B nuqtagaga tez yetqizadigan, eng tor yo‘llarda ham harakatlanuvchi dinamik lyuks katerdir.
Mokka zamonaviy yo‘ltanlamas qidirayotganlar, biroq Xitoy muhandisligiga shubha qilayotganlarni qiziqtira oladi. Nemis avtosanoatining vaqt bilan sinalgan mahsuloti havotir hissidan xalos etadi. Opel, birinchi navbatda, ishonchlilik va kafolat ekanligini barcha biladi.