Chevrolet Captiva – tom ma’nodagi xalqona krossover. Mamlakatimizda u 2007-yilda paydo bo‘lib, shu zahoti eng omadlilar uchun yaratilgan avtomobil nomiga sazovor bo‘ldi. 2011 va 2017-yillarda Captiva yangilanish bosqichlaridan o‘tdi, 2018-yilda GM Uzbekistan kompaniyasi modelni ishlab chiqarish to‘xtatilganini e’lon qildi. Sevimli mashina o‘rnini ixcham Tracker, keyinchalik esa Trailblazer, Equinox va Tahoe kabi “mahluqlar” egalladi. Biroq, qachonlardir keng ommalashgan avtomobillar bilan har doim bo‘ladigani singari – ba’zan ular qaytadi...
Birinchi qarash
Demak, yangilangan “Kaptiva” bilan tanishuv chog‘ida nimani qayd etish mumkin? Birinchi navbatda, tashqi dizayn o‘zgarishlarga uchragan: kuzovning yangi egilishlari, yurish va orqa chiroqlarga ega yanada ingichka yorug‘lik diodli faralar (LED), radiator panjarasining shakli va boshqa ko‘plab narsalar. Umuman olganda, yangi Captiva qiyofasi BYD, Jetour, Haval kabi import raqobatchilarga monand zamonaviy tus olgan, ammo ularni mutlaqo ko‘chirmagan.
Shuningdek, tomning katta qismini egallagan manzarali lyukni alohida ta’kidlash zarur. Yon tomon oynalari isitish va elektrprivodga ega bo‘lgan. Va albatta, o‘sha dadil va ifodali 18 dyuymli alyuminiy disklarni sezmaslikning iloji yo‘q.
SUV-C segmentidagi krossover uchun “Kaptiva”ning yukxonasi uncha hajmli bo‘lmasa-da, ancha sig‘imli – 275/538 litr.
Salonga o‘tamiz
Avtomobil ichiga cho‘ntakdan kalitni olmasdan kirish mumkin. Tizim masofadan kirish uzatgichi (RKE) avtodan bir metr masofada bo‘lganida eshiklarni blokdan yechish imkonini beradi.
Yangi interyer yetarlicha jiddiy, qismat futuristik va umuman olganda zamonaviy ko‘rinishga ega. Qayd etish kerakki, yangi Captiva besh-etti o‘rindiqli butlanishda sotiladi. Biroq, ikkala holatda ham salon ancha shinam, o‘rindiqlarning perforatsiyali charm qoplamalari tufayli unda o‘tirish juda qulay. Haydovchi o‘rindig‘iga kelsak, u 6 pozitsiyali sozlagich bilan ta’minlangan. Ya’ni, qo‘lning ohista harakati bilan o‘zingiz uchun qulay holatni tanlaysiz.
Haydovchi o‘rindig‘iga yetib kelgan ekanmiz, avtomobilni uning nuqtai nazaridan ko‘rib chiqamiz. Bu yerda ko‘p funksiyali rul chambaragi va zamonaviy 7 dyuymli priborlar paneli mavjud. Markazda Android Auto va Apple CarPlay quvvatlashiga ega bo‘lgan yana bir sensorli axborot va ko‘ngilochar panel joylashgan.
Shuningdek, 10,4 dyuym diagonalga ega mazkur displey 360 darajadagi ko‘rinishni ta’minlaydigan orqa kuzatuv kamerasidagi tasvirni ham uzatadi. Panel ostida iqlim-nazorati tizimi boshqaruvi, yanada pastroqda, chekish uchun joy, USB-portlar va boshqalar joylashgan.
Yana bir qiziq detal – elektr to‘xtatish tormozining tugmasi. U AKKP qayta o‘t olish richagi orqasida joylashgan bo‘lib, oddiy ruchnik o‘rnini bosadi.
Model besh rangda (Aurora Silver, Star Twinkle Black, Tuungsten Grey, Polar White va Glaze Red) va uchla butlanishda (LT1, LT2 va Premier) mavjud. Ushbu maqolada biz so‘nggi modelni ko‘rib chiqamiz, chunki unda opsiyalarnign to‘liq to‘plami, jumladan manzarali lyuk mavjud.
Unumdorlik borasidachi?
Chevrolet Captiva kapoti ostida turboshamollatish va elektron boshqaruvli sepish tizimidan iborat DOHC (ikkilama yuqori taqsimot vali) 1,5 litrli dvigatel joylashgan. Agregat Bosch va SGMW hamkorlikdagi ishlanmasi bo‘lib, uning e’lon qilingan quvvati – 149 ot kuchiga teng.
Endi yonilg‘i sarflanishi haqida gapirsak. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 100 kilometrda 11,6 litrga teng, tavsiya etilgan yonilg‘i esa – 95 va undan yuqoriroq benzin.
Uzatishlar qutisiga o‘tamiz. Yangi oldprivodli “Kaptivada” o‘rnatilgan variator (CTV) dvigateldan trasmissiya orqali uzatiladigan aylanma holat va aylanish takroriyligini ko‘p jihatdan o‘z kuchlanish diapazonida o‘zgartirish imkonini beradi.
Xavfsizlik baridan ustun
Xavfsizlik borasida hammasi oliy darajada. Aylanma ko‘rish kamerasi haqida aytib o‘tdik, endi boshqa parametrlarni ko‘rib chiqamiz. Avtomobilda qator tegishli tizimlar nazarda tutilgan:
- ABS (antibloklovchi tormoz tizimi);
- EBD (tormozlashning elektro taqsimoti);
- EBA (favqulodda tormozlashda yordam tizimi);
- ESC (barqarorlikni nazorat qilish elektron tizimi);
- TCS (tortishni nazorat qilish tizimi);
- HAS (tog‘ga ko‘tarilishda yordam tizimi).
Bundan tashqari, avtomobil safarni yanada xavfsiz qilishga qaratilgan qator moslamalar bilan jihozlangan:
- 6ta xavfsizlik yostig‘i;
- bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi – ISOFIX;
- old va orqa parktroniklar;
- kruiz-nazorati;
- shinalardagi bosimni nazorat qilish tizimi.
Qayd etish joizki, hattoki yuqorida sanab o‘tilgan barcha opsiyalar mavjudligida ham, yo‘l harakati qoidalariga va tezlik chekloviga amal qilish zarur. Zero, nafaqat o‘z xavfsizligingiz, balki atrofdagilarning salomatligi va hayoti ham yo‘ldagi harakatlaringizga bog‘liq.
Kimga mos keladi
Birinchidan, bunday o‘rtacha va shinam krossover – oilaviy tabiatga safarlar va boshqa oilaviy tadbirlar uchun ajoyib yechim. Ikkinchidan, bu har kuni farzandlarini maktabga olib borishi, keyin uyga olib kelishi hamda xaridlar qilishi kerak bo‘lgan uy bekasi uchun yaxshi tanlov.
Uchinchidan, yangilangan Captiva avtomobillarda qulaylik va xavfsizlik, uslub va sportga xos yechimlarni qadrlaydigan odamlarga mos keladi. Boshqachasiga aytganda, agar siz uy bekasi yoki ko‘p bolali oilaviy odam bo‘lmasangizu, ammo bu krossover sizga yoqayotgan bo‘lsa, o‘zingizni chegaralamang!