Aqlli uy, aqlli soat, kuchli noutbuk va katta ekranli smartfon – oddiy odamni bunaqa narsalar bilan hayron qoldirib bo‘lmaydi. Turli xil smart-tizimlar bizni ishda, dam olishda va hattoki uxlayotganimizda ham bizga hamrohlik qiladi. Faqat avtomobillar hozirgi davrga qadar istisno bo‘lib qoldi. Biroq, taraqqiyotdan hatto ular ham chetda qolmadi: mashinalar yangi avlodining asosiga qanday innovatsiyalar olib kirildi va ularnig kundlaik yo‘l harakatiga qanday ta’sir o‘tkazishini tahlil qilamiz.
BOSHQARUVDA ILG‘OR AVTOMATIKA
Haydovchi tomonidan belgilangan tezlikni qo‘llab-quvvatlovchi kruiz-nazorat texnologiyalari bilan cheklangan davrlar bosqichma bosqich ortda qolmoqda. Hatto o‘rtacha narxdagi avtomobillar ham hozirgi kunda boshqaruvni yengilashtiradigan va yo‘lni kuzatishga ko‘maklashadigan ko‘p sonli tizimlarni taklif qilmoqda.
Bu harakatni yo‘lda ushlab turish tizimlari (bort kamerasi va tasodifiy rulga tegib ketish vaqtida yengil qarshi harakat), avtomobil to‘xtash joylari (haydovchi ishtirokisiz avtomobilni to‘xtatish harakatlarini amalga oshirish), ko‘rinmas hududni nazorat qilish tizimlari (kamera va uzoqni o‘lchagichlar yordamida), to‘qnashuv va avtomatik to‘xtashdan ogohlantiruvchi funksiyali moslashuvchan kruiz-nazorat tizimlari, haydovchi holatini monitoring qilish qurilmasi, shuningdek, haydovchining faol aralashuvisiz transportni boshqarish qobiliyatiga ega avtonom haydash tizimlari (avtopilot) sanaladi.
Mazkur texnologiyalar optik kameralar, lazerli radarlar (lidarlar) va ultra-tovushli masofa o‘lchagichlarga afzallik beradi. Ko‘p holatlarda maxsus boshqaruv bloklari (to‘xtatish kompyuterlari, haydovchi monitoring tizimlari, multimedia komyuterlari va b.) evaziga barcha hisob-kitob ishlari bevosita bort ichida amalga oshiriladi).
Intellektual tizimlarning yangi avlodi bitta yuqori ishlab chiqarish texnologiyasi ichida turli bloklar funksiyalarini birlashtirishga qaratilgan (masalan, Nvidia Drive Thor singari), bu esa avtomobil bort tizimi ishining aniqligi va tezligiga, shu bilan birga uning quvvat samaradorligi va ishlab chiqarishning umumiy qiymatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
EKRAN, KATTAROQ EKRAN VA YANA BITTA EKRAN
Avtomobil kompyuterlarining unumdorligini oshirish bort ekranlari va sensorli panellarning hajmlari va funksionalligiga to‘xtovsiz ta’sir ko‘rsatadi. Hozirdanoq mashinalarda ancha noodatiy bo‘lgan ikki ekranli (masalan, EXEED, KIA ning ba’zi modellarida) yoki katta markaziy displeyli (Tesla avtomobillaridagidek) panel qurilmalari paydo bo‘la boshladi.
BMW kompaniyasi bu borada ancha ilgarilab ketdi va 8K yo‘lovchi displeyiga ega, tomonlari nisbati 21:9 hajmli yangi, yettinchi, hashamatli seriyani chiqardi. Foydalanilmaydigan holatda mazkur 31-dyuymli ekran avtomobil salonidan ortiqcha joy egallamagan holda tom bilan baravar taxlanadi. Shu o‘rinda har jihatdan avtomobil interyeriga juda mos keladigan, yetarli yorug‘lik va quyosh ob-havoni, tunda esa yorug‘likning eng yuqori qarama-qarshilikni ta’minlab beruvchi OLED-texnologiyasi rivoji alohida rol o‘ynashini tilga olmay iloj yo‘q.
NOSTANDART HARAKAT REJIMLARI
Bozorda aksariyat mashinalarga xos bo‘lmagan noodatiy tarzda harakatlanish va burilishga imkon beradigan innovatsion dizaynga ega osma va transmissiyali avtomobillar tobora ko‘paymoqda. Masalan, Mercedes-Benz o‘zining EQG modelida to‘rtta mustaqil elektr motorli alohida taransmissiya chiqardi, shu tufayli elektrokar turgan joyida burila olish qobiliyatiga ega bo‘ldi (tanklarga xos burilish).
O‘z navbatida Hummer dan EV Pickup modeli burilish radiusini sezilarli darajada kamaytiradigan va soatiga 2 km tezlikda bo‘lsa-da, pikapga haqiqatda diagonaliga yurishga imkon beradigan nafaqat oldingi, balki orqa g‘ildiraklarining CrabWalk uslubida aylanish imkoniyati bilan maqtana oladi.
BATAREYANI QUVVATLASHNING MUQOBIL REJIMLARI
Safar chog‘ida elektromobil oladigan to‘liq quvvat sayohat oralig‘ini sezilarli darajada oshirishi va ulov egasining ancha-munchaa pulini tejab qolishi mumkin. Fisker o‘zining Ocean krossoverida mashinani bevosita harakatlanish paytida quvvatlantiradigan to‘la qiymatga ega bo‘lgan quyosh batareyalarini o‘rnatdi. Ishlab chiqaruvchining tasdiqlashiga ko‘ra, bunday tizim yil mobaynida 3200 bepul kilometrni ta’minlay oladi.
Yo‘lda akkumulyatorni quvvatlantirishning boshqa bir samarali texnologiyasi – bu rekuperativ tormozlanish: arzimas sekinlashda elektromobilning quvvat uzatish qurilmasi batareyadan uziladi va generator rejimiga o‘tadi kinetik energiyaning bir qismi esa elektr energiyasi va issiqlik ko‘rinishida qaytadi. Turgan gapki, shahar sharoitida kichik tezlikda harakatlanishda bunday texnologiyaning samarasi kam, shunga qaramasdan u qator vaziyatlarda elektromobilning quvvat zaxirasini 15-20% ga oshirgan holda, uning energiya samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
YORDAMCHI SMART-TIZIMLAR
Hozirdanoq an’anaviy funksiya va qurilmalar o‘zining “aqlli” analogiga o‘rnini bo‘shatib bermoqda. Avtomobilga kalitsiz kirish tizimi (masalan, avtoulov egasining ro‘yxatdan o‘tkazilgan barmoq izlari yoki unga tegishli smartfonning yaqinlashayotganini sezuvchi tizimlar), tor joylarda rulni boshqarish uchun ko‘p sonli kameralar, moslashuvchan faralar (uzoq va yaqin chiroqnlarni avtomatik o‘zgartirish), shuningdek, haydovchining buyrug‘i bilan boshqariladigan bort ovozli assistentlari paydo bo‘lmoqda.
BOSHQARILADIGAN AR-TEXNOLOGIYALAR
Zamonaviy avtomobillar ko‘pincha old oynadagi qurilmali paneldagi asosiy ma’lumotni aks ettiradigan proyeksion displeylar bilan jihozlanmoqda. Shu tariqa haydovchi yo‘ldagi holat ustidan nazoratni saqlab turadi. Biroq, kelajakda AR-funksiyalar tezlik ko‘rsatkichini aks ettirish chegaralaridan ilgarilab ketishi mumkin.
Yo‘l chizig‘idagi notekisliklar va o‘nqir-cho‘nqir joylarni aniqlash, asosiy yo‘nalish nuqtalarini (masalan, burilishlar yoki xavfli joylar) ko‘rsatish, shuningdek atrof-muhit to‘g‘risidagi ma’lumotlar (do‘konlarning nomlari, diqqatga sazovor joylar, ko‘chalar va boshqalar) juda foydali funksiya bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida
Shu tariqa, yaqin kelajakda yuz beradigan aksariyat innovatsiyalar aynan avtomobil hisoblash tizimlarini takomillashtirish ortidan boradi. Unumdorroq va yuqori samaradorlikka ega “temir” haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi, shuningdek, ularning yo‘ldagi xavfsizligini ta’minlovchi murakkab algoritm va xayrixoh smart-tizimlarga hayot ato etadi.
Albatta, muhandislik yutuqlarining roli haqida gapirmaslikning iloji yo‘q, biroq ularga nisbatan qatnov yo‘llarining kamlik paytida avtomobil haydamaydigan, ekstremal haydashga odatlanmagan yoki turgan joyida ulovni burib olmaydigan oddiy foydalanuvchilarda talab katta emas. Bundan tashqari, bunday funksiyalar, aksincha, safar xavfsizligiga salbiy ta’sir etishi mumkin, modomiki, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun kutilmagan va oldindan bilib bo‘lmaydigan oqibatlarni keltirib chiqarishi turgan gap.