Premium toifadagi intellektual avtomobillar brendi – Zeekr tomonidan Toshkent shahrida Zeekr City flagmanlik markazi ochildi. Ochilish mijozlar, biznes va media vakillari ishtirokidagi yopiq tadbir shaklida o‘tkazildi. Tadbirga xonanda Rayxon boshchilik qildi.
Dilerlik markazi shahardagi eng yirik Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazi yaqinida joylashgan bo‘lib, oltita mashinalik shourum, back-ofis va avtomobillarni topshirish hududiga ega. Kompaniya vakillarining aytishicha, Zeekr xaridorlarni yuqori texnologik elektromobillar, barcha butlovchi qismlar hamda jahon standartlari bo‘yicha sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish kompleksi bilan ta’minlashni rejalashtirgan.
Frenk Li, Zeekr International operatsion direktori: “Biz O‘zbekistondagi elektromobillar bozorining rivojlanishida katta imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz va uni o‘zlashtirish uchun ulkan rejalarni qurmoqdamiz. Xaridorlarga premium toifadagi intellektual elektromobillarning ikkita eng mashhur modelini taklif qilgan holda, ular mukammal texnik xususiyatlari va bashang dizayni tufayli katta talabga sabab bo‘lishiga ishonchimiz komil. Tez orada avto bozorida yanada ko‘proq ekologik va energiya tejovchi modellar paydo bo‘ladi, Zeekr brendining ishtiroki esa bozor raqobatbardoshligini oshirib, avtomobil egalariga o‘z xohishlari asosida tanlov qilish imkonini beradi”.
INNOVASIYALAR STANDART SIFATIDA
Zeekr – Geely Holding Group korporatsiyasiga tegishli lyuks toifasidagi elektromobillar global brendi. Uning maqsadi – innovatsiyalar bilan to‘liq integratsiya qilingan ekotizimni standart sifatida yaratishdan iborat. Brend o‘z batareya texnologiyalari, batareyalarni boshqarish tizimlari, elektr dvigatellar texnologiyalari va elektromobillarni yetkazib berish zanjiridan iborat Sustainable Experience Architecture (SEA) arxitekturasidan foydalanadi.
Zeekr tadqiqot va ishlanmalar markazlari (R&D) Ninbo, Xanchjou, Shanxay (Xitoy) va Gyoteborg (Shvetsiya) shaharlarida joylashgan bo‘lib, ularda xalqaro toifadagi tajribali mutaxassislar eng zamonaviy qurilmalarda mehnat qiladi. Shvetsiyadagi muxandislar jamoasi asosiy texnologiyalar, jumladan avtomobillar arxitekturasi, kuchlanish agregatlari, shassi va haydovchiga yordam beruvchi ilg‘or tizimlarni (Advanced Driver Assistance Systems, ADAS) yaratish ustida ish olib boradi. Shuningdek, ular barqaror mobil kelajakka yo‘l ochish uchun Shvetsiya va butun dunyo bo‘ylab startaplar, innovatsion markazlar va ilmiy doiralar bilan hamkorlik qiladi.
ZEEKR FALSAFASI
ZE — Zero (nol). Cheksiz imkoniyatlarning boshlang‘ich nuqtasi.
E — Evolving. Evolyutsiya — elektromobillar davri taraqqiyoti anglatadi.
KR — Krypton. Kripton — elektr yordamida yorug‘lik taratadigan noyob gaz.
Butunlay elektrda ishlaydigan Zeekr avtomobillari karbonat angidrid gazini chiqarmaydi. Zeekr (Zeekr Intelligent Factory) zavodi 100 foiz yashil energiya asosida ishlaydi. 300 ming metr kvadrat maydondagi quyosh batareyalari parki yordamida zavod har yili 40 mlr kVt/s ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
ZAVODDAGI SIFAT NAZORATI
Zeekr Intelligent Factory zavodi Ninbo shahridagi Xanchjou ko‘rfazida joylashgan. Uning maydoni – 321 aktr yoki 1,3 metr kvadrat. Zavod qurilishi 2018-yilning oxirida boshlangan bo‘lib, ishlab chiqarish 2021-yilning uchinchi choragida yo‘lga qo‘yilgan.
Kompaniya dunyodagi ilk yirik ko‘lamdagi Giga-casting L4 intellektual ishlab chiqarish liniyasini joriy etish orqali xalqaro toifadagi zavodni yaratishga intilmoqda. Zavod 5G internet-monitoringi, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar kabi ilg‘or ishlab chiqarish jarayonlari va texnologiyalarini to‘liq integratsiya qiladi. Bu yerda yanada barqaror tadqiqot va ishlanmalarni ta’minlash uchun raqamli o‘xshashlar texnologiyasidan foydalaniladi, mahsulotning sifati esa sanoatga doir buyumlar interneti tomonidan qo‘llaniladigan “shaffof, moslashuvchan va intellektual” ishlab chiqarish tizimi yordamida kafolatlanadi.
Keng qamrovli, yuqori standartli sifat tekshiruvi tizimi beshta bosqichdan iborat:
- tijorat nazorati liniyalari;
- tartibga solish liniyalari;
- foydalanish sinovlari liniyalari;
- yomg‘ir bilan sinash liniyalari;
- sotuvdan oldingi tekshiruv (Pre-Delivery Inspection).
Bundan tashqari, zavodda 3 mingdan ortiq baholash punktlari o‘rnatilgan: kompaniya shu tariqa Zeekr konveyeridan nihoyatda sifatli mahsulot chiqishini kafolatlash uchun har bir detalni sinchkovlik bilan tekshiradi.
SUSTAINABLE EXPERIENCE ARCHITECTURE
Zeekr tomonidan taqdim etiladigan dunyodagi yetakchi mutlaqo elektrda ishlovchi SEA avtomobil arxitekturasini yaratish uchun besh yillik muddat hamda $2,7 milliarddan ortiq (20 mlrd yuan) sarmoya sarflangan.
Sustainable Experience Architecture yoki SEA – eng samarali, integratsiyalangan va intellektual arxitektura bo‘lib, uni ishlab chiqishda qator ilg‘or texnologiyalar seriyasidan foydalanilgan: 800 voltli elektr tizimi, avtomobil kuzovidagi detallarni bosib chiqarishda gagapressdan foydalanish, ikki kamerali pnevmatik prujinalar va h.k.
Shuningdek, SEA arxitekturasida modulli konstruksiya g‘oyasi qo‘llanilgan bo‘lib, nisbatan yuqori unifikatsiyalash quvvatlanadi. Bu tadqiqot va ishlanmalarni o‘tkazishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish, investitsiya xarajatlarini kamaytirish va mahsulotning yanada barqaror sifatiga erishish imkonini beradi.
YEVROPACHA DIZAYN
Zeekr Global Design bo‘linmasida ishlaydigan xalqaro jamoa avtomobillar ekstereri va intereri dizayni, rang va materiallar tanlovi, “odam-mashina” yoki human–machine interface (“odam-mashina” interfeysi — odam va mashina o‘rtasidagi aloqa tizimi bo‘lib, u ikkala tomon bir-biri bilan hech qanday muammosiz soniya ulushlarida o‘zaro muloqot qilishi mumkinligini kafolatlaydi. — Tah. izohi) interfeysi hamda raqamli va jismoniy modellashtirish bilan shug‘ullanadi.
Geely kompaniyasining bosh dizayn markazi Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida joylashgan bo‘lib, unda qariyb 450 kishi ishlaydi. Yevropadagi dizaynerlar va muxandislar jamoasi xolding tarkibiga kiruvchi barcha brendlar bilan ishlaydi. 2024-yilning fevral oyida Shanxayda ham dizayn-studiyasi ochilib, hozirda unda 50 nafar odam mehnat qilmoqda. Studiyaga mashhur avtomobil dizayneri Xaver Garsiya-Gallardo rahbarlik qiladi.
GEELY HOLDING GROUP
Zeekr brendi bosh qarorgohi Xanchjou (Xitoy) shahrida joylashgan va jahonda yetakchi avtomobil guruhi hisoblanuvchi Geely Holding Group tarkibiga kiradi. Kompaniya asosiy e’tiborini transport yaratish sohasidagi innovatsiyalar va ekologik barqaror yechimlarga qaratadi. Hozirda Geely Holding quyidagi brendlarga egalik qiladi, sarmoya kiritadi va ularni boshqarib keladi: Geely Auto, Lynk & Co, Zeekr, Geometry, Volvo Cars, Polestar, Lotus, London Electric Vehicle Company, Farizon Auto, RADAR AUTO va Cao Cao Mobility.
Ayni vaqtda ikkita eng ommalashgan elektromobil modeli sotuvga chiqarilgan – Zeekr 001 va Zeekr X. Ular yevropacha to‘plamdagi ikkita komplektatsiyada taqdim etilgan – Flagship va Premium. Avtomobilni kreditga xarid qilish imkoni mavjud.
Elektromobilni Zeekr City markazidagi rasmiy distribyutordan sotib olish evaziga mijozlar qator afzalliklarga ega bo‘ladilar:
- avtomobilga 4 yil (48 oy) yoki 100 000 km kafolat;
- elektr dvigatel va batareyaga 8 yil (96 oy) yoki 200 000 km kafolat;
- o‘rnatilgan Apple CarPlay va Android Auto;
- rus tilidagi zavod interfeysi;
- rasmiy servis va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish.
1,3 kv. km
Zeekr kompaniyasining Ninbodagi (Xitoy) ishlab chiqarish maydoni
2200
xodim Ninbodagi Zeekr zavodida ishlaydi
180 ming
avtomobil — zavodning joriy yillik ishlab chiqarish quvvati (maksimal quvvat – yiliga 300 ming avtomobil)
0
Zeekr avtomobillarida butun yetkazib berish tarixi davomida shuncha marta batareya alangalanishi holati qayd etilgan
> $2,7 mlrd
faqat SEA elektr avtomobil arxitekturasini ishlab chiqishga sarmoyalar summasi
$1,38 mlrd
Ninbodagi zavodning qurilish qiymati
Manzil: Tashkent City, Zargar ko‘chasi, 33, Summit BM qarshisida
Ish vaqti: soat 10:00dan 20:00gacha, dam olish kunlari va tanaffuslarsiz
Call Center +998 78 12-000-21
Sayt zeekr-cars.uz
Telegram @zeekruzbekistan
Instagram @zeekr.uzb
Facebook fb.com/zeekr.uzb