Skip to main content

O‘zbekistonlik oltita sportchi qariyb 13 tonnali ATR 72-600 yo‘lovchi samolyotini 100 metrga siljitish orqali jahon rekordini o‘rnatdi. Bekzod Xudoyqulov, Sherzodbek Gaynazarov, Farxod Dadamuxamedov, Umid Xusanov, Baxshulla Sayfullayev va Abrorbek Fozilov korpus va oyoqlar kuchidan foydalangan holda samolyotni siljitishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonda birinchi sport bo‘yicha Ginnes rekordi qayd etildi, 7auto.uz

Ushbu natijaga bir daqiqadan kamroq vaqt sarflandi va u Ginnes rekordlar kitobining Mbali Masechaba Nkosi xonim rahbarligi ostidagi komissiya tomonidan tasdiqlandi.

Rekordchilarning aytishicha, ular birinchi marta samolyot siljitganiga qaramay, muvaffaqiyatga erishishi yuzasidan mutlaqo shubha qilmagan.

Tadbir tashabbuskori sifatida O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasi 7Saber ko‘magida ishtirok etdi.

O‘zbekistonda birinchi sport bo‘yicha Ginnes rekordi qayd etildi, 7auto.uz