Joriy yilning 23 va 24-sentabr kunlari Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi Food City muassasasining keng maydonida avtomobil texnikasi va avtopoygalarning muxlislari yilning uchun eng ulkan va kutilgan tadbiri – uchinchi Motor Fest bo‘lib o‘tdi. Ushbu eng yirik avtomobil festivali avtosport va avtomobil sanoatining barcha yo‘nalishlarini mujassamlagan.
Tadbir butun O‘zbekiston, shuningdek Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan avtoshinavandalar va professional poygachilarning e’tiborini tortdi.
Loyiha mamlakatimizda avtomadaniyatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, har bir avtoshinavandaga avtomobil tyuningi, aerografiyasi, deteylingi bo‘yicha o‘z ishlarini namoyish etish, avtomobil mavzusiga doir turli sohalarda o‘z xizmatlarini reklama qilish va taklif etish imkonini beradi. Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan “zo‘r ulovlarning” egalari mashina – shunchaki harakatlanish vositasi emas, balki ishtiyoq va haqiqiy san’at ekanligini yaqqol namoyon etdilar va isbotlab berdilar.
Bu yilgi tadbir tom ma’noda oilaviy tusga ega bo‘ldi. Bolalar uchun rang-barang mashinalarni tomosha qilishdan tashqari, virtual reallikdagi mashina va motosiklni haydab ko‘rish imkonini ham taqdim etildi.
Albatta, festivalning har bir mehmoni birinchi navbatda kundalik hayotdagi yo‘llarda uchratish mumkin bo‘lmagan nostandart eksklyuziv mashinalarni tomosha qilish chipta sotib olgan. Bular sportkar sifatida qayta ishlangan McLaren, Mustang, Mazda, Porche, Toyota Supra, Mercedes kabi avtolar, mahalliy sanoatga mansub mashinalardir. Bunday “afsonaning” har biriga avtomobil but saqlanishini nazorat qiluvchi ko‘ngilli biriktirildi.
Joriy yilgi Motor Fest tadbirida drift bo‘yicha turnirlar ham tashkil etildi. Mazkur avtosport turida poygachi burilishlardan maksimal tezlikda o‘tish uchun ataylab avtomobilida chetga og‘ishni yuzaga keltiradi. Turnirlar poygachilar o‘zaro raqobat qilishi, tomoshabinlar esa ajoyib tomoshaning guvohiga aylanishi mumkin bo‘lgan oldindan tayyorlangan maxsus trassada o‘tkazildi.
Toshkentdagi Motor Fest va drift bo‘yicha turnirlarning tashkilotchilari MDH davlatlaridagi avtoshinavandalar va professionallarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Bu voqea O‘zbekiston uchun o‘z avtomobil sanoatini ilgari surish va mamlakatga yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish uchun yaxshi imkoniyatga aylandi.
Festivalda poygachilar va tomoshabinlarning to‘liq muhofazasi ta’minlanib, tadbirning barcha ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratildi, shuningdek transport va mehmonxona infratuzilmasi sifatli darajada tashkil etildi. Ko‘p jihatdan bularning hammasiga ko‘ngillilar yordami tufayli erishildi.
Aleksey Grishanovich, ko‘ngillilar guruhining katta tashkilotchisi:
“Men uchchala motorfestda ishtirok etganman va ishonch bilan aytishim mumkinki, bu yilgi tadbir yanada zo‘r o‘tdi. Bu orttirilgan tajribadan dalolat beradi. Biz har safar odamlarga qulayroq bo‘lishi uchun to‘lovning yangi usullarini sinab ko‘ramiz va takomillashtiramiz. Bu safar katta to‘xtash joyiga ega maydonni tanladik, chunki o‘tgan yili Amirsoy’da tashrif buyuruvchilar soni ko‘p bo‘lgan, to‘xtash joyi esa kichkina edi. Faqat shuning o‘zi tufayli deyarli hamma narsaga ta’sir o‘tkazgan ko‘p sonli salbiy fikrlar qayd etilgan.
Bu safar tomoshabinlar va mehmonlar tomonidan hech qanday e’tiroz bildirilmadi. Biz uchun bu katta yutuq, chunki bu kabi masalalarning hal etilishi ko‘p kuch va vaqtni oladi. Barcha tashkiliy masalalar silliq va muammosiz yechim topdi, bunga juda hursandman: demak, shaxsan men, masalan, o‘z ishimni yaxshi bajarganman”.
Avtomobillar festivali mintaqadagi avtosport sohasidagi eng yorqin hodisalardan biri bo‘lib, O‘zbekiston uchun o‘z salohiyatini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi. 2023-yilda Toshkentdagi Motor Fest va drift bo‘yicha turnirlar kutilgan natijalarni oqladi hamda avtosportni rivojlantirish va mamlakatning avtomobil sanoatiga e’tiborni jalb qilish uchun muhim qadamga aylandi.