Skip to main content

Mercedes-Benz va Geely tarixdagi eng yirik Smart #3 elektrmobilini taqdim etdi

Smart – 1994-yilda yaratilgan va mikroavtomobillarga ixtisoslashgan sobiq nemis avtomobil rusumi hisoblanadi. 2019-yilda ish xitoyliklar qo‘liga o‘tdi hamda Geely xitoy kompaniyasi bilan Mercedes-Benz o‘rtasidagi qo‘shma korxona sifatida Smart Automobile Co., Ltd. yangi kompaniyasi yaratildi. 2022-yilning sentabr oyida esa Smart #1 birinchi elektr krossoverini yetkazib berish boshlandi. Yangi, faqat elektrda ishlaydigan Smart modellarining muxandisligi va ishlab chiqarilishi uchun endilikda Geely javob beradi, Mercedes-Benz esa ularning dizayni bilan shug‘ullanadi.

KATTA VA AQLLI, 7auto.uz

Smart #3 – kompaniyaning ishlab chiqarilishi 1-iyunda boshlangan ikkinchi elektrmobili. 

Geely Smart #3 avtomobilini 2021-yilda ishga tushgan Siandagi yangi zavodida ishlab chiqaradi. Smart #3, o‘zidan avvalgi model singari, Lotus Eletre, Zeekr X, Volvo EX30 va Polestar 4 negizida yaratilgan Geely SEA platformasiga asoslangan.

Bu qachonlardir yaratilgan Smartlar orasida eng kattasi: 5 eshikli 5 o‘rindiqli avtomobil 4400 x 1844 x 1556 mm hajmga hamda 2785 mm g‘ildiraklar bazasiga ega. Elektmobil 19 yoki 20 dyuymli g‘ildiraklar va sig‘imli bagajnik bilan jihozlanishi mumkin.

KATTA VA AQLLI, 7auto.uz

Mashina ichida SoC Qualcomm Snapdragon 8155 12,8 dyuymli markaziy boshqaruv ekrani joylashgan. Bundan tashqari, avtomobil L2+ haydovchisiz yurish imkoniyatiga ega Smart Pilot Assist tizimiga ega.

Smart #3 kross-kupesi bozorga ikki xil modifikatsiyada chiqarilgan – standart va Brabus ko‘magida “quvvatlangan” shaklda. Birinchisida orqa o‘qda 272 ot kuchiga ega motordan iborat va 5,8 soniyada soatiga 100 kilometr tezlik olishi mumkin. Ikkinchi modifikatsiya ikki motorli (va muvofiq ravishda to‘liq privodli): uning dvigateli 428 ot kuchini ishga tushiradi, bu soatiga 100 kilometr tezlikka 3,7 soniyada chiqish imkonini beradi. Barcha versiyalar uchun yagona 66 kilovattli batareya yurish zaxirasini 415dan 455 kilometrgacha ta’minlab beradi.

25th Anniversary versiyasi kuzovida o‘ziga xos bezak va eng boy jihozlanishga ega bo‘lgan. U olovrang chiziqlar va 19 dyuymli qora g‘ildirak disklari bilan faqat oq rangda chiqariladi. Butlanish tarkibiga 9,2 va 12,8 dyuymli ikkita ekrandan iborat mediatizim, proyeksiya displeyi, salonning charm qoplamasi, manzarali tom va Beats’dan 13ta dinamikli akustika kiradi.

KATTA VA AQLLI, 7auto.uz

Tom shakli Smart #1 bilan taqqoslaganda nafaqat orqa, balki old tomondan ham o‘zgargan: old oyna romidagi tutash burchaklar silliqlangan va xetchbek yanada ravon shaklga ega bo‘lgan. O‘lchamlar ham shuni tasdiqlaydi: Cd aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti 0,29dan 0,27gacha kamaygan. Romsiz oynali eshiklar konstruksiyasi saqlab qolingan. Birinchi modelda ko‘pi bilan 19 dyuymli g‘ildiraklar qo‘yilishi mumkin bo‘lsa, uchinchi model uchun 20 dyuymlilarga ham buyurtma berish mumkin.

“Uchinchi” modelning sezilarli farqi – old panel markazi bo‘ylab to‘g‘ri to‘rtburchak o‘rniga doirasimon ventilyatsiya deflektorlaridir. Yangi old o‘rindiqlar esa integratsiyalangan bosh suyanchiqlariga ega. Mediatizimning 12,8 dyuymli ekrani, oynali tom, old o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, Beats auditotizimi va boshqa opsiyalar saqlangan.

KATTA VA AQLLI, 7auto.uz

MERCEDES-BENZ SMART PULSE AWD QISQACHA TEXNIK TA’RIFLANISHI

  • Kuzov turi: universal SUV, 5 eshikli 5 o‘rinli
  • Gabarit o‘lchamlari (U x K x B): 4400 x 1844 x 1556 mm
  • Maksimal tezligi: 180 km/s
  • 0-100 km/s tezlikka chiqish vaqti: 4,3 soniya
  • Elektrda yurish zaxirasi: 520 km
  • Privod turi va shakli: AWD – to‘liq privod, oldida va orqada bittadan ikkita elektr dvigatel
  • Elektr dvigatellarning umumiy quvvati: 315 kVt/428 ot kuchi
  • Batareya turi va brendi: Vair Electric brendining uchtalik litiy batareyasi
  • Batareyaning umumiy sig‘imi: 66 kVt/s
  • Tez quvvatlanish vaqti: 0,5 soat
  • Sekin quvvatlanish vaqti: 7,5 soat
  • Shinalar o‘lchami: 245/45R19