Katta poyga. Audi Lyanchiga qarshi (2024)
2024-yil yanvarda ekranlarga chiqqan film 80-yillar ralli musobaqalarining ikki yulduzi – Lancia 037 va Audi Quattro o‘rtasidagi qizg‘in raqobat haqida hikoya qiladi. O‘sha davrda Audi o‘zining to‘liq uzatmali Quattro tizimi bilan dunyoni shiddat bilan zabt etayotgan bo‘lsa, Lancia esa klassik orqa g‘ildirakli uzatmadan qat’iy foydalanishda davom etardi. Tasvir, kutilganidek, “Ford Ferrariga qarshi” filmining g‘oyaviy davomchisi bo‘lib, voqealar rivojini xronologik tarzda ko‘rsatish bilan bir qatorda, real mavjud bo‘lgan poygachilarning badiiy obrazlarini ham parallel ravishda ochib beradi.
Ferrari (2023)
Biografik drama voqealari dunyoning eng mashhur avtomobil siymolaridan biri – Enso Ferrarining taqdirini hal qiladigan qarori atrofida rivojlanadi. O‘g‘lining vafoti va o‘z avtomobil kompaniyasi ishlaridan g‘amga botgan Enso o‘sha vaqtlardagi Italiyaning asosiy musobaqasi – Mille Miglia’da jamoada ishtirok etishga harakat qiladi. Natijada tavakkal o‘zini oqlaydi, va Scuderia Ferrari pilotlari nufuzli musobaqa podiumida uch o‘rinning barchasini egallaydi. Shunisi diqqatga sazovorki, rejissor Maykl Mann Ferrari oilasi bilan shaxsan tanish. Shu tufayli ko‘pchilik sahnalarda o‘sha davrning eng nodir avtomobillari haqiqiy kolleksion namunalardan foydalangan.
Ford Ferrariga qarshi (2019)
Badiiy janrdagi qoyilmaqom surat. Mualliflar tarixiy-hikoyanavislik qismini (film, mohiyatan, biografiya-xronologiya hisoblanadi) badiiy postanovka bilan hamohang uyg‘unlashtirishga muvaffaq bo‘lishgan. Hikoya o‘sha paytlardagi poyga sanoatining ikki asosiy gigantining murosasiz raqobati atrofida sodir bo‘ladi. Raqobat jamoa poygachilari o‘rtasida trekda ham, ikki asosiy shaxs – Enso Ferrari va Genri Ford II o‘rtasida hayotda ham davom etadi.
Uddaburon bolakay (2017)
Musiqiy jihatlarga katta e’tibor qaratilgan sarguzasht jangari film. Hikoya markazida talonchilik paytida ham sevimli musiqasidan ajralmaydigan va to‘dada “haydovchi” rolida bo‘lgan audiofil yigit turadi. Syujet haydashni qiyib yuboradigan ustomonning kundalik ishidan tortib, sevgan qizining hayotini xavf ostiga qo‘ymagan holda to‘dadan chiqishga urinishiga qadar rivojlanadi. Buning uchun bosh qahramonga so‘nggi va eng qiyin vazifani bajarishi kerak bo‘ladi. Film ta’qib, otishma va janrning boshqa xususiyatlarini aks ettiruvchi keskin sahnalarga sifatli musiqiy asarlarning a’lo darajada singdirib yuborilgani bilan e’tiborga loyiqdir.
Need for Speed: Tezlik ishtiyoqi (2014)
Gollivudning siyqasi chiqqan syujetli va iboralarga to‘la klassik “poyga-otishmalari”. Boshqa tomondan, so‘nggi o‘n yillik namunasidagi ko‘klarga ko‘tarilgan “Forsaj” filmidan farqli o‘laroq, ushbu kartina kadrda avtomobillarning ko‘pligi va poyga jarayonlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Tomoshabinlarning “Need for Speed: Tezlik ishtiyoqi” filmiga qiziqishni oshirish uchun Electronic Arts — shu nomdagi poyqa haqidagi kompyuter o‘yinlari brendi egasi ham bu loyihaga qo‘l urdi. Natijada badiiy jihatdan ajralib turmasa-da, yorqin tasvirlar va yorqin tasvirlar va qiziqarli mashinalar bilan e’tiborni tortadigan ko‘ngilochar film yaratildi.
Gran Torino (2008)
Bosh qahramon – keksa, yolg‘iz va odamovi kishining sevimli Ford Gran Torino mashinasini o‘g‘irlayotgan ko‘cha jinoiy to‘daga qarshi chiqishi haqida hikoya qiladi. Syujet tomoshabinni personajning bezorilar bilan maishiy ixtilofi va o‘smirni qutqarishdan tortib haqiqiy ko‘cha jangiga yetaklaydi. Hikoya davomida Koreya urushining odamovi faxriysi hayoti asta-sekin ochila boradi, ko‘plab qo‘shimcha sahnalar esa nafaqat antagonistlar bilan ziddiyatni, balki bosh qahramonning xarakterini ham yoritib beradi. Yaxshi jangari drama, garchi filmning nomi va hatto posterdagi Ford Gran Torino tasviri ham asarning asosiy g‘oyasiga unchalik mos kelmasa-da.
Forsaj (2001)
Ko‘cha poygalari haqidagi dunyodagi eng mashhur brend shu bo‘lsa kerak. Bu holatda gap “forsajiada”ning birinchi qismi haqida emas, balki butun franshizaning o‘zi haqida ketmoqda. Agar tomoshabin franshizaning seriya bilan tanish bo‘lmasa, u holda birinchi filmdan boshlagan ma’qul (shunchaki “Forsaj” deb ataluvchi qismi.) Aks holda, so‘nggi yillarda yaratilgan ijod mahsullari boshqalari bilan tanishish istagini yo‘qqa chiqarishi mumkin. To‘g‘ridan to‘g‘ri poygalar va dahshat mashinalar unda ancha kam, lekin ochiqdan ochiq bema’nilik hamda superqahramonlar haqidagi bolalar jangari filmlariga o‘xshash unsurlarga to‘la. Shunday bo‘lsa-da, “Forsaj”ning dastlabki uch-to‘rt qismi haqiqatan ham bu janrda sezilarli iz qoldirgan va avtomobil muxlislari ular bilan tanishib chiqishlari, shubhasiz, foydadan xoli bo‘lmaydi.