Avtomobil oldi-sotdisini endi onlayn rasmiylashtirish mumkin, Toshkentdagi tirbandliklarga qarshi kurashiladi, 80-benzin tez orada ta’qiqlanadi: avtomobillarga tegishli oyning eng muhim yangiliklari bilan bo‘lishamiz
PREZIDENTIMIZ “YO‘L HARAKATI TO‘G‘RISIDAGI” QONUNNI IMZOLADI
2024-yil 19-yanvar kuni davlatimiz rahbari “Yo‘l harakati to‘g‘risidagi” Qonunni imzoladi, va bu rasman e’lon qilingan kundan boshlab olti oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatda, xususan, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarning belgilangan chegaralarida avtoturargohlar qurish to‘g‘risidagi qarorlar hududni rejalashtirish bo‘yicha tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, to‘xtash joylari ekologik xavfsizlikni va atrof-muhitga, aholi salomatligi va farovonligiga salbiy ta’sirni kamaytirishni hisobga olgan holda tashkil etilmoqda.
To‘xtash joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida joylar talab qilinadi va elektr dvigatel bilan ishlaydigan transport vositalari uchun elektr quvvat manbalariga ulanishi mumkin bo‘lgan joylar ajratiladi. Qonun bo‘yicha batafsil ma’lumotni lex.uz portalidan olishingiz mumkin.
ENDI AVTOMASHINALARNI OLDI-SOTDI BITIMLARI ONLAYN TARZDA AMALGA OSHIRILISHI MUMKIN
Oldi-sotdi bitimlarini rasmiylashtirish E-notarius axborot portalida amalga oshirilishi mumkin. Manbada “Notarial harakatni rasmiylashtirish” bo‘limini tanlab, unga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish zarur. Undan keyin sotuvchi avtomobilni tanlaydi, uning qiymatini ko‘rsatadi va haridorning shaxsiy ma’lumotlarini – JShShIR, pasport seriyasi va raqami, telefon raqamini kiritadi. So‘ngra kiritilgan raqamga SMS-xabar orqali havola jo‘natiladi, haridor u orqali Face-ID verifikatsiyadan o‘tadi va o‘z roziligini tasdiqlaydi. Shundan so‘ng, notarius tanlanadi, u esa o‘z navbatida vaqtni belgilaydi va bu haqda ishtirokchilarga SMS-xabar orqali ma’lum qiladi. Belgilangan vaqtda notarius video aloqa orqali tomonlar ishtirokida bitimni rasmiylashtiradi. Bitimlarning original nusxalari o‘z navbatida pochta orqali tomonlarga jo‘natiladi.
PREZIDENT TOSHKENTDAGI TIRBANDLIKLAR MUAMMOSINI HAL QILISH VAZIFASINI YUKLADI
29-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi videoseletor yig‘ilishida Toshkentdagi yo‘l harakati borgan sayin katta muammoga aylanayotgani ta’kidlanib o‘tildi. Poytaxtning ayrim ko‘chalarida begim kunlari yo‘l tirbandliklari ko‘rsatkichi 7-9, ba’zida esa 10 ballni tashkil etmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga, Transport Vazirligiga hamda Toshkent shahar hokimiyatiga tirbandliklar muammosini bartaraf etish bo‘yicha takliflarni tizimli shakllantirish va ularni Prezidentga taqdim qilish vao‘ifasi yuklatildi.
“Shahar rivojlanishi va yo‘l harakatiga mas’ul barcha rahbarlar “Shahar piyodalar uchun” shiorini o‘zlarining muhim tamoyili sifatida qabul qilishlari shart. Shu bilan birga, jamoat transporti har tomonlama ustuvor bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.
HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASIDAN FOYDALANGAN HOLDA ICHKI AVIAREYSLARDA RO‘YXATDAN O‘TISH MUMKIN
Uzbekistan Airports kompaniyasining xabar berishicha, O‘zbekistonning ichki reyslarida ro‘yhatdan o‘tish uchun shaxsni tasdiqlovchi xujjatlar ro‘yhati kengayishi mumkin.
Aeroportlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar sifatida tan olinadigan va ulardan foydalangan holda yo‘lovchilarga ichki reyslarga ro‘yxatdan o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarning (haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma va boshqalar) yakuniy ro‘yxati bo‘yicha idoralararo kelishuv yakunlanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va tartiblarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 389-son qaroriga asosan yangi milliy haydovchilik guvohnomasi egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomiga ega bo‘ldi.
O‘ZBEKISTONDA 2025-YILDAN BOSHLAB AI-80 DAN VOZ KECHILADI
29-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti raisligida uy-kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi muhim vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdagi tirbandliklar atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, ularda turib qolgan avtomobillar atrof muhitni harakatlanayotgan transportga nisbatan ko‘proq ifloslantirayotgani ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida Davlat rahbari Bosh vazir Abdulla Oripovga 2025-yildan boshla AI-80 benzinidan voz kechish masalasini ko‘rib chiqishni topshirdi. Poytaxtda tinimsiz ravishda havo sifati indeksini ko‘rsatib turuvchi tablo va monitorlar o‘rnatilishi qayd etildi. Toshkent ko‘chalarida sekin-asta katta yuk avtomobillari va 10 yoshdan katta yengil avtomobillar harakatiga cheklovlar o‘rnatiladi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab esa AI-80 benzinidan voz kechish masalasi hal etiladi.