Qadimiy shahar sizni mahalliy va xorijiy avtomobillar uyg‘unligi bilan hayratga solishi mumkin
Otlaning, Qo‘qonga yo‘l olamiz!
Aynan shu so‘zlar bilan O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biriga bo‘lgan qisqa sayohatimiz boshlandi. Qo‘qon qadimdan o‘zining san’ati, hunarmandchiligi, adabiyoti, yuqori madaniyati va bilimliligi bilan mashxurdir.
Biroq, poytaxtdagi barcha ishlarimizni yig‘ishtirib, Farg‘ona vodiysiga yo‘l olishimizdan sabab faqatgina madaniy-ma’rifiy intilish emas (aytgancha, biz mashxur Xudoyor xonning saroyini ziyorat qilgan holda buni ham amalga oshirdik), balki oddiygina ishtiyoq bo‘ldi. Qo‘qondagi retro-mashinalari muzeyi o‘rnida yangi premium darajadagi avtomobillar saloni ochildi: bu yerda BMW, Mercedes, Range Rover dan tortib Ruzveltning sevimli avtomobili bo‘lgan Cadillac Series 70 gacha (ammo, sotuv uchun emas) mavjud.
Shuni eslatib o‘tishimiz kerakki, shu vaqtgacha aynan Qo‘qonda Daimler AG akkreditatsiyasiga ega O‘zbekistondagi ilk Mercedes-Benz rasmiy dilerlik markazi ochilgan edi. Biz ushbu voqea shohidlarining so‘zlariga qanoatlanmay, Qo‘qon avtosalonlari bo‘ylab ekskursiyaga otlandik. Kim biladi, biz ortga “Afrosiyob”da emas, balki yangigina xorij mashinasida qaytarmiz.
Chevrolet: xalq tanlovi
Bizning avto sarguzashtlarimiz ro‘yhatidagi ilk salon – sezilarli darajada jonlanish hukmronlik qilayotgan Chevrolet saloni bo‘ldi. Haridorlarning navbati ostonadan boshlaniboq hayron qoldirdi. Va bu umuman xodimlarning sekin ishlayotganidan emasdi. Shunchaki, mahalliy rusumdagi avtomobillarni sotib olishni istovchilarning haqiqatda ko‘pligidan.
Salondan o‘zbeklarning sevimli avtomobili bo‘lishga ulgurgan Malibu va Tracker ning turli ranglari, hamda yangi Captiva va Onix modellari joy olgan. Markaz xodimlari nafaqat bizga har bir avtomobil haqida gapirib berishdi, shu bilan birga barcha modellarning tavsiflari berilgan bosma nusxasini ham ulashishdi. Biz o‘zimizni “sirli haridor”dek his qildik – Chevrolet avtosaloni bu sinovdan a’lo darajada o‘tishdi.
Kia: turlilik va servis
Ro‘yhatimizning yana bir o‘rnini Kia egalladi. Xushmuomala xodimlar va modellarning turliligi o‘ziga darhol jalb qiladi. Bu yerda siz nafaqat bizga odatiy bo‘lgan K5, Cerato sedanlari va Carnival minivenini uchratibgina qolmay, balki savlatli va ergonomik K9, hamda o‘rta o‘lchamdagi EV6 elektromobil-krossoveri ham nigohingizni o‘ziga tortadi.
Ushbu salonning yana bir o‘ziga xos jihati – bu avtomobil sotuvidan tortib xizmat ko‘rsatish, hamda yuvish xizmatini o‘z ichiga olgan to‘liq servis. Sotuvda ham benzinda, ham elektrda harakatlanuvchi avtomobillar mavjud, narxlarning turli-tumanligi esa hamyoningizga qarab harid qilish imkonini beradi.
Havakand: lyuks avtolar olami
Kichik sayohatimizning so‘ngi bekati (qiymat darajasi bo‘yicha emas) barcha premium avto havaskorlar uchun noyob topilma — Havakand avtosaloni bo‘ldi.
Taqdim etilayotgan rusumlarning sezilarli xilma-xilligidan boshlaymiz. Havakand taklif etayotgan BMW, Mercedes, Range Rover va hatto LiXiang Xitoy avtomobillarining hayratlanarli tanlovi ham klassik, ham zamonaviy avtomobillarni qamrab oladi.
Bu oddiygina mashinalar do‘koni emas, balki har bir model alohida san’at asari hisoblanmish ko‘rgazmaning o‘zi. Siz avtomobillarning chinakam ishqivozi bo‘lmagan taqdiringizda ham, o‘t olgan Mercedes V8 Biturbo ning ovozi befarq qoldirmaydi. Avtomobillarning ichki qismi detallarigacha alohida yondashilgan holda, har bir modelga takrorlanmas tabiat baxsh etib yaratilgan.
Avtosalonning o‘ziga xosligi shundaki, u sobiq retro-avtomobillar o‘rnida qad ko‘targan, va bu devorlardagi rasmlar, hamda markazidan o‘rin olgan 1945-yilda ishlab chiqarilgan afsonaviy Cadillac Series 70 bilan ifodalangan. Bu avtomobilni tomosha qilib charchamaysiz. Va umuman olganda, avtosalonning o‘zini ham tark etgingiz kelmaydi.
Biz u yerda sarflagan bir necha soat ichida, bizning guvohligimizda bir nechta avtomobillar sotildi. U yerga nafaqat haridorlar, balki shunchaki o‘tkinchilar ham har jihatdan hashamatli mashinalarni tomosha qilish uchun kirib kelishdi. Ishoning, tomosha qilib zavqlanishga arziydi.
…Taassurotlarga boy kunimiz ham o‘z poyoniga yetdi. Biz amalga oshirgan kichik sayohatimiz zavqli kechdi. Shunisi ahamiyatga molikki, Qo‘qonning mehmondo‘stligi nafaqat me’moriy boyliklari va madaniy yodgorliklarida, balki avtomobillarning turli-tumanligida ham aks etgan.
Shahar unchalik katta emasligiga qaramay, u har bir did va hamyonga mos bo‘lgan avtomobillarning keng tanlovini taqdim etuvchi avtosalonlarning mo‘lligi bilan lol qoldiradi.