2023-yil may oyida Dubayning yirik avtomobil bozorida Orient Auto FZE — O‘zbekistondan tashqaridagi ilk Orient shourumi ochilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Avtosalondagi assortiment va xizmatlar haqida batafsil gapirib beramiz
JAHON MIQYOSI
Eng avvalo, Dubai Cars & Automotive Zone (Ducamz) – bu jahon avto bozorining yuqori sinfi ekanligini ta’kidlab o‘tishimiz kerak. Erkin hudud 2000-yil aprel oyida Osiyo va Afrika bozorlariga hashamatli avtomobillarni reeksport qilish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunda bu avtomobil sanoatiga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik hududdir. Kamyob avtomobil topish ilinjida bu yerga butun dunyodan ixlosmandlar tashrif buyurishadi. Bu yerdan transport vositalarini yetkazib berish uchun Yaqin Sharq va undan tashqaridagi barcha qoʻshni mamlakatlarni bogʻlovchi zamonaviy avtomobil yoʻllari tarmogʻi orqali fiderli kemalarga yuklanadi.
Orient Auto FZE shourumining bunday ahamiyatga ega savdo maydonida tashkil etilishi kompaniyaning yangi yuqori bosqichga o‘tayotganidan darak beradi. Buni jahon bozoriga haqiqiy chiqish bilan taqqoslasa bo‘ladi, chunki Ducamz’ga insonlar nafaqat MDH davlatlaridan, balki Afrika, Saudiya Arabistoni, Fors ko‘rfazi, Yevropa kabi turli mamlakatlardan tashrif buyurishadi.
Ayni paytda avtosalon Dubay bozorida mashhur brendlar avtomobillarini yetkazib beruvchi yetakchilardan biriga aylangan. Shourum jamoasi avtomobillar savdosi bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislardan iborat.
SHOURUM NIMALAR TAKLIF QILADI?
Orient Auto FZE’da siz jahonga mashhur Yevropa va Koreya brendlarining eksklyuziv avtomobil modellarini raqobatbardosh narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Shourumning assortimentida Mercedes-Benz, Range Rover, BMW, Lamborghini, Ferrari, Bentley, KIA, Hyundai kabi brendlar mavjud.
Koʻrgazmaga chiqishdan oldin barcha avtomobillar toʻliq tekshiruvdan oʻtadi. Orient Auto jamoasi avtosalondagi har bir avtomobil mukammal holatda va foydalanishga tayyor bo‘lishini ta’minlaydi.
BARCHA E’TIBOR MIJOZLAR UCHUN
Avtosalon mutaxassislari mijozga nafaqat uning ehtiyojlariga, balki byudjetiga ham mos keladigan mashina tanlashda yordam berishdan mamnun bo‘lishadi. Xodimlar, shuningdek, har bir avtomobil haqida, uning tarixi va texnik xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumot beradi.
Agar siz qidirayotgan mashinangizni topmagan bo‘lsangiz, salonda sizning so‘rovingiz bo‘yicha mashinaga buyurtma berish imkoniyati mavjud. Orient Auto FZE xodimlari kerakli mashinani faqatgina rasmiylashtirib qolmay, balki mijozga kerak bo‘lsa yetkazib berishadi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, avtosalonda to‘lov va hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi – bularning barchasi mijoz mashina sotib olayotganda noqulayliklarga duch kelmasligi uchun. Bundan tashqari, kompaniya doimiy mijozlariga turli chegirmalar va bonuslarni taqdim etadi.