Skip to main content

Yonilg'i nasosi parragi deformatsiyalanishi mumkin.

Mercedes-Benz avtomobil kompaniyasi Amerikada ko‘p sonli avtomobillarni qaytarib olishini e’lon qildi. Hammasi bo‘lib, ortga qaytarish dasturlari 143 551 yengil avtomobil va 20 500 Mercedes-Benz Sprinter va Metris rusumlarini qamrab oladi.

Ikkala holatda ham, qaytarib olish haqidagi xabarnomalarda avtomobillardagi yonilg‘i nasosi parragi “material xususiyatlari bo‘yicha” texnik talablarga javob bermasligi mumkinligi qayd etilgan.

Mazkur muammo parrakning deformatsiyalanishiga sababchi bo‘lishi mumkin, bu esa o‘z navbatida yonilg‘i nasosining o‘chib qolishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida avtomobil tortish kuchini yo‘qotadi, to‘qnashuvlar xavfi yoki jarohat olishlar ortadi. Mercedes-Benz kompaniyasining ta’kidlashicha, muammo sub yetkazib beruvchilarning ishlab chiqarish jarayonidagi og‘ish bilan bog‘liq.

Qaytarib olish C-, E- va S-Class yo‘lovchi modellari, shuningdek, GLC, GLE va GLS yo‘ltanlamaslarining yirik miqdordagi sonini qamrab oladi. Barcha muammoli avtomobillar 2021-yilning 1-iyunidan 2022-yilning 30-noyabriga qadar ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 2021-2022-yillardagi Mercedes-Benz Metris, 2021-2023-yillardagi Sprinter va 2021-yilgi Freightliner Sprinter modellari ham ortga qaytariladi. Ularning barchasi 2021-yil 21-aprelidan 2022-yil 23-dekabriga qadar yig‘ilgan.