Skip to main content

Bu haqda IIV YHXX matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mast holda avtomobil boshqargan shaxslarning transport vositalari davlat foydasiga musodara etiladi” degan xabarlar tarqaldi. IIV ning YHXX matbuot xizmati bu mish-mishlarni rad etdi.

Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Loyihada ushbu qoidabuzarlik takroran sodir etilsa jinoiy javobgarlik belgilash ham taklif etilgan.

Xabarnomada aytilishicha, mazkur loyihada mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jazo sifatida transport vositasini davlat foydasiga musodara qilish ko‘zda tutilmagan.

Xabarda tarmoqlardagi ayrim sahifalarning adminlaridan asossiz ma’lumot tarqatgan holda jamoatchilikni chalg‘itmaslik so‘ralgan.