Skip to main content

Norvegiya – elektr avtomobillaridan foydalanish bo‘yicha jahon yetakchisi. U buni qanday uddaladi va bunday yondashuv bilan bog‘liq muammolar bormi?

2020-yilda Norvegiya elektromobillar savdosi an’anaviy yonilg‘ili avtomobillardan oshib ketgan jahon miqyosidagi yetakchi mamlakatga aylandi. Oradan 3 yil o‘tgach mamlakatda sotilgan 90% avtomobillar – bu elektromobillar, 2025-yilga kelib esa benzin va dizel yonilg‘ida yuruvchi avtomobillarni butunlay ta’qiqlagan holda, ushbu ko‘rsatkichni 100% ga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Taqqoslash uchun: Norvegiyaning skandinaviyalik qo‘shnilari – Daniya va Shvetsiya – 2030-yilga kelib uglerod chiqimi nolga teng bo‘lgan avtomobillar savdosiga to‘liq o‘tishmoqchi; Buyuk Britaniya – 2035-yilga kelib, Kanada – 2040-yilga, AQSh, Germaniya va Yaponiya esa – faqatgina 2050-yilga kelib. Norvegiya qanday qilib jahonning eng yuqori ko‘rsatkichlariga erishishni uddaladi? Ekspertlarning fikriga ko‘ra, muvaffaqiyatning siri davlat darajasida tez va malakali tuzilgan rivojlanish strategiyasidir.

Elektrokarlar mamlakati, 7auto.uz

“a-ha” solisti Morten Xarket, ekofaol Frederik Hauge va Norvegiyaning birinchi elektr Fiat Panda. 1989-yil

Poytaxt bo‘ylab sayohat

1980-yillarning oxirida Norvegiya zararli chiqindilarni kamaytirish imkoniyati bilan qiziqib qoldi. Global miqyosda endigina rivojlana boshlagan sohaga – elektromobillar va gibrid avtomobillarga e’tibor qaratildi. Nega aynan ular? Bu juda muvaffaqiyatli PR kampaniyasi bilan bog‘liq edi: uni Norvegiyada hech kim elektromobillarga jiddiy qaramasligidan norozi bo‘lgan professor Xarald Rostvik o‘ylab topgan.

1989 yilda Norvegiyaning juda mashhur a-ha guruhi yetakchisi Morten Harket va Norvegiyaning Bellona ekologik tashkiloti rahbari Frederik Xauge birgalikda Shveytsariyada sotib ogan elektr avtomobilga aylantirilgan Fiat Pandada Oslo bo‘ylab sayohat qilishdi. Harket ilgari iqlim o‘zgarishi haqida xabardorlikni oshirish uchun ko‘plab tadbirlar va norozilik namoyishlarida qatnashgan, a-ha mashhurligi esa eko-dasturni kengroq auditoriyaga tarqatishga yordam berdi.

Modifikatsiyalashgan Fiat Panda Norvegiyaning birinchi elektromobiliga aylandi va uning yangi egalari hatto yo‘lga chiqmay turib, juda ko‘p muammolarga duch kelishdi.

Birinchidan, elektomobilni qanday rasmiylashtirish tushunarsiz bo‘lgani sababli, ularni dizel yonilg‘ili avtomobil uchun to‘lanadigan soliqni undirishdi.

Ikkinchidan, Norvegiyada avtomobilni qonuniylashtirish uchun bir yil vaqt talab qildi. Va nihoyat, avvaldan quvvatlashsiz mashina bor-yo‘g‘i 45 kilometr yo‘lni bosib o‘ta oldi, quvvatlash uchun esa ikki kun vaqt ketdi.

Elektrokarlar mamlakati, 7auto.uz

Norvegiyada elektrokarlar uchun zaryadlovchi qurilmalar

Shunga qaramay, sayohat oxir-oqibat ommaviy axborot vositalarining e’tiborini jalb qildi va mana nima uchun. Xarket va Xauge elektrokarda sayohat qilish orqali nafaqat transportda harakatlanishning ekologik toza usulini targ‘ib qilmoqchi, balki Osloda to‘xtash joylari uchun asossiz ravishda ko‘tarilgan narxlarga qarshi norozilik bildirmoqchi ham edilar. Ular to‘lov talablarini e’tiborsiz qoldirib, ataylab to‘xtab turishgan, oxir-oqibat to‘lanmagan jarimalarni qoplash uchun sotish maqsadida ularning mashinalari musodara qilingan.

Biroq shundan so‘ng sayohatchilar avtomobilni pul to‘lab qaytib olishdi… va aylanish uchun yana jo‘nab ketishdi. Keyinroq ularning ma’lum qilishicha, ularning muddaosi shahar hokimligini masxaralash yoki ularni badnom qilish emas – shunchaki mavjud qonun-qoidalarning adolatsizligini ko‘rsatish bo‘lgan.

Davlat yordami

Harket va Xauge demarshi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi mahalliy hokimiyatni mamlakatdagi shahar va xususiy transportni “ko‘kalamzorlashtirish ” muammosini jiddiy ko‘rib chiqishga majbur qildi. Tez orada elektromobil xaridorlariga imtiyozli chora-tadbirlar taklif etildi: ular asta-sekin import soliqlaridan ozod qilindi, shuningdek, jamoat transporti yo‘laklarida harakatlanish, bepul to‘xtash va paromda bepul sayohat qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Bu chora-tadbirlarning barchasi dastlab sinov rejimida joriy etildi va bir necha yil o‘tgach, o‘z samaradorligini oqlaganidan so‘ng rasmiylashtirildi. 1990-yillarning oxiriga kelib, Norvegiya elektrokarlarni import qilish va ulardan foydalanish uchun eng maqbul qonunchilikka ega edi.

Elektrokarlar mamlakati, 7auto.uz

Import avtomobillar bilan raqobatga dosh bera olmagan Norvegiyaning Th!nk elektromobillari

Shu kabi taklif etilgan tashabbuslar, masalan, 1990-yillarning boshida Kaliforniyadagi “an’anaviy” avtomobil lobbisining – elektr transportini ishonchsiz va beqaror deb topish yuzasidan tashkil etilgan ommaviy kampaniyalargacha –ulkan qarshiligiga duchor bo‘ldi. Hozirda ko‘pchilik ekspertlarning ta’kidlashicha, “yashil” transportning taraqqiy etishida AQSHning qoloqligi aynan shu bilan izohlanadi.

Norvegiya hukumati tomonidan avtomobillarni elektrlash shoxobchalarini nafaqat poytaxtda, balki butun mamlakat bo‘ylab mehnatga layoqatli va iqtisodiy qoloq hududlarda ham yanada kengaytirishni ham atroflicha o‘ylab chiqilgan. Hozir mamlakatda elektr energiyasi qayta tiklanadigan resurslar bilan aytarli to‘liq ta’minlanadi: 90%dan ortig‘ini gidorenergetika, qolganlarini esa – shamol energiyasi beradi.

Modomiki Norvegiya sovuq mamlakat bo‘lib, isitish uchun ko‘p elektr energiyasiga tayanar ekan, energiya tizimi allaqachon jiddiy yuklamalarni ko‘tarishga mo‘ljallangan. Bugungi kunda elektrokar egalarining 82%i o‘z avtomobillarini uyda quvvatlantirishadi – uy-joy mulkdorlari uyushmasi umumfoydalaniluvchi zaryadlash qurilmasini xarid qilish va o‘rnatish xarajatlarining 50%ini qoplaydigan davlat grantini olishlari mumkin. Shu bilan birga, qonunchilik jamoat avtoturargoh egalarining zimmasiga ularni elektr energiyasi hamda mavjud zaryadlash stansiyalari bilan ta’minlash majburiyatini yuklaydi.

Elektrokarlar mamlakati, 7auto.uz

Norvegiyaliklar aynan nimada yurishadi? Boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq, Norvegiya nafaqat elektrokar sotib olishni rag‘batlantirmoqda, balki benzin yoki dizel yoqilg‘isi bilan ishlaydigan avtomobillarni sotib olishni yanada noqulay va qimmatlashtirib qo‘ymoqda. Qizig‘i shundaki, mamlakatdagi elektrokarlar bozori hali ham butunlay importga bog‘liq: so‘nggi bir necha yil ichida Tesla Model S elektrokari sotuvlar bo‘yicha shubhasiz yetakchi maqomga ega bo‘ldi.

Elektrokarlar mamlakati, 7auto.uz

1991-yildan beri Norvegiya Th!nk brendi ostida o‘z elektrokarlarining prototiplarini ishlab chiqardi: o‘nta prototip 1994-yilda Lillehammer Olimpiadasi munosabati bilan chiqarildi. 1999-yilga kelib startapni avtomobil giganti Ford sotib oldi: rejada nafaqat elektrokarlar, balki elektr velosiped va golf uchun mashinalar ham bor edi. Ammo, afsuski, Th!nk ni ommaviy ishlab chiqarish hech qachon yo‘lga qo‘yilmadi: 20 yil ichida to‘rt marta bankrot bo‘lgan startap 2010-yillar boshida o‘z faoliyatiga nuqta qo‘ydi.

Shunga qaramay, Norvegiyada elektromobillarga ommaviy o‘tish natijalari haqiqatdan ham hayratlanarli. Masalan, Osloda havoning ifloslanish darajasi oxirgi 15 yil ichida 30% ga kamaydi. Xuddi shu narsa transport ishlab chiqaradigan shovqin darajasiga ham tegishli. Qurilish pudratchilari esa faqat elektr jihozlaridan foydalangan holatlarida davlat subsidiyalarini olishlari mumkin, bunday jihozlar ko‘p hollarda ancha sokin bo‘lib, zich shahar imoratlarida ishlashga imkon beradi.

Tizimdagi kamchiliklar

Qolaversa, hal etilmagan bir qator masalalar qolib ketmoqda. Birinchidan, uglerod ajralishining kamaytirilganiga qaramay, Norvegiyada avtomobil shinalarining asfaltga ishqalanishi natijasida havoning rezinadan chiquvchi mikrozarralar bilan ifloslanish darajasi yuqori. Elektrokarlar esa bu muammoni yanada chuqurlashtiradi: ular oddiy mashinalardan ko‘ra og‘irroq.

Ikkinchidan, hozirgi avtomobillar sonini ta’minlash uchun yetarli bo‘lmagan zaryadlash stansiyalari sonini ko‘paytirish dolzarbligicha qolmoqda. Mamlakatda dam olish kunlarida zaryadlash stansiyalarida bir necha soat kutishingiz mumkin bo‘lgan ko‘p kilometrlik navbatlar kuzatiladi. Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar ham navbatdan shikoyat qilishmoqda.

 

Uchinchidan, elektromobillar egalariga beriladigan bonuslardan hamma ham mamnun emas (ularning qisqarishi quyida gap ketadi). Xususan, avtobus haydovchilari elektromobillar jamoat transporti uchun yoʻlaklarni bemalol egallab turganidan, paromda yuk tashish tashkilotchilari esa elektromobillarni tashish uchun toʻlov yoʻqligidan norozi (hozirda haydovchilar va yoʻlovchilar chipta toʻlashi kerak, lekin mashinaning o‘zi uchun to‘lashning hojati yo‘q).

Elektrokarlar mamlakati, 7auto.uz

Bundan tashqari, ekologiya himoyachilari Norvegiyaning o‘z ekologik chaqirig‘ini neftni boshqa davlatlarga ekspert qilish hisobiga muvaffaqiyatli moliyalashtirayotganligini odilona ta’kidlab o‘tmoqdalar. Harholda Norvegiya hukumati muammoni inkor etmaydi va 2035-yilga qadar neft qazib olish va sotishni qisqartirishni aytishsa-da, eksportning “Yevropaning energetik barqarorligini ta’minlashini”, binobarin, uni qisqartirib bo‘lmasligini ta’kidlashmoqda.

Keyin nima bo‘ladi?

Ko‘plab ekspertlarning fikricha, Norvegiyada elektrokarlar soni allaqachon tanqidiy massaga yetgan, ya’ni oldinda bozorda salbiy o‘zgarishlar kutib turibdi. Biroq, endi Norvegiya hukumati mashinalar sonini… qisqartirishni rejalashtirmoqda. 2022-yildan boshlab elektrokar egalari uchun bonuslar asta-sekin qaytarila boshlandi. Hukumat piyoda, velosipedda yurish va jamoat transportidan tez-tez foydalanishni targ‘ib qilishni maqsad qilgan edi – aslida bu mamlakat transport tizimini “yashillashtirish” tajribasining yakuniy maqsadi bo‘lganligi ta’kidlanadi.

Kelgusi yildan boshlab elektromobil egalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘zgaradi: endi avval belgilangan miqdor avtomobil narxiga bog‘liq bo‘ladi. Norvegiya elektr avtomobillari assotsiatsiyasi bosh kotibi Kristin Bu bu harakatni  “nafaqat yomon, balki ta’riflashga til ojiz” deya nomladi.

Elektrokarlar mamlakati, 7auto.uz

Shu bilan birga, avtomobillar yoki hech bo‘lmaganda unda yurishlar sonini kamaytirish ezgu maqsad degan fikr keng tarqalgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropadagi avtomobilda yurishlarning yarmi uch milyadan kam (4,5 km) masofani tashkil etadi, ya’ni ularni mutlaqo muqobil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Oslo merining o‘rinbosari Sirin Xellvin Stav, 2030-yilga borib Osloda avtomobillar soni uchdan bir qismga kamayishi – piyoda va velosipedda harakatlanish uchun infratuzilmaning esa sezilarli darajada oshirilishini ma’lum qildi.

  • 90% bugungi kunda Norvegiyada avtomobillarning shunchasi elektrokarlar hisoblanadi; 2025-yilga kelib bu koʻrsatkichni 100%ga yetkazish rejalashtirilgan;
  • 82% Norvegiyada shuncha elektr avtomobil egalari ularni uylarida  quvvatlantirishadi: uy-joy mulkdorlari uyushmalari jamoat joylarida zaryadlovhci qurilmalarni o‘rnatish uchun grant olishadi;
  • 450 ming zaryadlash stansiyalari elektr transport vositalari uchun butun Norvegiya bo‘ylab o‘rnatilgan; mamlakat aholisi – 5,5 million kishini tashkil etadi;
  • 30% so‘nggi 15 yil ichida Norvegiyada havoning ifloslanishi bir jihatdan elektromobillarning keng qo‘llanilishi tufayli shunchaga kamaydi.