Ushbu model 1997-yilda ishlab chiqarilgan va bor-yo‘g‘i 40000 km masofani bosib o‘tgan
Yanvar oyining oxirida Barrett-Jackson kimoshdi savdosida noyob Lamborghini Diablo VT modeli sotuvga qo‘yiladi. Mashinaning noyobligi shundan iboratki, u 1997-yildan 2002-yilga qadar Donald Trampga tegishli bo‘lgan. AQSh sobiq prezidenti uni kamyob Blu Le Mans moviy rangiga bo‘yatgan. Hammasi bo‘lib, 132 nusxada to‘plangan.
Mashinaning jami bosib o‘tgan masofasi 40 ming km, bu nisbatan oz ko‘rsatkichdir. Mashinaning orqa qismida 492 l.s. quvvatga ega V12 hajmli motor o‘rnatilgan. U 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi va to‘liq g‘ildirakli uzatma tizimi bilan birlashtirilgan. Lamborghini Diablo VT 96 km/s tezlikka 4,1 sekundda chiqa oladi, va bu hozirgi ko‘rsatkichlar bo‘yicha yomon emas.