Skip to main content

2024-yilning eng qimmat avtomobillari

Naqadar go‘zallik, bir qarang! Ilgari hech uchramagan dizayn, baquvvat dvigatellar va super qulaylik – mazkur avtomobillar bundanda ortig‘ini taklif qilishadi. Bundan tashqari, eng bashang avtomobillar cheklangan nusxalarda ishlab chiqariladi. Joriy yildagi dunyoning 10 ta eng qimmat (va shu bilan birga, eng chiroyli) avtomobilini ko‘rib chiqamiz.

1. Rolls-Royce Boat Tail

Rolls Royce o‘zining lyuks sinf avtomobillari bilan mashxur. Yangi Boat Tail ajoyib Sweeper All’ning avlodi bo‘lib, 2017-yilda ishlab chiqarilgan va 12,8 million AQSh dollarga narxlangan. Kompaniya hali Boat Tail narxini e’lon qilmay turib, uning narxi 28 million AQSh dollari miqdorida bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgan. Tashqi ko‘rinishi ikki rangda, eng yuqori sifatda ishlangan, salonida maxsus quyoshdan himoya soyabonidan tortib shampan vinosi uchun sovutkichgacha bo‘lgan “mehmon uchun to‘plam” mavjud. “Rolls-roys” doim hayratda qoldiradi.

HASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uzHASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uz

2. Bugatti La Voiture Noire

Bugatti La Voiture Noire turbinali 8 litrli W16 dvigatel bilan jihozlangan. U 1479 ot kuchiga va 1600 nyuton-metr aylanish quvvatiga ega. Bunga ishonish qiyin, ammo unga yana oltita gaz chiqaruvchi qisqa quvurlar ham o‘rnatilgan. La Voiture Noire oʻz tarixi davomida nafosat va nafislikni oʻzida mujassam etgan afsonaviy Bugatti tarixiga ehtiromdir. U o‘zida tezlik, estetika, hasham va ilg‘or texnologiyalarni mujassamlagan, va uni hech ikkilanmay buyuk san’at asari deyish mumkin. To‘liq qora rangdan iborat ko‘rkam mashina 18,7 million AQSh dollarga baholanadi.

HASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uzHASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uz

3. Bugatti Centodieci

Centodieci — Bugatti kompaniyasi tomonida o‘tgan avgust oyida Amerikaning Pebbl-Bich hududida bo‘lib o‘tgan Monterey Car Week avtomobillar haftaligida taqdim etilgan haqiqatda kamyob hisoblanuvchi avtomobil. Ushbu mashinani yaratish chog‘ida Bugatti muhandislari hayolan afsonaviy EB110 tasavvur qilganlar. Tarixiy modeldan ilxom olgan Centodieci mumtoz ponasimon shaklning zamonaviy ko‘rinishiga va mashxur W16 dvigateliga ega. Bor-yo‘g‘i 10 dona nusxada chiqarilgan, va bu dunyodagi eng eksklyuziv avtomobillardan birining narxi 9 million dollarni tashkil etadi.

HASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uz

4. Mercedes Maybach Exelero

Exelero 2004-yilda Fulda kompaniyasining nemis bo‘linmasi Goodyear tomonidan o‘zlarining yangi shinalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida yaratilgan edi. Mercedes Maybach ramalaridan foydalangan va mashinani 690 ot kuchiga va 1020 nyuton-metr aylanish quvvatiga ega ikki turbinali V12 dvigateli bilan jihozladi. Superkar aerodinamik yuklamalarni oldini olish uchun puxta va bekamu-ko‘st loyihalangan. Natijada u o‘ta samarali imkoniyatlari bilan o‘z maqsadiga yetisha oldi.

Mazkur avtomobil 2660 kg vaznga ega, eng yuqori tezligi esa 351 km/soat bo‘lib, bu ko‘rsatkich boshqa konsept-karlar bilan taqqoslaganda juda katta. Noldan 100 km/soat tezlikka atigi 4,4 soniyada chiqa oladi. Bunday zavqning narxi 8 million dollarni tashkil qiladi.

HASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uz

5. Bugatti Divo

Divo o‘z narxini oqlashi uchun juda ko‘p narsalari mavjud, garchi u arzonroq hamkasbi Chiron bilan ham o‘xshashlikga ega bo‘lsa ham. Bugatti g‘ildiraklar va uglerod tolali oralik sovutkichni yengillatish, shovqinni yo‘qotuvchi elementlarni olib tashlash orqali Divo’ni Chironga qaraganda 35 kg yengilroq qildi. Chiron bilan bir xil 1500 ot kuchiga ega bo‘lishiga qaramay, Divo boshqa aerodinamik tuzilmaga ega bo‘lib, bu uni sinov yo‘lida 8 soniya tezroq qiladi. Avtomobil 40 nusxada ishlab chiqariladi, ularning har biri 5,8 million dollarni tashkil qiladi.

HASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uz

6. Koenigsegg CCXR Trevita

Trevita — shved qisqartmasi hisoblanadi va “uchta oq” ma’nosini anglatadi. Trevita’gacha avtomobil ishlab chiqaruvchilari faqatgina standart bo‘lgan qora rangli uglerod tolalardan foydalanishgan. Trevita dasturi uchun Koenigsegg kompaniyasi tolalar qoplamasini qora rangdan jiloli kumush-oq rangga aylantirish bo‘yicha noyob yechimni ishlab chiqishdi. Trevita quyosh nurlari ostida go‘yoki kuzov millionlab bejirim oq brilliantlar bilan qoplangandek tovlanadi. Bor-yo‘g‘i ikkita model ishlab chiqariladi va har biri 4,8 million dollarga baholanadi.

HASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uz

7. Lamborghini Veneno

2013-yilda Lamborghini kompaniyasi nafaqat o‘zining Veneno va Veneno Roadster avtomobillari ishlab chiqarilgani 50 yilligini nishonladi, balki super-sport avtomobili tushunchasini yangi bosqichga olib chiqa olgan butunlay o‘ziga xos avtomobil ishlab chiqdi.

2014-yildan 2015-yilgacha Lamborghini atigi 14 ta Aventador asosidagi Veneno ishlab chiqardi. Har birining narxi tanlangan xususiyatiga qarab deyarli 4,5 million dollarga teng bo‘lgan, va ham kabriolet, ham kupe ko‘rinishida chiqarilgan. Lamborghini kapot ostiga yanada baquvvat 6,5 litrli V12 Aventador dvigatelini o‘rnatgani natijasida 740 ot kuchi va 609 nyuton-metr aylanish quvvatiga ega bo‘ldi, hamda 96 km/soat tezlikka 2,9 soniyada chiqishiga imkon berdi. Bu Lamborghini tomonidan yaratilgan eng qimmat mashina.

HASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uz

8. Bugatti Chiron Super Sport 300+

30 dona nusxada bo‘lgan Super Sport 300+ silliq, serjilo va bejirim yo‘l-yo‘l bezakli kuzovga ega Chiron’ning betakror versiyasidir. Nomiga qaramay, Bugatti har bir avtomobilning eng yuqori tezligini “atigi” 445 km/soat tezlik bilan chegaralaydi. Chiron Super Sport 300+ kuzovi cho‘zilgan va o‘ta yuqori tezlik uchun aerodinamik loyihalangan. Samaradorligi va turg‘unligi old tomonidan minimal qarama-qarshi kuch va siqib turuvchi kuchning mutanosib uyg‘unligi evaziga oshadi. Superkarning narxi – 3,9 million dollar.

HASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uz

9. Lamborghini Sian

Yirtqich ko‘rinishdagi Lambo – bu Aventador SVJ asosida yaratilganga qaramay, mazkur rusumning birinchi seriyali elektrlashgan varianti. Sian SPJ dan 6,5 litrli V12 dvigateliga qo‘shimcha ravishda 48-voltli gibrid tizim bilan jihozlangan. Tizimning umumiy quvvati 819 ot kuchidan iborat bo‘lib, uni butun tarix davomida eng baquvvat Lamborghini avtomobiliga aylantiradi. Ishlab chiqaruvchi ikki qanotida 63 ta nakleyka bo‘lgan bor-yo‘g‘i 63 ta Sian modelini chiqaradi. Ularning har biri 3,6 million dollarga aylanadi.

HASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uz

10. Pagani Huayra Roadster BC

O‘z navbatida Pagani’ning ham shiddatli Huayra BC roadster versiyasi ishlari yakunlandi. Shu munosabat bilan 800 ot kuchiga ega bo‘lgan yirtqich Huayra Roadster BC taqdim etildi. Pagani rodster quvvtini o‘z kupe-akasiga nisbatan 50% oshirdi. Bunday avtomobildan faqatgina 40 ta nusxa chiqariladi, har birining narxi esa 3,5 million dollarni tashkil qiladi.HASHAMATLI AVTOMOBILLAR, 7auto.uz