Skip to main content

STARTDA!

Poyga o‘yinlari xira va o‘smir yoshlar bilan to‘lib-toshgan o‘yin avtomatli zallari omma ongiga ilk qadam qo‘ydi. Ilk o‘yin pristavkalari 70-yillarning boshida paydo bo‘lgan, biroq hali keng tarqalgan hodisaga aylanmagandi.

Ehtimol, eng birinchi poyga bo‘lmas, biroq jiddiy muvaffaqiyatga erishgan eng birinchi o‘yin Atari kompaniyasining 1973-yilda chiqqan SpaceRace o‘yini edi. Albatta, bu odatiy tushuncha doirasidagi poyga emasdi – nomiga qarang. G‘alaba qozonish uchun asteroidlarga urilmasdan amsofani uchib o‘tish kerak edi. Biroq, grafika… Uning eng dastlabkilardan bo‘lgani tushunarli. Bunga o‘xshash narsani bunga qadar hech kim qilmagan.

Bir yil o‘tgach Taito kompaniyasi SpeedRace avtomatlarini chiqara boshladi. Yangi qurilmalarning fishkasi rul, gaz pedali va uzatmalarni almashtirish (ilashish muftalari, darvoqe, yo‘q edi). Ularning mahsuloti raqobatchilarni shu qadar ilhomlantirib yubordiki! O‘yinda bir qancha yaxshilanishlar bo‘ldi. Masalan, ikki emas, birdaniga to‘rt tomonga harakatlanish mumkin bo‘ldi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Bu kompaniya 1976-yilda ikkita o‘yinchiga mo‘ljallangan Crashing Race’ni chiqargach, ilgarilab ketdi. Ya’ni endilikda avtomatda bitta emas, birdaniga ikkita rul paydo bo‘ldi. “Poygachilar” ham to‘g‘ri, ham ko‘chma ma’noda to‘qnashishdi. Bu yerda yo‘l-transport hodisalaridan qochish emas, aksincha, ularni uyushtirish va buning uchun ochkoga ega bo‘lish talab qilinardi.

O‘sha yili “mototsikllar haqida” o‘yinli birinchi avtomat – Sega’ning FONZi paydo bo‘ldi. Eng zo‘r jihati: to‘siqlarga duch kelganda rul tebranish berardi. Bu o‘sha vaqtlarda chiqarilishi mumkin bo‘lgan eng realistik his edi.

Yetmishinchi yillarning oxiriga kelib o‘yin konsollari yanada ommalashdi. Ularni butun dunyo bo‘ylab faol xarid qilishadi. Shuning uchun o‘yin sanoati gigantlari endi shu tomonga qaray boshladilar. Shaxsiy kompyuterlar haqida ham shunday deyish mumkin. Man endi SHK uchun ommaviy amerikacha poyga seriyasi –  Indianapolis 500: TheSimulation motivida chiqarilmoqda. Dasturchilar tarixda ilk bor avtomobilning trassadagi real xatti-harakati uchun fizika va telemetriyadan foydalanishdi. Endi mashina buzilishi mumkin, garajda poygalar orasida esa tyuning qilish mumkin bo‘ldi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

1978-yilda keyingi qadam bosildi. Nintendo Color TV televizorining baxtli sohiblari Game Racing 112 – shu nomdagi rulli o‘yinlarni sotib olishlari mumkin edi. O‘sha vaqtlarda mashhur bo‘lgan mashhur pristavkalardan yana biri – Atari 2600. U uchun g‘oyat ko‘p poyga o‘yinlari chiqarilgan – Indy 500 va 1977-yilgi Street Racer’dan tortib 1983-yilgi Pole Position’gacha.

Natijada yigirma yil ichida poyga o‘yinlari yuqoridan ko‘rinadigan ikki rangli va ikki o‘lchamli loyihalardan tortib psevdo-3D, rangli grafika va ko‘plab rejimlarga ega loyihalargacha bo‘lgan katta yo‘lni bosib o‘tdi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

TEZLIK ISHTIYOQI

To‘qsoninchi yillarda inqilob ro‘y berdi. Uy konsollari yanada takomillashdi, shaxsiy kompyuterlar esa – yanada shaxsiylashdi. O‘yin zallari esa butkul yo‘qlikka singib ketdi.

Formula One Grand Prix 1992 inqilobiy o‘n yilligi ochildi. O‘yin poyga seriyalari litsenziyalari bo‘yicha chiqarilgan, shuning uchun “Formula-1”ning haqiqiy mavsumiga omadli taqlid qildi. Taxminan o‘sha yillarda poyga o‘yinlarida uch o‘lchamlilik paydo bo‘ldi. Dastlabki bunday o‘yinlardan biri Sega’dan Virtua Racing edi. Murakkablashgan grafikani yuritish uchun kartrij maxsus grafik protsessor bilan jihozlandi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Boshqa noodatiy fishkalar ham paydo bo‘ldi. Sega’ning Daytona USA o‘yinida “haydovchi” “avtomat” va “mexanika” orasida almashishi mumkin edi. Aql bovar qilmas “ficha”!

Vanihoyat, 1994-yilda afsona bo‘lish qismatiga yozilgan o‘yin dunyo yuzini ko‘rdi. Albatta, gap Need For Speed haqida (darvoqe, o‘yin The Need For Speed deb atalgan).

Endi o‘yinchilar avtomobil va trassalarni tanlash, birinchi va uchinchi shaxs turlari orasida almashish, hatto o‘rnatilgan mashinalar ensiklopediyasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Hayratlanarlisi shundaki, Electronic Arts ishlab chiqaruvchisi bir vaqtning o‘zida ham juda realistik, ham juda arkada uslubidagi o‘yinni yaratdi, kishi uni qayta-qayta o‘ynagisi kelardi. O‘yin sanoati mutaxassislarining fikricha, aynan “begemot bilan karkidon”ning shunday chatishuvi tufayli haqiqiy san’at asari yaratildi. Albatta, politsiya ta’qiblarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.

To‘qsoninchi yillarda franshizaning uchta o‘yini paydo bo‘ldi: Need For Speed II (1997), Need For Speed: Hot Pursuit (1998) va Need For Speed High Stakes (1999). Hammasi – shaxsiy kompyuterlar va PlayStation uchun. Hammasi ham xitga aylanmadi. Ustiga ustak, ularning bir nechtasi muxlislar tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Muxlislar orasida hatto – seriyaning toq o‘yinlari omadli chiqayotgani, juftlarini esa muvaffaqiyatsizlik kutishi haqidagi nazariya ham mavjud. To‘g‘ri, bu sotuvga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi – ular to‘xtovsiz o‘sib bordi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Shunday bo‘lsa-da, raqobatchilarning taslim bo‘lish niyati yo‘q edi. NFS’ning eng asosiy raqobatchisi va o‘n yillikning atoqli kashfiyotlaridan biri Gran Turismo (1997) o‘yini bo‘ldi. Nisbatan arkadali NFS’dan farqli o‘laroq, GT darrov realistik fizikaga, mashinalarning katta tanlovi hamda tyuningga urg‘u beradigan simulyator sifatida o‘zini namoyon qiladi.

To‘qsonchi yillarda poyga o‘yinlari sanoatini boshqargan uchinchi yirik namoyanda – Colin McRae Rally (1998). Uni ishlab chiqishga haqiqiy avtopoygachi Kolin Makrey ko‘maklashgan. O‘yinchi qiyinlik darajalaridan birini tanlashi va 1998-yilgi ralli bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin edi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

TARAQQIYOT KUTIB TURMAYDI

2000-yillardan keyin geymerlar asosan eski ishonchli brendlar bilan kifoyalanishgan. Hech kim bu bozorga suqilib kirishni istamagan. Shu bilan birga platformaning o‘sib borayotgan qudrati poyga o‘yinlarini yanada samaraliroq va realistik bo‘lishiga xizmat qilgan.

NFS o‘yinlarining omadli chiqishlari omadsizlari bilan o‘rin almashib turgan. Gran Turismo darajasini saqlab qolgan. Colin McRae Rally esa avtopoygachining avtohalokatdagi o‘limidan so‘ng nomini DiRT’ga o‘zgartirdi. 2005-yildan keyin poygaga kelgan yangi o‘yinchilardan faqat Microsoft’ni keltirish mumkin. Gigant o‘zining Forza Motorsport’ini chiqardi, keyin esa ikki yuzlab mashinali, ko‘plab trassalar va tyuning uchun opsiyalar avtosimulyator – Forza’ga aylandi.

Keyingi yillarda yirik franshizalar dasturchilari yildan yilga yanada chiroylilashib borgan grafikani takomillashtirish, fizikasini yaxshilash, yangi dvigatellar ishlab chiqildi, multipleyer va hatto syujet liniyalari realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishdi. Asosiy poydevor, o‘yin qoidalari, mexanikasi va janrning o‘ziga xosliklari 70-80-yillarda yaratilgan, barcha taniqli zamonaviy relizlar shunchaki ularning chiroyli talqinlari hisoblanadi.

So‘nggi yillarda balni ba’zan Art of Rally va Inertial Drift kabi indi-sahnalar durdonalari unga qo‘shiladigan Forza Horizon boshqarmoqda.

HOZIRNING O‘ZIDA QANDAY AVTOSIMULYATORLARNI O‘YNASH MUMKIN?

Dirt Rally 2.0. Poygalarning eng realistik simulyatorlaridan biri. Tanlov uchun ralli-kross bo‘yicha jahon chempionati trassalarida ular bilan ishtirok etish mumkin bo‘lgan 50dan ortiq avtomobillar mavjud. Yoki butun dunyo bo‘ylab kezib yurish mumkin.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Trackmania Turbo. Kampaniya rejimida o‘yinchilar uchun to‘rtta xilma-xil sharoitlarda 200dan ortiq trassalar mavjud, asosiy fishkasi esa – trassa muharriri. Bu o‘yinda yerda benazir deyishadi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Wreckfest. Umuman oddiy simulyator emas, lekin kimgadir ma’qul tushsa, axir bu yerda asosiy maqsad poygalarda g‘alaba qozonish emas, balki raqibga zarba berishdir. Maksimal zarba.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Assetto Corsa Competizione. Haydashga faqat ob-havo va muayyan bir avtomobilning aerodinamikasi emas, balki shina modeli ham ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, syurprizlarga tayyor turing va yodda saqlang: bu simulyator favqulodda ustomonlikni talab etadi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Forza Horizon 4. So‘nmas klassika. O‘yin 450dan ortiq avtomobillarni, xilma-xil sinovlar hamda poygalarni taklif etadi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Project CARS 2.  Shotlandiya tog‘laridagi yovvoyi karting yoki muzlagan ko‘lda mixli shinalar bilan poyga. Bu o‘yin avtosport juda xilma-xil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

Need for Speed: Unbound. Ommabop seriyaga oxirgi to‘ldirish. O‘yinda muxlislar ko‘nglidan joy olgan asosiy geympley saqlangan. Noqonuniy ko‘cha poygalari hech qayerga yo‘qolgani yo‘q, lekin barchasi xuddi yanada keskinlashdi.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

F1 23. Dunyodagi eng nufuzli poyga seriyalarining eng yaxshi simulyatori.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz

LEGO 2K Drive. Agar jiddiy poygalar joningizga tekkan bo‘lsa, bu o‘yin aynan siz uchun.

Gazni bos: poyga o‘yinlari taraqqiyoti, 7auto.uz