Skip to main content

Ikki g‘ildirakli avtomobil, suzuvchi “yo‘ltanlamas” va bir nusxadagi Ferrari: so‘nggi vaqtda taqdim etilgan eng g‘aroyib va chiroyli modellar

BUYURTMAGA MASHINA, 7auto.uz

2024-yilda paydo bo‘lishi kutilayotgan Toyota Land Cruiser NEO Steer yangi modeli avtomobilni faqat qo‘lda boshqarish imkonini beradi: bu oyoqlari funksiyasi buzilgan odamlarga yordam berishi kerak. Avtomobilda rul o‘rniga gaz va tormoz vazifasi o‘tkazilgan shturvalga muqobil moslama bo‘ladi. Ular burilish tutqichlariga o‘xshab ketadi. Toyota imkoniyati cheklangan odamlar uchun maxsus avtomobillarni yaratayotgan birinchi yapon ishlab chiqaruvchisi emas. Masalan, Mazda ko‘p yillardan buyon markaziy konsol yonida pedallar o‘rnini bosuvchi tutqich joylashgan MX-5 Miata modelini sotib keladi.

BUYURTMAGA MASHINA, 7auto.uz

Xoverbordni o‘ylab topgan Sheyn Chen o‘zining yangi ixtirosi – ikki g‘ildirakli avtomobilni taqdim etdi. Unga beshta (!) odam sig‘adi, g‘ildiraklari esa, hattoki katta tezliklarda ham, muvozanatni saqlab turadigan holatda yo‘l yuzasi va tezlikka moslashadi.

BUYURTMAGA MASHINA, 7auto.uz

Ilon Mask Cybertruck 2025-yil oxirigacha foyda keltirmasligi mumkinligini e’tirof etdi. Uning hisoblashiga ko‘ra, bu yo‘nalishda daromad olish boshlanishi uchun taxminan 18 oy vaqt kerak bo‘ladi. O‘shanda kompaniya bir yilda qariyb 250 000 avtomobilni chiqarishi mumkin. Maskning ta’kidlashicha, hozir ham avtomobilni qaytarish sharti bilan bir millionga yaqin bronlash qayd etilgan. Cybertruck uzoq vaqt ishlab chiqarilishi sababli, Tesla kompaniyasi ancha kam foyda ko‘radi: 2023-yilning uchinchi choragida olingan foyda o‘tgan yilning xuddi shu davridagi ko‘rsatkichdan 44 foizga kamroq bo‘ldi.

BUYURTMAGA MASHINA, 7auto.uz

Nissan haydovchi va yo‘lovchilarning holatidan kelib chiqqan holda, salondagi haroratni, harakatlanish tezligini va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘zgartira oladigan Hyper Tourer elektr miniveni g‘oyasini taqdim qildi. Avtomobil keskin chiziqli jiddiy, salobatli dizaynga ega, korpusi yorug‘lik diodli chiroqchalar bilan jihozlangan. Biroq asosiysi, albatta, ichkarida: yoritish, musiqa va salondagi boshqa ko‘rsatkichlarni muvofiq tarzda sozlash uchun yo‘lovchilarning miya to‘lqnilari, yurak qisqarishi tezligi, nafas olishi va hattoki ter ajralishini kuzatib turuvchi ilg‘or sun’iy ong tizimi. Bu vakillik safarlari uchun mo‘ljallangan lyuks toifasidagi mashina bo‘lishi kutilmoqda.

BUYURTMAGA MASHINA, 7auto.uzBUYURTMAGA MASHINA, 7auto.uz

Patak Motors kompaniyasi XX asrning 20 va 30-yillarida Fransiyada ishlab chiqarilgan mashhur Bugatti Type 35 poyga avtomobili uslubida yaratilgan Patak Rodster elektrmobiliga dastlabki buyurtmalarni qabul qilmoqda. Sportkar ikki kishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tomi ochiladi. Avtomobil 10 yoki 20 kVt/s sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, ikkinchi holatda bitta quvvatlashda yurish zaxirasi 250 kilometrga yetadi. U yetti soniya ichida soatiga 50 kilometr tezlikka chiqishi mumkin. Maksimal harakatlanish tezligi – soatiga 130 kilometr. “Retro-avtomobil” g‘oyasi tanlanganiga qaramay, Patak Rodster Bluetooth, Apple CarPlay va Android Auto, navigatsiya va akustika tizimi, partroniklar hamda zamonaviy avtolarning boshqa ko‘plab qurilmalari bilan jihozlanadi.

BUYURTMAGA MASHINA, 7auto.uz

Xitoyning BYD avtoishlab chiqaruvchisi qisqa vaqt ichida “amfibiyaga” aylana oladigan g‘ayrioddiy modelni taqdim qildi. U8 deb nomlangan “yo‘ltanlamas” Yangwang brendi ostida sotiladi. Kvadrat shakldagi besh o‘rinli avtomobil soatiga 200 kilometr tezlikda yurishi hamda soatiga 100 kilometr tezlikka to‘rt soniyadan kamroq vaqtda chiqishi mumkin. Avtomobil 30 daqiqa davomida suzib borishi va, hattoki burilishi ham mumkin. Suvdagi tezligi – ko‘pi bilan soatiga 3 kilometr.

BUYURTMAGA MASHINA, 7auto.uz

ErreErre Furioserie kompaniyasi quvvati 562 ot kuchiga teng yangi Alfa Romeo Giulia modelini atigi 33 nusxada chiqarishni rejalashtirgan. Avtomobil 1962-yildagi nisbatan mashhurroq modelga tayangan holda yaratilgan. Shunga qaramay, mashina dizaynida ko‘plab o‘zgarishlar kuzatiladi: ko‘zda tashlanadigan birinchi narsa, bu – oldingi to‘rt faraning yaqqol shaklidir.

BUYURTMAGA MASHINA, 7auto.uz

Ferrari yagona nusxada chiqarilgan SP-8 superkarini namoyon etdi. Maxsus loyihalar bo‘linmasi mashinani tayvanlik buyurtmachi uchun ishlab chiqqan; avtomobilning asosiy jihati tomning mutlaqo yo‘qligi va bunday qurilma uchun ataylab o‘ylab topilgan aerodinamikadan iborat. Xususan, mashina yangi old qism hamda 3D-printerda bosib chiqarilgan yagona panjaraga ega. G‘alati eshitilishi mumkin, ammo buyurtmachi o‘z avtomobilini faqat yarim yildan keyin oladi: bungacha spayder Maranello shahridagi zavod muzeyida ko‘rgazmaga qo‘yiladi.

BUYURTMAGA MASHINA, 7auto.uz

Lancia kompaniyasi 2026-yilda yangi elektrkarlarni chiqarishga doir rejasini tasdiqladi va modellardan biri – STLA Medium g‘oyasini ko‘rsatdi. Mashina uzunligi 4,7 metr, yurish zaxirasi – 700 kilometr bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi 2028-yilgacha oddiy avtomobillardan butunlay voz kechib, elektrkarlarga o‘tishni rejalashtirmoqda.