Skip to main content

AVTOFAKTLAR, 7auto.uz

Eyndxoven Texnologiya Universiteti (Niderlandiya) talabalari tomonidan ishlab chiqilgan Stella Terra quyoshmobili  quvvatlanishsiz 1 ming km yo‘l bosgan – va bu rekord. To ‘g ‘ri, sinov Marokash va Sahroyi Kabir cho‘lida o‘tkazilgan.

AVTOFAKTLAR, 7auto.uz

Xitoy 2023-yilning yanvaridan boshlab avtomobil eksporti narxlarini 60% ga oshirdi. Bu vaqt ichida xitoy kompaniyalari taxminan 18,17 mln yengil avtomobil va 2,9 mln tijoriy avtotransport qismlarini ishlab chiqarishgan. Ulardan 3,38 mln ta avtomobil eksport qilingan.

AVTOFAKTLAR, 7auto.uz

GAZ o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi kompaniyani yugurayotgan bug‘u Tovar belgisidan foydalangani uchun 3,9 mln rubl undirgan.

AVTOFAKTLAR, 7auto.uz

Google SI tomonidan boshqariladigan chorraha svetoforlarida to‘xtashlar 30% ga qisqaradi. Bunday natijalar 12ta turli shaharlarda o‘rnatilgan 70 ta svetoforlarning boshqaruv tizimini datslabki sinovdan o‘tkazish orqali qayd etildi.

AVTOFAKTLAR, 7auto.uz

Chery kompaniyasi muhandislari rekord darajada past bo‘lgan aerodinamik qarshilik koeffitsientiga ega dizayn yaratish maqsadida kuzov optimizatsiyasining 2000 ta variantini qismlarga ajratib, qayta yig‘ishgan; alaloqibat, tunets balig‘i ko‘rinishidan ilhomlangan holda yaratilgan “bionik” dizayn peshqadamlik qilmoqda.

AVTOFAKTLAR, 7auto.uz“Uoll Strit bo‘risi” filmini suratga olish jarayonida atayin pachoqlangan Lamborghini Countach auksionda $2 mln ga baholangan.

AVTOFAKTLAR, 7auto.uz

2025-yilda chiqariladigan Mercedes-AMG kompaniyasining birinchi elektrokari dvigatelining quvvati 1000 ot kuchiga teng.