Taqilmagan kamar kameralarda qayd etiladi, maktablarda radar o‘rnatiladi, gaz ballonlardan voz kechish tavsiya etilmoqda: oyning asosiy avtomobil yangiliklari va qonunchilikdagi o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI JAMOAT XAVFSIZLIGI DEPARTAMENTI YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI XIZMATI MATERIALLARIGA ASOSAN JAMLADI
YIL BOSHIDAN BERI YTH DA 1415 KISHI HALOK BO‘LDI
Oliy Majlis Senati yig‘ilishidagi chiqishida Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasi raisi Tolibjon Madumarov 2023-yilning 8 oyida mamlakatda 5772 ta YTH sodir etilgan, unda 1415 kishi halok bo‘lgan, 5448 tasi esa jarohatlangan. Yanvardan avgust oyigacha 9 million marta YHQ ni buzish holatlari qayd etilgan, ulardan 8 millioni qoidaning qo‘pol tarzda buzilganligi aniqlangan. 26 ming marta mashinani mast holda haydash holatlari ro‘yxatga olingan. Qoidani, darvoqe, piyodalar ham buzishadi: aytib o‘tilgan vaqt mobaynida 161 ming nafar qoidabuzarlar javobgarlikka tortilgan.
BUNDAN BUYON KAMERALAR TAQILMAGAN KAMARLARNI QAYD ETIB BORADI
Respublikada o‘rnatilgan YHQ ni buzganlik holatini avtomatik yozib oladigaan vosita endilikda himoya kamarlarini taqmaganlik holatini ham qayd etib boradi. Kamarlardan foydalanish qoidalariga rioya etmaganlik uchun haydovchilarni eng kam ish haqining yarim baravari miqdoridagi jarima xavfi kutadi (BHM miqdori ayni vaqtda 330 ming so‘mni tashkil etadi). Yo‘lovchilar uchun jarima qonunchilikda nazarda tutilmagan.
ELEKTROSAMOKAT BOSHQARISHDA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI TALAB QILINISHI MUMKIN
O‘zbekistonda eletron skuterlar, samokatlar, motorollerlar va boshqa transport vositalarida harakatlanish tartibga solinishi rejalashtirilmoqda. Tegishli lyoiha hozircha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Hujjatga binoan, 25 km/soat dan yuqori tezlikdagi, dvigatel hajmi 25 sm³ (IYD – ichki yonuv dvigateli mavjud bo‘lgan holatda), shuningdek, 0,25 kVt dan yuqori va 4 kVt dan past nominal quvvatli elektrodvigatelga ega bo‘lgan skuter, samokat va boshqa transport vositalari egalari keyingi yildan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari zarur bo‘ladi. Haydash uchun esa haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
Shu bilan birgalikda, loyihada 14 yoshdan kichik shaxslar, hushyor holatda bo‘lmagan haydovchilarga, hatto ikkala statusdagi kishi birga ketayotgan holatda ham boshqaruvni taqiqlash taklif etilmoqda. Elektrosamokatlarning yo‘lka, piyodalarga mo‘ljallangan va velosiped yo‘laklaridagi harakati soatiga 6 km/soatdan oshmasligi lozim, ular bo‘lmagan holatlarda esa yo‘lkaning o‘ng tomonidan soatiga 20 km dan oshmagan holda harakatlanishga ruxsat etilgan.
BENZIN QUYISH SHOXOBCHALARIDA GAZ VA ELEKTR NARXLARI OSHDI
1-oktabrdan yuridik shaxslar uchun gaz va elektr energiyasi tariflari oshirildi. Bu gaz va elektr quyish shoxobchalarida narxlarning ko‘tarilishiga olib keldi. Demak, o‘zgaruvchan tok stansiyalari uchun tarif har kVt/soat uchun 1250 dan 1950 so‘mga ko‘tarildi. Ishga tushirish uchun minimal summa va quvvati tugaganida ishlamay qolganlik oddiy to‘lov o‘zgarishsiz qoldi.
Gaz quyish shoxobchalariga keladigan bo‘lsak, narxlar har kubometr uchun 2700-2800 so‘mdan 3100-3250 so‘mgacha oshdi. Hukumat Avtomoillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida narxning keskin ko‘tarilishini oldini olish maqsadida eng yuqori qiymatni 3250 so‘m etib belgiladi. Gaz uchun belgilangan me’yordagi chakana narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlarida gaz quyish shoxobchalariga gaz berilmaydi.
MAKTABLARDAGI RADARLAR JADVAL BO‘YICHA ISHLAYDI
Tezlikni 30 km/soat dan oshirilgan holatlarni qayd etib boruvchi maktablarda o‘rnatilgan radarlar o‘quv muassasasining ish jadvaliga muvofiq ishlay boshlaydi. Tezlikni cheklash rejimi maktabning ish vaqtiga mos ravishda – 07:00 dan 20:00 ga qadar faollashtiriladi.
MASHINANGIZNI MUMKIN BO‘LMAGAN JOYDA QOLDIRMANG
Avtotransport vositalarining piyodalar yo‘laklari va avtobus bekatlarida qarovsiz qolib ketish holatlari ko‘paydi. Bunday holatlar allaqachon alohida nazoratga olingan. Toshkent shahar IIBB hududiy yo‘l-patrul xizmati xodimlari va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan haydovchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.
AVTOMOBILLARGA QANDAY GAZ BALLONLARI O‘RNATISH MUMKIN EMAS?
O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX haydovchilarga SPG2, SPG3 va SPG4 turdagi gaz ballonlarini o‘rnatmaslik iltimosi bilan haydovchilarga murojaaat qildi. Bu turdagi ballonlardan foydalanish taqiqlangan va qonunchilikka muvofiq yaroqlilik muddati bo‘yicha sinovdan o‘tkazish talab etiladi. Ta’kidlab o‘tish lozimki, foydalanish muddati 15 yildan oshgan boshqa barcha ballonlardan foydalanish man etilgan.