Skip to main content

Uchar mashinalar ro‘yoga aylanmoqda: yuz yil avval ularni mana shunday yasamoqchi bo‘lishgan va ular hozir qanday ko‘rinishda?

Samoda quloch yozib uchib ketayotgan avtomobillar kelajagimiz qiyofasining muqarrar ko‘rinishiga, loaqal, biz kino olamida ko‘rib o‘rgangan obrazimizga aylandi. Biroq, biz ishga kundalik amalga oshiradigan haqiqiy parvozlar davridan shu qadar uzoqdamizmi? Ba’zi davlatlar uchar mashinalarni astoydil sinovdan o‘tkazmoqda, AQSH da birinchi uchar elektrokarni sertifikat berildi. Bu o‘zi nima ekanligi va qayerda ishlab chiqarilayotganligi haqida so‘z yuritamiz.

Nimani uchar mashina deb atashadi?

Aslida “uchar mashina” deb – shu nomdagi vertikal uchish va qo‘nish samolyoti (inglizcha VTOL) ga aytiladi. Dastlabki shunday samolyot XX asr boshlarida muhandis Boris Lutskiy tomonidan ishlab chiqilgan, biroq bu texnologiyaga bo‘lgan qiziqish Ikkinchi jahon urushi davrida  o‘sdi. Mazkur g‘oya apparat uchun uzun uchish-qo‘nish yo‘lagiga ehtiyoj yo‘qligi sabab harbiy muhandislar e’tiborini tortdi. O‘sha davrlarda transportning gibrid (aralash) turlari bilan tajribalar olib borilgan – shu tariqa ixtirochilar uchar avtomobillar ixtirosigacha yetib kelishgan. AQSH da 2018-yildan beri uchar taksilarni ishlab chiqarish bilan NASA va Uber kompaniyalari shug‘ullanib kelmoqda.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

Uchar avtomobillarning qisqacha tarixi

1901 yil

Nemis muhojiri Gustav Uaytxed AQSH da ilk bor samolyot va avtomobilning gibrid ko‘rinishini yasadi. Biroq tadqiqotchilar bu mashinaning haqiqatda ucha olishiga shubha bilan qarashgan.

1917 yil

Glenn Kyortis Autoplane nomi ostida mashina ixtiro qildi. Bu dastlabki hujjatlashtirilgan uchar avtomobil namunasi edi – Nyu-Yorkdagi ko‘rgazmada u atigi bir necha marotaba  sakrashga muvaffaq bo‘ldi, xolos.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

1935 yil

Konstantinos Vlaxos uchar mashina prototipini yasadi, biroq u Vashingtondagi ko‘rgazma vaqtida yonib ketgan. Ixtirochi bundan qattiq tushkunlikka berilgan. Keysning ommalashishiga asosiy sabab uning plyonkada tasvirga olinganida edi – bu uchar mashinaning eng  dastlabki videoyozuvi bo‘lgan.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

1946 yil

Airphibian deb nomlanuvchi kichik samolyot yasalgan undan qanotlari va quyruqlari osongina “yechiladigan” va qurilma avtomobilga aylangan.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

1949 yil

Amerikalik muhandis Molton Teylor tomonidan ishlab chiqilgan Aerocar – qanotli avtomobil dunyo yuzini ko‘rdi. Mashinaga sertifikat berilgan, uni ommaviy ishlab chiqarish uchun 500 ta buyurtma tushishi kerak edi. Afsuski, Teylorga atigi 250 ta buyurtma kelib tushdi, shu sababli Aerocar bozor yuzini ko’rmadi.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

1973 yil

AVE Mizar – qanotlari va dumi Cessna samolyotinikidan yasalgan Ford Pinto avtomobilidir. Ishlab chiqarish istiqbolli deb hisoblangan va ikki yil davom etgan, biroq sinov parvozi vaqtida ikkala ixtirochining vafot etganligi sababli loyiha ustida ishlash to‘xtab qoldi.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

2009 yil

AQSH da bahosi 65 million dollarlik to‘rt kishilik uchar mashina prototipini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Loyiha 2013-yilda bekor qilindi.

2012 yil

The Pal-V Liberty – electromotor va propellerning gollandcha prototipi paydo bo‘ldi. U tezlikni  soatiga 160 milyaga oshirishi va qo‘shimcha quvvatlashsiz taxminan 500 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin.

2018 yil

Audi va Airbus birgalikda Audi Pop ni ishlab chiqaradi. Up Next – eksklyuziv italyan dizayniga ega bo‘lgan uchuvchisiz uchar mashina.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

2023 yil

AQSH da Armada Model Zero birinchi uchar elektrokariga sertifikat berildi. U tezlikni soatiga 40 km ga oshira oladi.  Yerda 322 km/soat va havoda 177 km tezlikka bardosh bera oladi.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

2027 yil

Amerika bozoriga Avstraliyaning Ace VTOL uchar mashinalari kirib keladi. Ishlab chiqaruvchilari bilan shartnoma 250 million dollarga baholangan. Model tezligini soatiga 270 milgacha oshira oladi.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

Zamonaviy uchar elektrokarlar qanday ko‘rinishga ega?

Dizayn nuqati nazaridan olib qaraganda uchar mashinalar prototiplari turlicha ko‘rinishga ega: biri ko‘proq qanot va dumli avtomobilga o‘xshasa, boshqalari esa – qo‘shimcha g‘ildiraklarga ega vertolyotga o‘xshaydi. Hozirgi muhandislar g‘oyaviy ishlanmalarga ikkita asosiy talabni qo‘ymoqda.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

Birinchidan, mashina rejimlar o‘zgartirgan holda murakkab qatnovni yo‘lga qo‘ya olishi uchun  havoda ham, quruqlikda ham birdek samarali harakatlanishi lozim. Masalan, taxminan shu yo‘l bilan tirbandliklar orasidan “uchib ketish” hamda  trassaning nisbatan erkinroq qismiga qo‘nish mumkin bo‘ladi. 

Ikkinchidan, vertolyot va shaxsiy samolyotlardan farqli o‘laroq, uchar mashina maxsus shart-sharoit talab qilmasligi lozim (hammasi o‘sha uchish-qo‘nish yo‘lagida) – lekin buning uchun uning egasidan haydovchilik guvohnomasi, uchuvchidan esa litsenziya talab qilinadi.

Bugungi kunda ko‘plab uchar avtomobillar prototiplari ishlab chiqarish bosqichida turibdi, lekin yaqin orada nimanidir xarid qilishga imkon tug‘iladi. Misol uchun, Gollandiyaning Pal-V Liberty mashinasi ishkab chiqarish jarayonida – uni taxminan 500 dollar atrofida sotib olish mumkin bo‘ladi. 2023-yilning oxiriga AirCar ning sotuvga chiqishi kutilmoqda, 2024-yilda esa – Joby S4 (to‘g‘risi, ikkala mashinaning ham narxi million dollar atrofida bo‘ladi). Yaratuvchilar 2025-2026-yillar uchun xaridorlardan yana bir nechta modellarga buyurtma olishgan. Ularning orasida Aska A5, SkyDrive va Alef Armada Model Zero – barchasi 300-400 ming dollar turadi.

UCHAR MASHINALAR RO‘YOGA AYLANMOQDA. ULAR ODATIY HAYOT TARZIMIZGA AYLANADIMI?, 7auto.uz

Qanday ehtimoliy muammolar bo‘lishi mumkin?

  • Hozirgi vaqtda loyihalarning narxlari ularning asosiy muammosi hisoblanadi. Uchar mashinalarning yaratilishi katta miqdordagi yuqori texnologik yechimlarni talab qiladi.
  • Uchuvchidan juda katta malaka talab qilinadi. Vertikal uchish-qo‘nish samolyotlarini boshqarish yetarlicha mushkul vazifa. Agar bu qiyinchilikni bir vaqtning o‘zida ehtimoliy ko‘p miqdordagi havoda uchib ketayotgan apparatlar  bilan ko‘paytiradigan bo‘lsak, vaziyat oddiy quruqlikdagiga qaraganda ancha xavfli tus olishi mumkin.
  • Shovqin darajasi. Tasavvur qiling, agar atrofda doimiy tarzda vertolyotlar uchib yursa, shahar aholisi o‘zini qanday his qilgan bo‘lardi? NASA tomonidan ishlab chiqarilayotgan mashinaning shovqin darajasi tovush balandligi bo‘yicha kuchli jala shovqiniga teng.
  • Quvvatlash va xizmat ko‘rsatish bekatlari. Modomiki, uchar mashinalarning zamonaviy prototiplarining ko‘pchiligini elektrokarlar tashkil etar ekan, ularning asosiy muammosi quvvatlantirish bo‘lib qolaveradi.
  • Va nihoyat, uchar mashinalar atrof-muhitni ifloslantirmasligi zarurligi ko‘zda tutilmoqda. Ularning asosan elektrokar ko‘rinishida ishlab chiqarilayotganligining sababi ham shunda.