Nemis avtokonsernining yangi modeli 2023-yilning aprel oyida ilk marta taqdim etildi va kompaniyaning eng baquvvat elektromobiliga aylandi. Ammo narxi endi e’lon qilindi. Avtomobil to‘qqiz oydan so‘ng Gonkong bozoriga chiqdi va taxminan 400 ming dollar turadi.
“Tulpor”ning aniq narxi 372 ming dollar deb e’lon qilindi va undan oldingi BMW i7 M60 xDrive modelidan 127 ming AQSh dollarga “o‘zib ketdi”.
Texnik xususiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, i7 M70 xDrive so‘zsiz baquvvat va tez, ammo shunga qaramay parametrlari hayron qoldirmaydi. Bugungi kundagi Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan avtomobillar bilan solishtirganda, mutaxassislar nemis ishlab chiqaruvchisi o‘zining yangiligini juda yuqori baholamoqda degan fikrga kelishmoqda.
Nemis premium-sedanining orqa o‘qida 489 l.s., old qismida – 258 l.s. quvvatga ega elektromotor o‘rnatilgan. Eng yuqori aylanish pallasi – 1015 N*m, va u 3,7 sekundda 100 km/s tezlikka chiqa oladi. Akkumulyator batareyasining tortish hajmi 101,7 kVt.s, harakatlanish quvvati – 488-560 km (harakatlanish uslubiga qarab).
Boshqaruv paneli yuqori sifatda jihozlangan – u old paneliga o‘rnatilgan 31,3 dyum diagonalli ekranni va Bowers & Wilkins akustik tizimini o‘z ichiga oladi.