Skip to main content

Eng so‘nggi Camaro - bu 6,2 litrli V8 dvigateli va mexanik uzatma qutisiga ega “shiddatli” ZL1 modeli.

AQShdagi General Motors zavodida so‘nggi Chevrolet Camaro ishlab chiqarildi. Shunday qilib, dunyoga mashhur rusum endi rasman ishlab chiqarilmaydi.

Chevrolet Camaro rusumining so‘nggi modelini chiqarish bilanoq u bilan xayrlashdi, 7auto.uz

Chevrolet kompaniyasi Camaro’ning yakuniy modeli 6,2 litrli V8 dvigateli va mexanik uzatmalar qutisiga ega “ekstremal” ZL1 ekanligini e’lon qildi. U “kolleksiya seriyasi” ga tegishli va shunday atigi 350 ta mashina ishlab chiqarilgan. Biroq ishlab chiqaruvchilar avtomobil alohida shaxslarga beriladimi yoki Chevrolet muzeyiga olib ketiladimi, habar berishganicha yo‘q.

Chevrolet Camaro rusumining so‘nggi modelini chiqarish bilanoq u bilan xayrlashdi, 7auto.uz

Mashhur Camaro brendi “vorisi” chiqarilmasdan to‘xtatilishi haqidagi xabar 2023 yilning bahorida ma’lum bo‘lgan edi va shuning uchun bu kutilmagan holat bo‘lmadi. Biroq, Camaro 2002-yilda allaqachon “o‘lgan” edi, faqat 2010-yilda qayta tiklangan va “Transformerlar” filmida asosiy rollardan birida aks etgan edi.

Xuddi shunday holat hozir ham sodir bo‘lmoqda – Camaro bir kun kelib qayta tug‘ilmoq uchun “o‘ldi”. Bu natijaga Chevrolet Global vitse-prezidenti Skott Bell (Scott Bell) ishora qildi: “Biz bugun uning “vorisi” bo‘lish-bo‘lmasligi haqida e’lon qilmasak-da, ishonch bilan ayta olamizki, bu Camaro hikoyasining yakuni emas”, dedi u.