Avtomobillar ekologik muvofiqligi tekshirila boshlandi, Toshkent viloyatida radarlar soni ko‘payadi, YHQ buzganlik uchun jarimalardan saqlanish mumkin bo‘ladi – avto havasmandlar uchun shu va shu kabi muhim yangiliklar
Kameralar va radarlar o‘rnatish uchun 1,5 milliard so‘m ajratiladi
Toshkent viloyatining Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Oqqo‘rg‘on va Toshkent tumanlaridagi ko‘chalarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holatlarini avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari o‘rnatiladi. “E-qaror” yagona elektron tizimida hokimning 26 apreldagi tegishli qarori eʼlon qilindi.
1 iyuldan boshlab taʼlim muassasalari yaqinida, 4 va undan ortiq boʻlakli yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, temir yoʻl kesishmalari oldidan, shuningdek, yoʻl-transport hodisalari tez-tez sodir boʻladigan joylarda yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd qiluvchi kameralar paydo boʻladi. 2024-yil uchun tasdiqlangan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan kameralar va radarlar o‘rnatish uchun 1,5 milliard so‘m ajratiladi.
500 dan ortiq avtomobil ekologiya me’yorlariga javob bermaydi
O‘zbekistonda 10-apreldan boshlab o‘tkazilayotgan “Toza havo” ekologiya aksiyasining bahorgi bosqichi doirasida 58822 avtotransport vositalari, jumladan yengil avtomobillar, yuk mashinalari va avtobuslar tekshirildi.
Tekshuiruv davomida mazkur transport vositalaridan 518 tasi zararli moddalar chiqarishning o‘rnatilgan me’yorlariga muvofiq kelmasligi aniqlandi. 303 ta haydovchiga umumiy 50,1 million so‘m miqdorida jarima yuklatildi. Bundan tashqari, 222 ta avtomobil boshqaruvi ta’qiqlandi.
Oy davomida (10 maygacha) jami 200 ming avtomobil ekologiya nazoratiga olinishi rejalashtirilmoqda. Aksiyaning ikkinchi bosqichi 10-avgustdan 10-sentabrga qadar o‘tkaziladi (Toshkent shahrida – 10 sentabrdan 10-oktabrgacha).
Tadbir davomida O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yo‘l-patrul postlarida, tuman va shaharlarning markaziy ko‘chalarida maxsus qurilma yordamida benzin, dizel yoqilg‘isi, siqilgan va suyultirilgan gazda ishlaydigan avtotransport vositalaridan atmosferaga chiquvchi zararli gazlar miqdori aniqlanmoqda. Ekologiya talablariga javob bermasligi topilgan transport vositalarining haydovchilariga to kamchiliklar bartaraf etilmagunicha transport vositasini boshqarish ta’qiqlanadi.
48 soat: qanday holatlarda haydovchi jarimadan ozod etiladi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi, deb xabar qildi parlament matbuot xizmati. Oʻzgarishlar yoʻl harakati qoidalarini buzishga bagʻishlangan boʻlimga ta’sir qiladi.
Xususan, kamerada qayd etilgan qoidabuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozib olingan paytdan e’tiboran 48 soat ichida vakolatli shaxsga yuborilmasa, ish yopilishi rejalashtirilgan. Agar transport vositasining egasi haqida hech qanday ma’lumot bo‘lmasa, ish yopilishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, bu qonun loyihasini ko‘rib chiqishning birinchi bosqichidir, uni yakuniy qabul qilishdan oldin o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Darvoqe, ayrim ommaviy axborot vositalari va telegram kanallarida 48 soat ichida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bekor qilinishi haqidagi xabar noto‘g‘ri talqin qilingan. Ularning talqinida haydovchi jarima haqida ma’lumotni 48 soat ichida olishi kerak. Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, radarlar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli organ – Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi markaziga yetkaziladi va u 48 soat ichida jarima solish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Vakolatli organ 15 kun ichida jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Agar ma’lumot vakolatli organlarga 48 soatdan kechiktirilsa, haydovchi jarimaga tortilmaydi.
Poytaxt avtomobillari raqamlarida qachon “02” kodi paydo bo‘ladi?
Ushbu davrni taxmin qilish uchun joriy 01 koddan boshlanadigan raqamlarning mumkin bo‘lgan kombinatsiyalarining maksimal sonini hisobga olish kerak.
Agar har yili davlat raqamlarining 5 foizi qayta ro‘yxatdan o‘tish orqali olib tashlansa, 17 million avtomobilga yetishi va 02 kodli raqamlardan foydalanishni boshlash uchun taxminan 68 yil vaqt kerak bo‘ladi.