Yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) har yili seriyali krash-testlar o‘tkazadi, uning natijasida reyting tuziladi va avtomobillarga xavfsizlik reytingi beriladi. Top Safety Pick+ — ularning eng oliysi.
Reyting 2013-yildan beri tuzib kelinadi, va bu vaqt ichida birorta ham model har yillik mukofotni qo‘lga kiritmagan. Lekin boshqalardan ko‘proq ro‘yxatga kiritilgan avtomobillar bor. Eng yuqori reytingni qo‘lga kiritish uchun avtomobil kichik to‘siqqa, o‘rtacha to‘siqqa old to‘qnashuv, yon tomondan to‘qnashuv va piyodalar bilan to‘qnashuvning oldini olish sinovlarida yuqori baholarga erishishi lozim.
Honda Accord
10 oliy mukofot
Honda Accord reyting mavjud bo‘lganidan beri IIHS Top Safety Pick+ mukofotini qo‘lga kiritib keladi. Yaponcha o‘rtacha hajmli sedan – xavfsizlik haqida gap ketganda eng yaxshi avtomobillardan biridir. Honda Sensing “aqlli” xavfsizlik majmuasi standart komplektatsiyaga kiradi.
Mazda 3
9 ta oliy mukofot
Mazda3 xetchbek va sedan kuzovlarida ishlab chiqariladi, ikkala variant ham bir xil IIHS baholarini olgan. Ushbu ixcham avtomobil Honda Accorddan tashqari boshqa har qanday avtomobilga qaraganda ko‘proq IIHS yuqori baholarini oldi.
Ixcham avtomobilni haydash kishiga zavq bag‘ishlaydi, shu sababli u a’lo tanlov hisoblanadi. Garchi uni haydash modelning DNKsiga kiritilgan sportga xos jihatlarga ega bo‘lsa-da, uning silliq chiziqlari va zamonaviy ko‘rinishi barkamollik hissini uyg‘otadi. Mazda 3 o‘zining ishonchli tayyorgarligi va yaxshi shakllangan manyovrlari bilan haydash zavqini saqlab qoladi, bu esa uni faol turmush tarzini olib boruvchilar orasida mashhur qiladi.
Mercedes-Benz GLE
9 ta oliy mukofot
Mercedes-Benz GLE to‘qqiz yil mobaynida IIHS Top Safety Pick+ mukofotini qo‘lga kiritgan. Shu baho sabab, GLE asosli ravishda o‘rtacha hajmli krossoverlar o‘rtasida eng xavfsizi deyish mumkin.
Mercedes-Benz o‘rta o‘lchamli yo‘ltanlamaslar modellarini nomlash qoidalarini o‘zgartirganidan so‘ng, GLE-Class M-Class yo‘ltanlamasi o‘rnini egalladi. 2016-yilgi model eng yomon avlodlardan biri hisoblanadi, chunki J.D. Power agentligi bu yo‘ltanlamas avtomobilga sifat va ishonchlilik bo‘yicha 100 balldan atigi 69 ball berdi. 2018-yilgi model esa 84/100 baho olgan holda eng yaxshi ishlab chiqarilgan yil sifatida tan olinadi.
Genesis G90
8 ta oliy mukofot
G90 — avtomobil bozorida nisbatan yangi nomga ega to‘liq hajmli premium sedan. J. D. Power agentligi modelni yuqori baholadi – 100 dan 91 ballgacha. IIHS G90’dan esa 8 yil mobaynida yuqori maqomga erishib kelgan. Genesis brendining boshqa modeli – G80 ham ham xuddi shunday maqomga ega bo‘ldi.
So‘nggi o‘n yil ichida Genesis kompaniyasi uzoq yo‘lni bosib o‘tdi va jadal o‘sib borayotgan lyuk sinfdagi brendlarning biriga aylandi. Genesis’ga bunday mashhurlikka erishishiga yordam bergan avtomobillardan biri BMW 7 Series va Mercedes-Benz S-Class bilan raqobatlashadigan yuqori klass G90 to‘liq o‘lchamli sedani edi.
Hyundai Tucson
7 ta oliy mukofot
Bu boshqarish yoqimli bo‘lgan o‘rta sinfdagi ixcham krossoverlardan biridir. Avtomobil o‘zida uslub va qulaylikning ajoyib uyg‘unligini mujassamlashtirgan. Dadil dizayn, shinam salon, yaxshi yoritish, silliq haydash va ilg‘or texnologiyalarning to‘liq paketi – va bularning bari nisbatan hammabop narxda. Go‘yo ertakka o‘xshaydi.