Shaharda alohida parvarish ishlarini talab qiluvchi mashinalar soni tobora oshib bormoqda. Hattoki, bir qarashda oddiy bo‘lib tuyulgan avtomobil yuvish shoxobchasi – mashina yuvish jarayoni avtomobilning o‘zi va uning egasi maqomiga mos bo‘lishi kerak. Biz poytaxtda o‘ziga xos xizmat ko‘rsatish standartini belgilaydigan va o‘z ichiga o‘yin hamda karaoke zonalari, restoran, bilyard va hattoki kinozalni olgan o‘zgacha avtomoykaga mehmonga bordik. Kompaniya ta’sischisi Maqsad Mansurov bunday markaz qaysi auditoriyaga yo‘naltirilganligi haqida bizga gapirib berdi.
Black Star qachon ochildi?
“Poytaxt”dagi Black Star Detailing & Car Wash premial darajali avtoservisining ilk filiali 2020-yil 18-dekabrda ochildi. Atigi uch yil o‘tgach, 2023-yil 24-fevralda esa zamonaviy Mirabad Avenue majmuasi hududida ikkinchi filial ham o‘z eshiklarini ochdi.
Black Star Detailing & Car Wash ikkala filiali ham o‘z mijozlariga avtomobilni kutish payti mobaynida foydalanish uchun keng ko‘lamli infratuzilmani taqdim etadi.
U Black Star brendiga aloqadormi?
Bu Moskvadagi afsonaviy, tanilgan tarmoqning rasmiy franshizasi bo‘lib, endi O‘zbekiston poytaxtida ham o‘z xizmatlarini taqdim etadi.
Nima uchun aynan ushbu yo‘nalishni tanladingiz? Avto ustaxona yoki avtomobillar ehtiyot qismlari do‘koni ham emas, aynan avtomoyka.
So‘nggi yillarda Toshkent qiyofasi jadal sur’atlarda o‘zgarib bormoqda. Shahar ko‘chalarida alohida parvarish talab qiladigan yangi, eksklyuziv modeldagi avtomobillar ko‘payib ketmoqda. Tabiiyki, ularning egalari ham o‘zgacha xizmat ko‘rsatish darajasiga o‘rganib qolishgan. Bularning barchasi bizning konseptimizda mujassamlashtirildi: Black Star Detailing & Car Wash jamoasi Toshkentda mutlaqo yangi, premial darajadagi xizmat ko‘rsatishni taqdim qilmoqda. Gap qimmat avtomobillar haqida ketayotgan bo‘lsa, hattoki yuvish va tozalash xizmatlari ham eng yuqori darajada ko‘rsatilishi kerak.
Siz qaysi darajadagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatasiz?
Biz hurmatimizni namoyish etgan holda istalgan darajali avtomobillarga xizmat ko‘rsatamiz — ixcham sedanlardan boshlab premium-segmentli muhtasham yo‘ltanlamaslargacha. Bizning istalgan tashrif buyuruvchimizga maksimal darajada sifatli xizmat ko‘rsatamiz.
Maqsadli auditoriyangizni qanday tasavvur qilasiz?
Bizning maqsadli auditoriyamiz — bu sifatni yuqori qadrlovchi, avtomobilini mukammal, benuqson holatda saqlashga intiladigan insonlardir. Bu yosh professionallar bo‘ladimi, oilaviy insonlar yoki biznes egalari bo‘ladimi, biz har bir mijozimizga teng darajali e’tibor bilan yondashamiz.
Bilamizki, tashrif buyuruvchilar uchun ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni tashkil etish borasida sizlar poytaxtimiz xaritasidagi istalgan shunga o‘xshash makondan ancha o‘zib ketdingiz. Black Star’da mavjud o‘yin-kulgu mashg‘ulotlari haqida gapirib bersangiz. Kinozal qancha joyga mo‘ljallangan? U yerda nima namoyish etiladi? Playstation kabinkalari soni qancha? Kafe va karaoke qancha o‘tirish joylariga mo‘ljallangan? Bilyard zonasida qancha stollar bor?
Black Star Detailing & Car Wash avtomobillar yuvish shoxobchasida o‘z avtomobilini kutayotgan mijozlar uchun keng ko‘lamli faolliklar majmuasi yaratilgan. Unga quyidagilar kiradi:
- 8 kishiga mo‘ljallangan shinam kinozal, bu yerda yangi kinolar va o‘tgan yillarning mashhur filmlari namoyish etiladi; shuningdek, bu yerda futbol o‘yinlarini tomosha qilish mumkin; katta zal va sifatli tovush qayerda ekanligingizni unutish imkoniyatini beradi;
- o‘yin pristavkalari mavjud Gamezone uchta maxsus kabinkalari, bu yerda siz do‘stlar yoki farzandlaringiz bilan sevimli o‘yinlarni o‘ynasangiz bo‘ladi;
- 100 ta o‘rinli va nihoyatda keng BS Cafe & Restaurant restorani, bu yerda barchasi doimo mazali va juda shinam;
- karaoke bilan birlashtirilgan ikkita o‘yin kabinkasi;
- tashrif buyuruvchilar biroz dam olib, vaqtni chog‘ o‘tkazishlari mumkin bo‘lgan ikkita bilyard stoli;
- avtomobil sohiblari o‘ziga xos erkaklar sartaroshxonasi muhitida o‘zlarini tartibga keltirishi mumkin bo‘lgan barbershop;
- eng ommabop yangicha erkaklar aksessuarlarini taqib ko‘rish va xarid qilish mumkin bo‘lgan premial soatlar do‘koni;
- avtomobilingizni kutish mobaynida eng zarurini sotib olish mumkin bo‘lgan minimarket.
Ushbu imkoniyatlar majmuasi Black Star Detailing & Car Wash’da kutish jarayoni yoqimli va o‘zgacha o‘tishini ta’minlaydi. Avtomobilingiz barcha tozalash bosqichlaridan to‘liq o‘tganicha vaqt qanday o‘tib ketganini sezmay ham qolasiz.
Avtomobilni yuvishda qanday vositalardan foydalanasiz? Qanday uskunalar o‘rnatilgan?
Biz tozalash vositalar tanloviga alohida e’tibor bilan yondashamiz va faqat Germaniyaning Koch Chemie brendiga oid yuqori sifatli mahsulotlardan foydalanamiz. Bizning uch bosqichli yuvish jarayonimiz natijasida kuzov, salon va oynalarning benuqson tozaligini hamda lak-bo‘yoq qoplamasining ishonchli himoyasini kafolatlaydi.
Black Star’ning shaharda avtomobilingizni tartibga keltirishingiz mumkin bo‘lgan boshqa joylardan asosiy farqi nimada ekanligini uch so‘z bilan ta’riflab bering.
Bashanglik, hashamat va benuqson xizmat ko‘rsatish —biz birinchilardan bo‘lib eshiklarini ochgan Toshkentdagi avtomobil yuvish shoxobchasining standartlari mana shulardan iborat. O‘zingiz uchun Black Star Detailing & Car Wash avtoservisining premial darajali xizmatlar majmuasini kashf eting!