Skip to main content

Sherzod Jalolov – taniqli bloger va avtomobil sanoatining ixlosmandi. U “Choynakning qopqog‘i” nomli You-Tube kanalini yuritadi, tezlikni va yorqin mashinalarni yoqtiradi, dunyo bo‘ylab sayohat qiladi va yangi avtomobillar to‘g‘risida haqiqatni gapirishdan qo‘rqmaydi. U o‘rtacha o‘lchamdagi EXEED TXL krossoverining ishlashini biz uchun tekshirib ko‘rsatdi.

PORSCHE 911: MAQSADMI YOKI ORZU?

Xuddi orzularim singari mashina to‘g‘risida gapirishni yoqtirmayman – bu ko‘proq maqsad. O‘zimga Porshce 911 sotib olishni istayman. Men haydab ko‘rgan eng universal avtomobil – qulay, samarali va yorqin. Ehtimol, Lamborghini yoki Ferrari dek dabdabali eshitilmasligi mumkin, lekin Porsche men uchun eng maqbul variant. Lekin darhol aytishim kerak: u oilaviy sayohatlar uchun to‘g‘ri kelmaydi, ko‘proq bir kishilik safar uchun mo‘ljallangan – o‘ta “xudbin”.

POLIGONDAGI POYGALAR

To‘g‘risini aytishim kerak, tez haydashni yaxshi ko‘raman. Shaharda, turgan gapki bunga ruxsat etilmagan, shuning uchun agar imkoniyat tug‘ilsa, Piskentdagi poligonga boraman. Bu hech qanday poyga treki emas, shunchaki avtomobillarni cho‘lda, quruqlikda, issiq iqlimda sinovdan o‘tkazish uchun Sovet davrida qurilgan poligon. Ilgarilari Lada avtomobillarini Saudiya Arabistoniga tashishgan, keyinchalik esa uning iqlimi biznikiga o‘xshashligini tushunib, Toshkentdan 60 km narida poligon qurishga qaror qilishgan.

DUNYO BO‘YLAB SAYOHAT

Avtoblog men uchun imkoniyatlar dengizini ochdi, ayniqsa gap xorijga sayohat haqida ketganda. Hammasi bunchalik tez yurishib ketadi, deb o’ylamagandim, biroq 2019-yilda blog yuritishni endi boshlagan davrlarimda, meni Kaliningradga Lada X-ray Cross ning taqdimotiga taklif qilishdi. Sentabr oxirida Sochidagi “Formula-1” ga bordim, keyin buyog‘i: Dubay, Germaniya, Hindiston… Avto-tematika meni butun dunyo bo‘ylab “aylantiradi”.

Blogerlarni to‘g‘riso‘zligi va ochiqligi uchun qadrlashadi deb o‘ylayman. Ya’ni, agar men mashinada qandaydir nuqson ko‘radigan bo‘lsam, o‘z kuzatuvchilarimga bu haqida aytishdan qo‘rqmayman, chunki xalq menga ishonadi. Bu juda muhim.

MASHHURLIKNING BOSHQA TOMONI

Bloger bo‘lish – ulkan mas’uliyat. Menga har kuni maslahat bilan murojaat qilishadi: qanday mashina tanlaganim ma’qul? Tushunaman, har bir odam uchun mashina tanlash – muhim jarayon, shuning uchun har biriga javob qaytarishga harakat qilaman. Tafsilot va talablarini tushuntiraman, shunga asoslangan holda maslahat beraman. Biroq u yoki bu avtomobilni maslahat berishdan avval uni o‘zim shaxsan sinovdan o‘tkazib ko‘rishim kerak. EXEED bilan ham xuddi shunday.

EXEED TXL AMALDA

Xitoydagi anchayin ommabop brend – bu Chery Group premium-klass subbrendi hisoblanadi. Ya’ni ularning bir nechta brendlari mavjud: OMODA, Chery, Jetour va Exceed. Garchi Exceed yuqorida sanab o‘tilgan boshq avtomobillar bilan bir platformada joylashgan bo‘lsa-da, pardoz va kuzov materiallari hisobiga premial sanaladi: ular pishiqroq, qalinroq, og‘irroq, xullas,  o‘zingiz tushunasiz. Ishlab chiqaruvchi “premial brend” faxriy nomiga mos bo‘lish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilmoqda. Umuman olganda, buni uddalayapti ham. Variantlar bo‘yicha, avtomobil ancha qiziqarli, barcha zamon  talablariga javob beradi. Misol uchun, moslashuvchan kruiz-nazorat, o‘rindiqlarni shamollatish tizimi, alohida iqlim-nazorat va h.k. Bularning bari avtomobilda mavjud va tanlov mobaynida kamchilik his qilmaysiz.

ORZU EMAS, MAQSAD. AVTOBLOGER SHERZOD JALOLOV EXEED TXL NI 7AUTO UCHUN MAXSUS TAHLIL QILDI, 7auto.uz

Bilishimcha, EXEED – avtomobilqurilish modul tizimi mahsuloti, bu sifatni yanada ko‘taradigan avtomobil yig‘ishning yangicha yondashuvi. M3X platformasi Magna va BENTELER yetkazib beruvchilari bilan hamkorlikda yaratilgan. TXL ham  to‘liq uzatma rejimi yoqilganida o‘ta tez ta’sir qaytaruvchi elektromagnit ko‘p diskli mufta orqali boshqariladigan Torque on Demand 4WD zamonaviy tizimidan foydalanadi.

Bu o‘rinda yo‘l sharoitlari va haydovchi maqsadlariga muvofiq, real vaqt rejimida avtomatik tarzda 2WD/4WD ga o‘tkazadigan boshqaruvning intellektual tizimi ishlaydi.

1.6 Turbo GDI yangi dvigateli – Chery va AVL muhandislari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan ACTECO motorlarining uchinchi avlodi. 7DCT preselektiv robotlashtirilgan uzatmalar qutisi haydash tanlovinining uch rejimini taqdim etadi: Eco, Normal va Sport.

ORZU EMAS, MAQSAD. AVTOBLOGER SHERZOD JALOLOV EXEED TXL NI 7AUTO UCHUN MAXSUS TAHLIL QILDI, 7auto.uz

Yukxonasi 2000 litrga mo‘ljallangan, bu eng katta hajm – hamma narsangiz joylashadi. Tekshirib ko‘rdik: butun boshli 4 ta jomadon sig‘adi, bu holda uni qo‘lsiz ham ochish mumkin. Tizza bo‘yi  maydon kengaytirilgan, ikkinchi qatordagi o‘rindiqlarni sozlash mumkin. Haydovchi o‘rindig‘i o’nlab elektrik rostlash va sozlash xotirasi (shuningdek, bel tiragini rostlash moslamasi ham) bilan jihozlangan. Bundan tashqari, mashina ichida mayda-chuyda narsalarni saqlash uchun 30 dan ortiq joy ajratilgan. Panoramali tom shunchaki yirik: 1,12 m².

Shu o‘rinda o‘z didingiz va kayfiyatingizdan kelib chiqib interyerning o‘zgacha shukuh beruvchi yoritish moslamasini tanlashingiz mumkin, zaruriyat tug‘ilganda uni xohlagan vaqtda almashtirish yoki boshqacha rejimni tanlasangiz bo‘ladi. Tovush chiqarmaydigan shamol to‘suvchi va oldingi oynalar bilan birgalikda kuzov qurilmasi ichida  tovush yutuvchi qurilma ham mavjud. O‘rindiqlar ventilyatsiyasi oldinda joylashgan. Qurilmali va multimediali panel yagona multisensorli ekranga birlashtirilgan. Havoni tozalash sensorli filtri ifloslanish darajasini ko‘rsatuvchi moslama bilan jihozlangan.

ORZU EMAS, MAQSAD. AVTOBLOGER SHERZOD JALOLOV EXEED TXL NI 7AUTO UCHUN MAXSUS TAHLIL QILDI, 7auto.uz

Salonga keladigan bo‘lsak, qulay va xavfsiz safar uchun yordamchilar kam emas. Xususan, bu tog‘ga ko‘tarilish va tushish nazorati. Haydovchining charchaganligidan ogohlantiruvchi tizim. Kuzovning yuqori darajadagi pishiqlikka ega karkasi. Tashqi yorug‘likning kuchayib ketishiga  qarshi faralarni avtomatik yoqish orqali javob qaytaradigan yorug‘lik datchigi. Xohishingizga ko‘ra, salomlashuv signali orqali yoritish va /yoki “Meni uyga olib bor” kuzatuv funksiyasini sozlab qo‘yishingiz mumkin.

Silliq dizaynning o‘zi qarshilik kuchi koeffitsientini kamaytiradi, bu esa avtomobilning aerodinamikligini ta’minlaydi. To‘rtta yuqori aniqlikdagi keng burchakli kameralar avtomobilning  old va orqa tomonida hamda tashqi orqa ko‘ruv oynalariga o‘rnatilgan.

ORZU EMAS, MAQSAD. AVTOBLOGER SHERZOD JALOLOV EXEED TXL NI 7AUTO UCHUN MAXSUS TAHLIL QILDI, 7auto.uz

KULRANG BOZOR VA RASMIY DILERLAR

Auditoriyaga avtomobillarni oq bozordan rasmiy dilerlar orqali xarid qilishni qadamba qadam o‘rgatib borish kerak, deb hisoblayman, chunki to‘g‘ri xizmat ko‘rsatish – ilk duch kelgan usta yoki tanish-bilishda emas, aynan rasmiy dilerda bo’ladi. Shu sabab, bu rad etib bo‘lmaydigan afzallikdir.