Tadbirkor va influyenser Yulduz Mavlonova avtomobil boshqarish va meditatsiya qilish o‘rtasida umumiylik bor, eng muhimi esa avtomobildagi xavfsizlik deb hisoblaydi. Ehtimol, shuning uchun ham u Mercedesga yuqori sifati uchun mehr qo‘ygan. Biz bilan birgalikda Yulduz Mercedes-AMG SL 63 4MATIC+ kabrioletini sinovdan o‘tkazdi
Harakatlar erkinligi
17 yoshimdan beri avtomobil boshqarishni boshlaganman, demak, allaqachon 20 yillik tajribaga ega haydovchiman. Ilk mashinam Mazda edi, keyin esa Nissan. Moskvada yashagan vaqtimiz Mersedesimiz bor edi. Hozir Toshkentda istiqomad qilaman va so‘ngi yilda yana faqat Mersedesda harakatlanyapman. Rulda ko‘pincha o‘zim bo‘laman: bizning oilaviy haydovchimiz bor, ammo hech kimni kutmay tezroq chiqish uchun erkin harakatlanishni xush ko‘raman. Misol uchun, bolalarni haydovchi bilan jo‘natib, o‘zim esa ishlarim bilan ketish uchun.
Avtomobil boshqarish meditatsiya singari
Ispaniyada bo‘lganimizda, ijaraga mashina olganmiz va deyarli butun mamlakatni kabrioletda kezganmiz. Bundan tashqari, Italiya bo‘ylab ham avtomobilda harakatlanganman, biroq yaxshigina jarimalar yig‘ilgan. Bu yerda, Toshkentda tog‘larga borishni yaxshi ko‘ramiz. Yo‘l davomida qo‘shiq aytib, topishmoqlar topib harakatlanamiz. Yo‘l ba’zida charchatadi, biroq bir vaqtning o‘zida avtomobil boshqarish nimasi bilandir meditatsiyaga o‘xshaydi: katta tajribaga ega bo‘lsangiz, siz avtomobilni avtomat ravishda boshqarasiz va o‘y-hayollaringiz umuman boshqa jabhalar bilan band bo‘ladi. Ba’zida men podkastlar, audio-kitoblar qo‘yaman: agar tinglashim kerak bo‘lgan narsalar ko‘p bo‘lsa, bularning barchasini yo‘l-yo‘lakay bajaraman.
Asosiysi — xavfsizlik
Men uchun mashina “yumshoq” bo‘lishi shart. Erkaklar uchun, balki, avtomobil tez harakatlanishi muhimdir: mening mashinamni turmush o‘rtog‘im olib bergan, va unga tezlikning ko‘tarilishi yoqadi, ammo men bu funksiyadan foydalanmayman. Ishonchliligi muhim, shunda ishonch va xavfsizlik hissi bo‘ladi – yo‘llarda esa har xil holat bo‘lishi mumkin. Katta tajribaga ega bo‘lishimga qaramay, bir marta baxtsiz hodisaga duch kelganman: mening mashinamga haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritganidan keyin endi rulga o‘tirgan bir qiz to‘qnashib ketgan. Shu sababli ham biz oilaviy chet el rusumlarini tanlaymiz – ular sifatli, mustahkam va xavfsiz qilib ishlangan.
Toshkent haydovchilari
Bugungi kunda Toshkentda juda ko‘p tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Biznes ishimni endi boshlagan paytlarim markazga 15 daqiqada yetib olardim, hozir esa 30-40 daqiqada. Men shahar ko‘chalarini yaxshi mo‘ljallay olaman, chunki joylarni yaxshi eslab qolaman, biroq hozir, yangi joylarda navigatordan foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda.
Horijga bir yoki ikki oylab ketgan vaqtlarimizda qaytgach, menda qattiq hayajon boshlanadi. Bu yerda hamma “ulgurishga” harakat qiladi, hamma qayergadir shoshadi. Eng kulgilisi, svetofor ishlamay qolsa, hech kim o‘tkazib yubormaydi, hech kim siljimaydi. JAR, Yoxannesburgda yashaganimizda meni yo‘llardagi madaniyat lol qoldirgan: agar svetofor ishlamayotgan bo‘lsa, haydovchilar o‘zlari bir-birini o‘tkazib yuborishadi.
Ammo shunga qaramay, bizda insonlar yordam qo‘lini cho‘za oladi. Bir kun mashinamning g‘ildiragi teshilib qoldi, atrofda esa birorta ham avtomobil yo‘q edi, zahira g‘ildiragi ham yo‘q edi va men nima qilishni bilmasdim. Yonimdan o‘tayotgan yigitlar g‘ildirakni avtoservisga olib ketishdi va yana qaytarib olib kelib, o‘rnatib berishdi.
Mercedes hayot uslubi sifatida
Men uchun Mercedes – bu birinchi galda sifat. Va yana nufuz, albatta. Mana shular birinchi galda men uchun Mercedes’ni ifodalaydi. Ishlab chiqaruvchilar ham rusum nufuzini saqlashmoqda: barchasi haqiqatan ham juda sifat bilan ishlangan. Shu bilan birga, men aytib o‘tgan xavfsizlik masalasi ham. Agar bu tushunchalarni bitta gap bilan ifodalaydigan bo‘lsak: Mercedes’da yuruvchi inson, hayotining darajasi va o‘z uslubini tanlaydi.
Zamonaviy klassika
SL 1950-yillardan buyon o‘z zamonidan ilgarilagan avtomobil hisoblanadi. Yangi Mercedes-AMG SL 63 4MATIC+ — bu qudrat, bashanglik va qulaylik. O‘zida yuqori texnologiyalar va ajoyib sifatni uyg‘unlashtirgan bozordagi eng eksklyuziv avtomobillardan biridir.
SL 63 4MATIC+ dizayni Mercedes-Benz’ning klassik xususiyatlarini sport elementlari bilan birlashtiradi. Uzun kapot va past tomga egaligi tezlik va kuchlilik hislarini uyg‘otadi. Isitish va shamollatish xususiyatlari bo‘lgan charm o‘rindiqlar har qanday holatlarda yuqori qulaylikni ta’minlaydi. MBUX audio tizimi yuqori sifatli tovushni kafolatlaydi.
Ikki raqamli displeyli asboblar panelining ultra-zamonaviy tartibi dastlab g‘ayrioddiy ko‘rinishi mumkin, ammo undan keyin siz “oddiy” variantlarga ko‘nikishingiz dargumon. Tomni birgina tugmachani bosish bilan tushirsa bo‘ladi, axborot-ko‘ngilochar tizimi esa qurilmalar o‘rtasidagi aloqa uchun barcha mumkin bo‘lgan funksiyalar bilan jihozlangan.
Bashang, ammo qudratli
SL 63 4MATIC+ ning asosiy o‘ziga xos tomoni bu uning quvvatidir. Avtomobilga 4-litrli V8 Bi-Turbo dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, 800 Nm aylanish xususiyati bilan deyarli 585 ot kuchiga ega. U atigi 3,6 soniyada 100 km/soat tezlikka va 315 km/soat maksimal tezlikka chiqa oladi.
To‘liq tortish xususiyati yo‘llarda a’lo boshqaruv va turg‘unlikni ta’minlaydi. Bundan tashqari, avtomobilning faol osma tizimi turli yo‘l sharoitlariga moslashadi.
SL 63 4MATIC+ da uni yanada ko‘rkam qiluvchi ko‘pgina funksiyalari mavjud. Misol uchun, tungi ko‘rish tizimi qorong‘ulikda harakatlanish imkonini beradi. Avtomatik to‘xtash va yashirin hududlarni nazorat qilish tizimi haydovchiga yon-atrof holatini nazorat qilishiga yordam beradi. Va albatta, faol kruiz-kontrol tizimi ham mavjud.
Kabriolet hayotning har qanday vaziyatlari uchun
SL’ning bu avlodida Mercedes kompaniyasi ikkita kichkina orqa o‘rindiqlarini o‘rnatishga qaror qildi, va qisqa safarlar, hamda bolalar uchun juda yaxshi qo‘l keladi. Yukxona bo‘linmasining hajmi 213 litr bo‘lib, ikkita qo‘l chemodani uchun sig‘imlidir. Harakatlanuvchi ost qismiga ega qo‘shimcha yuk tizimi esa hajmni 240 litrgacha oshiradi. Buyumlarni saqlash uchun ko‘pgina imkoniyatlar salon ichida ham mavjud. Shunday ekan, hayratlanarli bo‘lsa-da, SL 63 4MATIC+ sevimli oilaviy avtomobilga aylanishi ham mumkin.
Ammo birinchi galda SL 63 4MATIC+, albatta, ajoyib rodsterdir. Avtomobil undan oldingi ajdodiga nisbatan ancha “yumshoq”, va bir paytning o‘zida kundalik harakatlanish uchun yetarlicha qulay.
Mercedes-AMG SL 63 4MATIC+ asosiy xususiyatlari
- Dvigatel hajmi: 3982 sm³ (deyarli 4-litrli dvigatel)
- Dvigatel turi: V shaklli, 8-silindrli
- Dvigatel quvvati: 585 l. s., 0 dan 100 km/soat tezlikka chiqishi 3,6 soniyada
- Tashqi ko‘rinishi rangi: “Monza grey magno”
- Ichki qismi: eksklyuziv Nappa charmdan ishlangan
- Diametri 21 dyuym bo‘lgan yangi dizaynlashtirilgan ko‘p kegayli diskalar
- 360 darajani qamrovchi kamera
- 3D burmistr
Taqdim etilgan eksklyuziv butlangan avtomobil O‘zbekistonda yagona bo‘lib, “MB City” rasmiy dilerlik markazida mavjud. Batafsil ma’lumot uchun: +998 78 120-77-00.