Skip to main content

Biz Alisher bilan uning mashinalari haqida gaplashib, mahalliy avtosanoatni muhokama qildik hamda Exeed LV premial krossoverini sinovdan o‘tkazdik.

Avtobloger hamda Xalqaro Vestminster universitetida kurs direktori Alisher Ismailov avtomobillarga bo‘lgan ehtiros unda bolaligidan shakllanganini tan oladi. Bo‘lajak sharhlovchi o‘sha paytdanoq turli transport vositalarini o‘rganish va taqqoslashni xush ko‘rgan.

“Neksiya”dan “Malibu”gacha

Mening birinchi avtomobilim, chamamda, O‘zbekistonda eng keng tarqalgan sedan – “Neksiya” bo‘lgan. Hozirgidek yodimda, havo rangdagi Nexia 2. Menga, ayniqsa avtoxizmat ko‘rsatish joylarida (u yerga ko‘p qatnashga to‘g‘ri kelgan) ko‘plab hissiyotlarni taqdim etgan ajoyib mashina. Bu o‘sha paytda yangi hisoblangan va o‘ta muammoli bo‘lib chiqqan 1,6 litrli dvigatelga ega mashina edi. Biroq, men yosh yigit sifatida ko‘proq quvvat va shiddatni istardim. Keyinchalik o‘zimga tanish SONC emas, yangi DONC modelini tanlaganimdan afsuslanganman. Natijada o‘z pullarim evaziga boshqa ajoyib mashina – Lacceti’ga o‘tishga qaror qilganman. Unda yurganimdan keyin nima sababdan mamlakatimizda Gentra haligacha keng tarqalganini tushuna boshladim. So‘ngra birinchi Chevrolet Malibu va to‘rtinchi Captiva bo‘lgan. Hozir Malibu Premier’da yuraman.

Aytgandek, Malibu Premier keyinchalik chip-tyuning qilindi va “raketaga” aylandi. Biroq, hozir shaharda, ayniqsa bizdagi tirbandliklar bilan “raketalar” mutlaqo keraksizligini tushunaman. Bundan tashqari, men yo‘l harakati qoidalariga rioya etish tarafdoriman. Lekin, o‘shanda avtomobildan qandaydir yangi hissiyotlar tuyishni istardim.

Katta odam uchun katta mashina, 7auto.uz

Chet el rusumimi yoki o‘zimizniki

Men avtomobillarni chet elniki va mahalliylarga ajratmayman. Axir hozir ko‘plab brendlar o‘z mashinalarini mamlakatimizda yig‘adi. Shunday ekan, biz ularni odatiy tarzda chet el mashinasi deya olmaymiz.

Bundan tashqari, menda O‘zbekistonda yig‘ilgan avtomobillarga nisbatan, xususan ularning yig‘ilishi sifatiga shubhali munosabat mavjud emas. Chunki men mahalliy zavodlarda ishlaydigan va bu loyihalar bilan shug‘ullanadigan odamlarni taniyman. Ko‘pincha bosh ofislardan bizning korxonalarga tekshiruv bilan kelgan delegatsiyalar bu yerda ishlab chiqarishni qanday yo‘lga qo‘yganimiz, sifat standartlari bo‘yicha xalqaro darajani ba’zida brendning o‘z vatanidagidan yaxshiroq saqlab turishimizga qoyil qoladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda brendlar o‘rtasidagi raqobat tufayli mutlaqo har bir ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi avtomobilini bir marta xarid qilgan odam yana shu brendga qaytib kelishi uchun eng yuqori standartlarga mos bo‘lishni istaydi.

Kontent izidan

“Kaptiva” minib yurgan paytlarim men bilan bir voqea sodir bo‘lgan. Ish dekabr oyida yuz bergan. Men tanishlarimdan Chilonzorning 24-dahasida rekonstruksiya jarayonidagi park borligini va unda eski jangovar qiruvchi turganini eshitganman. Ijtimoiy tarmoqlar uchun qiziqarli suratlar olish uchun o‘sha yerga yo‘l olganman. Bu joyni bir amallab topib borganman. U yerda qurilish ishlari ketayotgan bo‘lsa-da, hudud ochiq edi. Mashinani qo‘yib, yaxshi suratlar olganman. Ana – endi mening “Instagramim” layk va fikrlarga to‘ladi, deb o‘ylaganman.

Va… u yerdan chiqib keta olmasligimni tushunib qolganman. Ma’lum bo‘lishicha, samolyot turgan tuproq – qandaydir yopishqoq loy bo‘lib, mening avtomobilim shunchaki unga cho‘ka boshlagan. Biroq, men bunday vaziyatlardan qanday harakat qilish kerakligini biladigan odamlardanman. G‘ildiraklar ostiga bir nimalarni qo‘ydim, ohista yurgizdim, yuqori uzatishdan foydalandim va h.k. Natijada “bo‘ynimgacha” botib qoldim: butun mashina loy bilan qoplangan edi.

Katta odam uchun katta mashina, 7auto.uz

Hayriyatki, yaxshi odamlar kelib, menga yordam berishga harakat qilganlar. So‘ngra tros ulangan avtomobilni topib, meni chiqarib olganlar. Bularning hammasiga uch soatdan ortiq vaqt ketgan, mashinani esa kimyoviy tozalashga berishimga to‘g‘ri kelgan.

Shunday keyin tushundim: kontent izidan borganda har qanday voqea yuz berishi mumkin hamda yo‘ldan tashqari sarguzashtlarga intilmaslik uchun krossoverni sedanga alishtirgan ma’qul bo‘lsa kerak. Axir aytishadi-ku: “yo‘ltanlamas qancha yaxshi bo‘lsa, traktor izlab shuncha uzoqqa borish kerak”. Mana shunaqa voqea.

Nimani tanlagan ma’qul

Shaxsan menga katta avtomobillar yoqadi. Men to‘xtash joylari ba’zida muammo bo‘lishini tan olgan holda, yoqilg‘i quyish joyiga VIP-ruxsatnomani sotib olishga tayyorman, ammo katta avtomobilda o‘zimni qulayroq his qilaman. Ehtimol, o‘zim ham katta odam bo‘lganim uchundir – bo‘yimga ham, enimga ham (kuladi).

Umuman olganda, har kim avtomobilni o‘z talablaridan kelib chiqqan holda tanlashi kerak. Agar siz aksariyat hollarda ko‘p sonli odamlarni olib yuradigan bo‘lsangiz, tabiiyki, yetti o‘rinli “yo‘ltanlamas” – masalan, Exeed VX modeliga e’tibor qaratishingiz zarur. Lekin, agar siz to‘xtatish qulay bo‘lgan, xaridlar yoki shahar tashqarisiga chiqish uchun mos zamonaviy mashinaga ega bo‘lishni istasangiz bugun biz sinovdan o‘tkazayotgan ixcham Exeed LX modelini tanlang.

Katta odam uchun katta mashina, 7auto.uz

Exeed bilan tanishuv

Men Exeed bilan yaqindan O‘zbekistondagi rasmiy taqdimot chog‘ida tanishdim. Va menda bu avtomobillar borasida yetarlicha ijobiy taassurot shakllandi, deb aytishim mumkin. Brend ancha yosh bo‘lishiga qaramay, unda juda to‘g‘ri falsafa namoyon bo‘lmoqda. Avtomobillar premial toifaga mansub sifatida taqdim etilmoqda hamda material va dizayn sifatidan tortib turli opsiyalargacha tegishli xususiyatlar yaxshigina seziladi. Menimcha, ishonchlilik ham munosib o‘rinda bo‘lishi kerak.

Katta odam uchun katta mashina, 7auto.uz

Zamonaviy va shinam

Yuqorida aytib o‘tilganidek, Exeed brendining o‘zi – nisbatan yangi bo‘lib, Xitoyning Chery ishlab chiqaruvchisiga tegishli. SUV segmenti premial avtomobillarining ishlab chiqarilishi 2019-yilda boshlangan.

LX Premium modeli haqida gapiradigan bo‘lsak, bu Chery krossoverlari qatoridagi eng ixcham krossover, ammo o‘ziga xos takrorlanmas uslubiga ega. Tashqaridan avto sportchasiga shiddatli ko‘rinishga ega. Bunga ko‘p jihatdan pastga ko‘chirilgan katta radiator panjarasi va burilish dinamik ko‘rsatkichlariga ega lochin qanoti shaklidagi old LED-chiroqlar hissa qo‘shgan. Orqa chiroqlar bitta yorug‘lik diodli chiziqqa birlashtirilgan.

Ko‘rinishni sport tormoz supportlariga ega 19 dyuymli quyma disklar to‘ldirib turadi. Yana bir munosib jihat – maydoni 1 m2 bo‘lgan manzarali tom.

Shuningdek, AppleCar Play va Android Auto tomonidan quvvatlanadigan ikkilangan displey (har biri 12,3 dyuymdan) darhol ko‘zga tashlanadi – bunday yechim Mercedes-Benz avtomobillarida qo‘llaniladi.

Elektr kuchaytirgichli rul chambaragi xuddi haydovchi o‘rindig‘i singari barcha tomonlardan sozlanadi, shu bois har qanday LX egasi ularni muammosiz o‘ziga moslashtirib olishi mumkin. Bundan tashqari, haydovchi o‘rindig‘i bir nechta odam sozlamalarini eslab qolishi mumkin. Chamasi, o‘rindiq anatomik xususiyatga ega – unda o‘tirish juda qulay. Rul charm bilan qoplangan va tutish yoqimli. Unda garnitura va ovozli yordamchini boshqarish tugmalarini topasiz. Aytgandek, ovozli buyruqlar yordamida ko‘plab funksiyalar, masalan iqlim-nazorati yoki ustki lyukni boshqarish mumkin.

Katta odam uchun katta mashina, 7auto.uz

Yana bir ijobiy xususiyat – o‘rnatilgan qayd etish moslamasining mavjudligi bo‘lib, LX avtomobilining yangi egasiga bu devaysni alohida sotib olishiga to‘g‘ri kelmaydi. Markaziy tunnelda smartfon uchun induksion quvvatlash moslamasi mavjud – bugungi kunda o‘ta foydali buyum.

O‘chirib yoqish richagi o‘rniga mashinada elektr selektor joylashgan, uning ortida esa Autohold funksiyasiga ega elektr to‘xtash o‘chirgichi mavjud.

1,5 litrli turbodvigatelimizni ishga tushiramiz. LX modelida bu jarayon, xuddi avto va bagajnikni ochish kabi kalitsiz amalga oshiriladi. Mazkur avtomobilda dvigatel kuchaytirilgan shovqin izolyatsiyasi bilan jihozlanganligi sababli, u deyarli eshitilmaydi. Shu o‘rinda, bu avtomobilda ikkita harakatlanish rejimi mavjud – Eco va Sport. Birinchisida turbomotorning barcha salohiyatini bilib olasiz:u shahar ichida xotirjam yurish uchun mo‘ljallangan. Muvofiq ravishda, ikkinchi rejim – butunlay aksi, unda mashina gaz pedaliga nisbatan shiddatli munosabat bildiradi va ancha tezlashadi.

Xullas, Exeed LX modelini qisqacha ta’riflaydigan bo‘lsak, uni zamonaviy va shinam, deb atashim mumkin. Unda haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligi oshiruvchi premial opsiyalar to‘plami ham mavjud. Shu tariqa, bo‘yim pastroq va avtomobilsiz bo‘lganimda, aynan shu modelni xarid qilish haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim.