Skip to main content

Yarim yil oldin EXEED harid qilgan oddiy avto ixlosmand o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi

Biz uchun avtomobillar haqidagi sharhlarni nafaqat mutaxassislardan, balki har kuni ishga qatnovchi, farzandlarini maktabga eltuvchi, dam olish kunlari esa oila a’zolari bilan tog‘larga chiquvchi oddiy insonlardan ham eshitish qiziq. Mazkur sonda Jet Infosystems CA kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri – Igor Zabelinskiy o‘zining qizil rangli EXEED avtomobilidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

AJRALIB TURUVCHI USLUB, 7auto.uz

— Sentabr oyi oxirlarida EXEED harid qildim. U bir yildan salkam yoki salko‘p oldin paydo bo‘ldi – shunday ekan, uni deyarli yangi deyish mumkin.

Bu hisob bo‘yicha mening ikkinchi, yangiligi bo‘yicha birinchi avtomobilimdir. 2015-yilda men 20 ming kilometr masofa bosib o‘tgan Cobalt avtomobilini sotib olgan edim. Uni tanishlarimdan yaxshi holatda olgandim, biroq baribir yangi emasdi. Menga esa aslida, haydashni o‘rganishim uchun aynan shunaqasi kerak edi.

AJRALIB TURUVCHI USLUB, 7auto.uz

Vaqt o‘tib salondan yangi mashina harid qilish – unga qandaydir sozlamalar o‘rnatish, unga g‘amxo‘rlik qilish istagi tug‘ildi. Axir avtomobil tyuningi uchun behisob mablag‘ sarflash mumkin.  Cobalt’ni sotdim, biroq yangi avtomobil sotib olishga shoshilmadim. Taxminan yarim yilcha qandaydir eyforiyada yurgandek bo‘ldim, axir mashinani qo‘yish uchun joy qidirish, benzin, texnik xizmatdan o‘tkazish haqida bosh qotirish kerak emasdi.

Ammo keyinchalik Toshkentda avtomobil juda kerakli ekanligini tushuna boshladim. Endi meni sedan emas, kattaroq avtomobillar qiziqtira boshladi. Axir men endi katta yoshdagi “amakiman”, o‘zimga yarasha obro‘yim bor, mashina ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. Xitoy avtomobillari mavzusiga qiziqa boshladim. Bunday kelajak mashinalariga qarab turib, hayratda qolasiz. 

Men turli variantlarni ko‘rib chiqdim. Misol uchun, Renault Arkana’ni sinab ko‘rdim. Ammo rulga o‘tirishim bilanoq, boshim shiftga tekganini his qildim va o‘yladim: yo‘q, bu mashina menga to‘g‘ri kelmaydi.

Birinchi to‘lov uchun mablag‘ni to‘plaganimdan so‘ng oldimda ikki mashina EXEED va BYD Song Plus’dan birini tanlash turgandi. Sharhlar bilan tanishdim, ko‘p video-tavsiflarni ko‘rdim. Va nihoyat, EXEED’da to‘xtaldim.

AJRALIB TURUVCHI USLUB, 7auto.uz

Nima uchun? Turli sabablarga ko‘ra. Hozir sizga kulgili gap aytaman: men uni aynan qizil rangi uchun sotib oldim. Men butun umr O‘zbekistonda yashadim, va bizga odat bo‘lib qolgan oq va qora avtomobillardan ko‘ra qandaydir yorqinroq rang yoqardi. Bunga qo‘shimcha ravishda men o‘zim qiziqqon va yorqin insoniman. Bundan tashqari, EXEED’ning qulay tomoni bor edi, ya’ni, bugun to‘lov qilasiz, ertaga rasmiylashtirasiz, keyingi kun mashinani olib ketasiz. Shunday qilib, men uni tanladim.

AJRALIB TURUVCHI USLUB, 7auto.uz

Oilamizda uch kishimiz: men, turmush o‘rtog‘im va besh yoshli qizim. Oilaviy avtomobil sifatida EXEED shahar uchun juda mos. U boshqaruvda o‘ng‘aysiz juda katta mashina ham emas, biroq kichkina ham emas – hammaga joy yetadi. Sig‘imli yukxona bo‘lmasiga ega. Bir necha bor tog‘larga chiqdik – barcha o‘zini qulay his qildi. Yaxshi yuradi, dinamikasi yaxshi. Og‘maydi, siltamaydi, hamma yerdan yaxshi o‘tadi. Bu normal shahar yo‘llari uchun yaratilgan shahar krossoveri bo‘lsa-da, ravon bo‘lmagan sharoitli yo‘llarda ham shikoyatlar umuman yo‘q!  

Aytgancha, qishki paket borligi juda mamnun qiladi: biz Rossiyada yashamasakda, yilning sovuq mavsumida rul va o‘rindiqning isitish tizimiz borligi juda foydali.

AJRALIB TURUVCHI USLUB, 7auto.uz

Dastlabki vaqt meni barcha narsa – yashirin hududlarni nazorat qilish, va yukxonani elektr uzatma orqali boshqarilishi hayratga solardi. Menga yoqadigan eng foydali funksiyalaridan biri – bu kalitsiz ochish xususiyati. Ya’ni, men o‘t oldirish kalitini shunchaki cho‘ntagimga solib qo‘yaman, va mashinaga yaqinlashgan onimda u o‘zi ochiladi. Uzoqlashsam – o‘zi qulflanadi. Bu xususiyat ayniqsa, bozordan qo‘lingiz to‘la sumkalar bilan chiqqanda juda qulay. Xuddi shu kabi yukxona ham: yaqinlashasiz, mashina sizni taniydi, va bir metr orqaga yursangiz eshigi ochiladi.

AJRALIB TURUVCHI USLUB, 7auto.uz

Yana o‘rindiqlar va rulni isitish tizimiga to‘xtalsak. Esimda bor, KPMG kechki soat o‘n birlargacha ushlanib qolardim, mashinaga o‘tirgach uni isitishdan ma’no yo‘qligini, uyimgacha bo‘lgan 5-6 kilometr masofada u baribir isishga ulgurmasligini tushunardim. Kurtka va qo‘lqopni yechmay harakatlanishga to‘g‘ri keladi. Men esa mashinada qalin ustki kiyimda o‘tirishni umuman yoqtirmayman.

AJRALIB TURUVCHI USLUB, 7auto.uz

Bir so‘z bilan aytganda, tizimga Android Auto ulamagunimcha mashinaga nisbatan hech qanday shikoyatim yo‘q. Bosh qurilmani qayta sozlashni rejalashtiryapman. Bundan tashqari, savdo nuqtalaridagi servis va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha menda bir nechta savollar paydo bo‘ldi, axir mening faoliyatim ham marketing va savdo bilan bog‘liq. Men allaqachon EXEED vakillari bilan gaplashdim, va ular mening takliflarimni ko‘rib chiqishga va’da berishdi. Qayta aloqa mexanizmi ishlayotgani quvonarli.   

Meni telefonning joylashuvi qoniqtirmaydi – harakatlanib ketayotganda uni olish va qo‘yish oson bo‘lmaydi. Biroq Xitoy avtomobillaridagi menga yoqadigan tomoni – ular ajoyib restaylinglar qilishadi. Aynan shu EXEED misolida aytadigan bo‘lsak, restaylingdan oldingi va keyingi holatida juda katta o‘zgarishlar bor, shu jumladan, telefon uchun joyni ham qayta ishlashgan! Restayling bo‘lgan EXEED bizgacha ham yetib kelishiga umid qilib qolamiz. Yana kompaniya vakillari bu yil gibrid avtomobillarni sotish rejasi borligi haqida menga xabar qilishdi. Bu ham tahsinga loyiq!

EXEED LX

AJRALIB TURUVCHI USLUB, 7auto.uz

Quvvati: 147 ot kuchi

Yo‘l yoritish masofasi: 185 mm

100 km ga yonilg‘i sarfi: 6,6 l dan

Old va to‘liq g‘ildirakli tortish opsiyasiga ega EXEED LX yo‘ltanlamasi nafaqat 12,3-dyuymli yuqori aniqlikdagi ikkita displeyga ega raqamli kokpit bilan, balki isitiladigan rul, barcha o‘rindiqlar va old oynalar, shuningdek, dvigatelni masofadan ishga tushirish funksiyasi borligi bilan maqtana oladi. 

Zamonaviy 19-dyuymli ikki hil rangdagi quyma diskalar va qizil tormoz supportlari mashinaga sport uslubini baxsh etib turadi.

Yo‘ltanlamas balandlikka sozlanuvchi yorug‘lik oqimiga ega LED faralar bilan jihozlangan. 

Panoramali tomi kenglik va yorug‘lik hissini beradi. Shishali qismi 1 kv.m ni tashkil qiladi. Tom pardasi salon ichi qizib ketishi va qorong‘ulashishidan himoya qiladi. 

Avtomatik sozlanishi va bir nechta haydovchilar uchun xotira funksiyasiga ega anatomik old o‘rindiqlar bir zumda optimal o‘tirish holatini tanlash imkonini beradi.

Yukxonani kalitsiz va kontaktsiz ochish qulaylikni oshiradi: uni ochish uchun qo‘llaringizni bo‘shatishning hojati yo‘q.

Ikki hududli iqlim nazorati avtomobil salonini o‘ziga xos kislorodli barga aylantiradigan ekologik toza qulay makon yaratadi. 

Iqlim nazorati ekrani iqlim va isitish elementlariga kirishni ta’minlaydi, orqa deflektorlari esa ikkinchi qator uchun yoqimli muhit yaratadi.

AJRALIB TURUVCHI USLUB, 7auto.uz

LX ko‘plab faol va passiv xavfsizlik tizimlariga ega:

  • mustahkamlangan karkasli yuqori quvvatli korpus;
  • 6 ta xavfsizlik yostiqchasi;
  • ESP Bosch 9,3 + TMPS;
  • ADAS faol xavfsizlik tizimlari;
  • 360° har tomonlama ko‘rish tizimi;
  • tushishga yordam berish tizimi;
  • yomgir va yoruglik datchiklari;
  • Follow-Me-Home tizimi.

BSD yashirin hududlarni nazorat qilish tizimi

Haydashda, to‘xtashda yoki eshiklarni ochganda, tizim yashirin hududlardagi transport holatini kuzatib boradi. Agar nishon yashirin hududga kirsa, chap yoki o‘ng oynada real vaqt rejimida signal eshitiladi.

AJRALIB TURUVCHI USLUB, 7auto.uz

LCA harakatlanish yo‘laklari almashinuvi tizimi

U BSD tizimiga o‘xshash, lekin uzoqroq masofada va soatiga 60 km dan yuqori tezlikda ishlaydi. U qo‘shni yo‘lakda sizning mashinangizga orqadan tezlik bilan yaqinlashayotgan transport vositalarini aniqlaydi va belgilangan parametrlarga muvofiq ogohlantirish beradi.

Orqa yo‘l harakati haqida ogohlantirish tizimi

Tizim avtomobil orqaga harakatlanayotganda faollashadi. Agar boshqa transport vositasi avtomobil orqasiga o‘ng yoki chap tomondan ko‘ndalang yaqinlashsa va signal berish shartlari bajarilsa, tashqi oynadagi indikator miltillay boshlaydi va AVM monitor ekranida haydovchini to‘qnashuv xavfi haqida ogohlantiruvchi harakatlanuvchi strelka paydo bo‘ladi.

Batafsil ma’lumotlar exeed.uz saytida