Avtomobil yangi dizaynga ega bo‘ladi, ammo radiator panjarasidagi kiyik siymosi saqlanib qoladi
Sanoat va savdo vazirligi rahbari qayta tiklanayotgan “Volga” loyihasi haqidagi birinchi rasmiy xabarni e’lon qildi. Maktubda aytilishicha, mashinada kompaniyaning kiyik logotipi saqlanib qoladi.
Ushbu qaror [Volgani qayta tiklash to‘g‘risida] e’lon qilingandan beri, ya’ni 2023-yil may oyidan boshlab ish to‘xtovsiz davom etmoqda. Shuning uchun biz yil o‘rtalarida [2024-yil] ular [Nijniy Novgorod avtomobil klasteri] ushbu mashinani ishlab chiqarishni boshlashlari kerakligidan kelib chiqamiz. Bilasizmi, u butunlay zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Logotipi esa butun dunyoda aynan kiyik siymosi bilan tanilgan”, — dedi Denis Manturov.
Shuningdek, u yangi avtomobilning radiator panjarasi Sovet “Volga”sining radiator panjarasiga o‘xshash bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, brend 1956-yilda asos solingan va hatto SSSR parchalanishidan omon qolgan, ammo 2010-yilda “GAZ Guruhi” zavodi faqat tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga e’tibor qaratgan.