Skip to main content

Sanjar Usmonov bilan birgalikda EXEED ning qaysi modeli sizga ko‘proq to‘g‘ri kelishini ko‘rib chiqamiz

Biz avtomobil haqida gapirilganda asosan uning texnik xususiyatlariga ko‘proq urg‘u berishga o‘rganib qolganmiz, misol uchun, ot kuchi, 100 km/soat tezlikka chiqa olishi va boshqalar. Ammo aksariyatimiz aslida bu xususiyatlarning barchasidan foydalanmaymiz. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, erkaklarga, so‘zsiz, sport avtomobillari doim qiziq bo‘lgan, shu bilan birga shahar tashqarisida yuqori tezlikda harakatlanish ham yoqadi. Lekin shunday oilalar borki, ular uchun avtomobil faqatgina “kattalar o‘yinchog‘i” emas, balki oilaning ajralmas qismi hamdir. Bu yerda esa birinchi darajaga boshqa sifatlar qo‘yiladi.

Aynan shu pozitsiyadan biz uchta EXEED modelini ko‘rib chiqishga qaror qildik — ular orasidagi farqni iste’molchilarning o‘zlari o‘z nuqtai nazaridan topishlari mumkin. Bundan tashqari, iste’molchilar nafaqat avtomobillarni yaxshi ko‘radigan erkaklar, balki oilalar hamdir, va biz hamma haqida o‘ylashimiz zarur. Yordam uchun biz tadbirkor, oilaparvar va avtomobillar kolleksionerini bir shaxsda birlashtirgan Sanjar Usmonovga murojaat qildik.

OILAVIY AVTOPARKNI OPTIMALLASHTIRISH, 7auto.uz


— Mening fikrimcha, eng avvalo siz avtomobillarni nima uchun, nima maqsadda sotib olishingiz haqida gaplashamiz. Keling, shunchaki “miqdorni bo‘yicha” emas, balki masalaga oqilona yondashgan holda avtoparkingizni haqiqiy optimallashtirishni amalga oshiramiz.

Har bir erkak o‘z avtoparkida sedan bilan birgalikda katta SUV ga ham ega bo‘lishni istaydi. Agar ikkinchi mashinani otalar uchun asosiy mashina deb qaraydigan bo‘lsak, kompaniya bizga EXEED VX variantini taklif qiladi. Albatta, men oilangizda allaqachon sedan mavjud, biroq siz ikkinchi mashinadan ham maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan aytyapman. Misol uchun, vakillik xizmat mashinasi yoki katta oila uchun avtomobil sifatida. Barcha oila – bolalar, amaki-tog‘ayu, amma-xolalar, hamda bobo va buvilar jamul-jam bo‘lgan vaqtlarda istirohat bog‘lari yoki shahar tashqarisiga chiqishni xotirjam amalga oshirsa bo‘ladi.

EXEED VX yettita yo‘lovchiga mo‘ljallangan, ammo shu bilan birga uning gabaritidan tashvishlanmasa ham bo‘ladi, chunki shaharning tor yo‘llarida harakatlanishi uchun uch o‘lchovli tasvirni modellashtirish funktsiyasi bilan har tomonlama ko‘rish tizimi yordamga keladi. Bundan tashqari, ikkinchi qatordagi o‘rindiqlarning haroratni sozlash imkonini beruvchi o‘z iqlim nazorati bo‘limi mavjud, va bu bilan bolalar harakatlanish vaqtida dadalarini chalg‘itmasligiga yordam beradi.

Keling endi yana bir variantni ko‘rib chiqamiz: oila boshlig‘ining o‘z sedani bor, misol uchun bu Malibu, va biz ikkinchi avtomobilni turmush o‘rtog‘imiz uchun olib bermoqchimiz. Agar kichikroq avtomobil qidirsak, LX yoki TXL modellari ayolimiz uchun ayni muddao. Ushbu modellar bir muncha ixchamroq va narxi ham hamyonbop.

Nima uchun men bunday avtomobillar turmush o‘rtog‘ingiz uchun juda mos deb hisoblayman? Ushbu avtoning yaratuvchilari uning ko‘rinishi ustida juda yaxshi ishlashgan: hatto eng arzon EXEED LX ham narxidan ham yaxshiroq ko‘rinadi. “Katta akalari” singari u standart ravishda LED optikasi, korpusdagi ko‘plab shtamplar bilan jihozlangan va panoramali tom ham barcha to‘plamlarda mavjud.

Agar siz oilangiz bilan tez-tez bog‘larga, jumladan, sport anjomlari bilan borib turadigan bo‘lsangiz, u holda sizga ko‘proq EXEED TXL mos keladi, chunki u arzon modellar orasida eng keng yukxonaga ega – 461 litr, va hatto 1000 litrgacha sig‘imga ham yetishi mumkin. Beshinchi eshik esa ko‘tarilish balandligini sozlash imkonini beruvchi elektr uzatma bilan jihozlangan.

Shuni aytib o‘tish kerakki, bir qancha nomdor rusumlar bunday jihozlashni qo‘shimcha to‘lov evaziga amalga oshirishadi, bu yerda esa eng arzon EXEED ham a’lo darajada jihozlangan. Yaratuvchilar hatto turli isitish tizimlari uchun ham ziqnalik qilishmagan, bu bilan ko‘pgina raqobatchilar maqtana olmaydi.

Avtomobilni har tomonlama aql bilan tanlang va oila budjetini foydali sarflang!

 

OILAVIY AVTOPARKNI OPTIMALLASHTIRISH, 7auto.uz

EXEED’NING UCHTA ASOSIY MODELI: VX, TXL va LX

EXEED VX yo‘ltanlamasi flagman model hisoblanadi, yorqin taassurotlar va kashfiyotlarga ilhomlantiradi, erkinlik, ishonch beradi va kundalik hayotga rang qo‘shadi. O‘zining yo‘ltanlamas imkoniyatlari – to‘liq tortuvchi g‘ildiraklari va 200 mm klirensi tufayli mashina qiyin sinovlarni osonlikcha yengishi mumkin. 249 l.s. kuchga ega dvigateli juda yaxshi harakatlanishni va dinamikani ta’minlaydi. Ikki ulovchi mexanizmga ega 7 pog‘onali “robot” sizga o‘z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi.

Brendning keyingi varianti – o‘rtacha o‘lchamli EXEED TXL yo‘ltanlamasi universallik, yuqori darajali xususiyatlar va betakror ko‘rinishni o‘zida uyg‘unlashtiradi.

Ushbu variantlar qatorini ixcham shahar krossoveri EXEED LX yakunlaydi. Bu – zamonaviy ko‘rinish, qulaylik va yuqori texnologiyalar. Uning saloni shinamligi va sokinligi, ergonomikasi, ko‘pgina funksiyalari va aqlliligi bilan farq qiladi.

Bugungi kunda Toshkentda EXEED rusumining ikkita avtosaloni ish yuritmoqda, ulardan biri flagman hisoblanadi. Istagan inson ularga tashrif buyurishi va taqdim etilgan EXEED avtomobillarining ilg‘or texnologiyalari va qulayligini baholash uchun test-drayv qilib ko‘rishi mumkin. Avtosalonning malakali xodimlari mashina tanlash va test-drayv tafsilotlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha savollar bo‘yicha maslahat berishdan doim mamnun. Bu yuqori sifatli avtomobilga baho berish uchun zo‘r imkoniyat.

OILAVIY AVTOPARKNI OPTIMALLASHTIRISH, 7auto.uz OILAVIY AVTOPARKNI OPTIMALLASHTIRISH, 7auto.uz OILAVIY AVTOPARKNI OPTIMALLASHTIRISH, 7auto.uz OILAVIY AVTOPARKNI OPTIMALLASHTIRISH, 7auto.uz

Ixcham EXEED LX. Charmdan bo‘lgan salon, raqamli boshqaruv paneli, ikki hududli iqlim nazorati, 147 l.s. kuchga ega dvigatel.

O‘rtacha o‘lchamli EXEED TXL. Funksional, yonilg‘i tejovchi va sig‘imli. 186 l.s. li kuchli dvigatel, shovqin o‘tkazmaydigan salon va maxsus aerodinamika tufayli yonilg‘i tejalishi. Bundan tashqari, avtomobilda havo tarkibida zararli moddalar me’yordan oshib ketgan vaziyatlarda ogohlantirish tizimi mavjud.

Yo‘ltanlamas EXEED VX. Yetti o‘rindiqli charm salon va 249 l.s. kuchga ega dvigatelli zamonaviy avtomobil. Mashina ilg‘or xavfsizlik tizimi texnologiyalari bilan jihozlangan, avtomat shoshilinch tormozlash tizimi, ko‘rinmas hududlarni nazorat qilish tizimi, moslashuvchi kruiz nazorati va yaqinlashayotgan avtomobildan ogohlantirish funksiyasi shular jumlasidandir.

OILAVIY AVTOPARKNI OPTIMALLASHTIRISH, 7auto.uz

OILAVIY AVTOPARKNI OPTIMALLASHTIRISH, 7auto.uz OILAVIY AVTOPARKNI OPTIMALLASHTIRISH, 7auto.uz OILAVIY AVTOPARKNI OPTIMALLASHTIRISH, 7auto.uz


Barcha tafsilotlar exeed.uz sahifasida