Skip to main content

2021-yilda yangilangan Toyota Land Cruiser 300 mashhur yapon yo‘ltanlamasining eng yaxshi anʼanalarining munosib davomchisiga aylandi. Ha, mashina bir qator o'zgarishlarga duch keldi, ammo uning asosiy afzalliklari saqlanib qolmoqda. Ehtimol, siz ham ushbu yo‘l “yirtqichini” har tomondan ko‘rib chiqishni va uni amalda sinab ko‘rishni juda kutayotgandisiz

Zamonaviy va jo‘shqin

Salobatli – bu Toyota Land Cruiser 300 3.5 V6 ko‘rganda qoldiruvchi ilk taassurot. Radiator panjarasining massiv ko‘rinishi va qisiq LED-faralar bilan hamohanglikda avtomobil ko‘rinishiga +100 ball ko‘rkamlik qo‘shadi.  Orqa bamperdagi xromlangan nakladkalar, ikkita gaz chiыaruvchi trubalari va “o‘yga tolgandek” orqa LED-yoritkichlari ko‘rinishi bahosini yanada ko‘proq oshiradi. Va nihoyat, ajralib turuvchi 20-dyuymli quyma disklarga alohida urg‘u beramiz. Umuman olganda, yangilangan yo‘ltanlamas kuzovi zamonaviy va jo‘shqin, jiddiy va sportga xos ko‘rinishga ega.

Barcha boshqa “kruzerlari” kabi bunda ham gabaritlar muhim rol o‘ynaydi: yo‘ltanlamasning uzunligi – deyarli besh metr (4965 mm), eni va balandligi – salkam ikki metr (mutanosib ravishda 1980 mm va 1950 mm). G‘ildirak asosi – 2850 mm,  yo‘l yorug‘lik chizig‘i masofasi – 235 mm. Avtomobilning jihozlangan holatidagi og‘irligi – 2485 kg (bu taxminan uchta Matiz xetchbek degani). Bir so‘z bilan aytganda, agar siz katta mashinalarni xush ko‘radigan bo‘lsangiz, unda bu qalbingizdan joy olmay qolmaydi.

KO‘RKAM LAND CRUISER 300, 7auto.uz 

Charm, alyuminiy, yog‘och

Eksteryerdan interyerga o‘tamiz. Bu yerda barchasi ulug‘vor va hurmatga sazovor, hech qanday ortiqcha va bachkana narsalar yo‘q. Salon charm, alyuminiy, yog‘och va plastikdan ishlangan, shu bilan birga bitta rang gammasi saqlangan. Uskunalar panelida ko‘pgina tugmalar joy olgan, ammo ulardan foydalanish qiyinchilik tug‘dirmaydi: interfeys barchasi tushunarli qilib ishlab chiqilgan. Panel markazida 12,3 dyuymli sensor displey o‘rnatilgan. Aytgancha, dvigatelni ishga tushirish barmoq izi bosiluvchi tugmacha orqali amalga oshiriladi (jami o‘ntagacha barmoq izini qayd etish mumkin).

Yukxona bo‘linmasining maksimal haxjmi – 2052 litr. Uni ochish yaxlit ko‘tariluvchi eshigi orqali bajariladi (elektr uzatma va kontaktsiz boshqaruv yordamida).

KO‘RKAM LAND CRUISER 300, 7auto.uz

Texnik xususiyatlari

Vizual ko‘rinish albatta muhim, biroq “kruzerlar”ni uning “ichki boy olami” uchun hurmat qilishadi. Unga chuqurroq razm solamiz.

KO‘RKAM LAND CRUISER 300, 7auto.uz

Birinchi galda, TNGA global xususiy arxitekturasining yangi GA-F platformasini ta’kidlashimiz kerak. Uning afzalliklari orasida biroz pastl tortishish markazi, o‘q bo‘ylab optimal vazn taqsimoti mavjud. Bular birgalikda yaxshilangan boshqaruv imkoniyatini beradi.

Ikkinchidan, “Toyota” muhandislari o‘z ijodlarini yengillatish uchun katta mehnat qilishgan. Bungacha bostirma panellar alyuminiydan ishlangan, kuzovning o‘zi esa yuqori mustahkamlikka ega temirdan yig‘ilgan edi.

KO‘RKAM LAND CRUISER 300, 7auto.uz

Land Cruiser 300 tortish uzatmasining turi doimiy to‘liq, Torsen turidagi markaziy differensialga va majburiy bloklash imkoniyatiga ega. Shuningdek, avto shamol aylantiruvchi diskli tormozlar bilan jihozlangan. Kombinatsiyalangan rul kuchaytirgichi kabi yangilikni ham alohida aytib o‘tishimiz kerak. G‘ildiraklar qayrilishi uchun gidravlik uzatma ishlaydi, boshqaruv vaqtida yordamchi elektr uzatma yordam beradi.

KO‘RKAM LAND CRUISER 300, 7auto.uz

Biroq, eng ahamiyatga molik bosh detallari – 10 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va turbomotor. Uzatmalar almashinuvi tez va ravon bo‘lib, o‘t olish va tezlanish dinamikasiga juda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi xususiyati haqida so‘z borsa, 415 ot kuchi quvvatiga taqsimlangan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yonilg‘i quyish, turbo zaryadlovchi va interkulerga ega 6-silindrli 3,5 litrli benzin dvigateli javob beradi. Qahramonimiz noldan yuzgacha tezlanishga 6,8 soniyada chiqadi, uning maksimal tezligi esa – 210 km/soat.

“Ozuqasi” nima?

Ishlab chiqaruvchi 110 litrli benzobakni 95-yonilg‘i bilan to‘ldirishni tavsiya beradi. Land Cruiser 300 ning ishtahasiga urg‘u bersak, shahar ichida u 16,7 litr, shahar tashqarisida esa 9,4, aralash yo‘nalishlarda 12,1 litr yonilg‘i “iste’mol qiladi”. Unchalik tejamkor emas, to‘g‘ri, ammo bunday dvijok “diyetada o‘tirolmaydi” va bu mumkin ham emas.

Butlanishlar va ularning xususiyatlari

Yangilangan “kruzer”ning bir nechta butlanishlari mavjud: Prestige, Premium va Sport. Ularning farqi nimada?

Prestige — eng yuqori darajadagisi bo‘lib, yagona yetti o‘rindiqli (qolganlari besh o‘rindiqli) va to‘liq opsiyalar to‘plami bilan jihozlangan:

  • To‘rt tomonlama iqlim nazorati;
  • Oldingi o‘rindiqlar va rul ustini elektr sozlash tizimi;
  • Oldingi va orqa o‘rindiqlar, rul aylanasi va old oynasini elektr isitish tizimi;
  • Oldingi o‘rindiqlar ventilyatsiyasi;
  • Yukxona eshigini ochish uchun elekt uzatma;
  • Tom lyuki;
  • Markaziy tirsakqo‘ygichda jihozlangan sovutkich;
  • Old va orqa to‘xtash datchigi;
  • har tomonlama ko‘rish tizimi;
  • moslashuvchan kruiz nazorati;
  • Toyota Safety Sense faol xavfsizlik tizimlari majmuasi;
  • 10 ta xavfsizlik yostiqchasi

va boshqalar.

KO‘RKAM LAND CRUISER 300, 7auto.uzKO‘RKAM LAND CRUISER 300, 7auto.uz

Ikkinchi darajadagi Premium dinamik orqa burilish signallari, korpus rangidagi old va orqa bamperlardagi aerodinamik qoplamalar bilan jihozlangan. Quyidagi opsiyalardan iborat:

  • dekorativ qo‘shimchali rul;
  • AVS moslashuvchan ilgak;
  • kontaktsiz boshqariladigan yuk eshigi;
  • orqa ko‘rinish kamerasi yuvish vositasi;
  • proyeksiyali displey.

KO‘RKAM LAND CRUISER 300, 7auto.uz KO‘RKAM LAND CRUISER 300, 7auto.uz KO‘RKAM LAND CRUISER 300, 7auto.uz

Yana bir butlanishdagi GR Sport tashqi ko‘rinishi kuzovdagi eshik tutqichlari, bamper, oynalarining chetlari, 18-dyuymli quyma disklar, radiator panjarasi, g‘ildirak arkalaridagi bezaklarda bir nechta qora dekor elementlari bilan farqlanadi. Shu bilan birga, ushbu versiyaning o‘ziga xos xususiyati old va orqa ko‘ndalang o‘q differensiallarini bloklash va E-KDSS tizimining mavjudligi. So‘nggi qayd etganimiz old va orqa ko‘ndalang chidamlilik stabilizatorlarini va kuzovning nishablik qarshiligini avtomat tarzda sozlash imkonini beradi.