O‘tgan uch yil davomida Xitoyning Geely konsernining Zeekr nomi ostidagi premium subbrendi nafaqat Yevropa va Osiyoning avtomobil bozorlariga tez sur’atlarda kirib borishga, balki yuz minglab odamlarning qalbini zabt etishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Tesla “elektrichka”larining gegemonligiga chek qo‘ygan holda, “Buyuk Xitoy”da chiqqan yangi mahsulot sotuvlar bo‘yicha o‘z sinfidagi yetakchilar bilan farqni tez yopmoqda va geografiyasini kengaytiryapti. Biroq, Ilon Mask o‘zining dadil raqibi haqida tashvishlanishga hali erta. 7AUTOning izlanishlariga ko‘ra, Olimp cho‘qqisiga chiqish yo‘lida “yoshlar” hali ham “bolalik kasalliklari”dan xalos bo‘lishlari kerak.
Avvalo Xitoy muhandisligi dahosiga munosib baho berish kerak: Zeekr hatto eng tajribali avtoshinavandalarni ham hayratda qoldirishga qodir. Bu shunchaki elektr dvigatellari bo‘lgan navbatdagi mashina emas, balki aqldan ozdiruvchi dinamika, ilg‘or funksiyalar va hattoki beshinchi avlod qiruvchisiga hasad qiladigan radarga ega g‘ildirak ustidagi chinakam kompyuter.
Zeekr haqida gapirganda, o‘nlab qiziqarli xususiyatlarni sanab o‘tishdan ko‘ra, unda mavjud bo‘lmagan narsalarni nomma-nom sanash osonroq. Biroq, avtomobilning asosiy kuchi zamirida uning eng katta zaifligi yotadi. Har ikki xususiyatiga navbati bilan to‘xtalib o‘tamiz…
“TEMIR-TERSAKLAR” HAQIDA
O‘zbekistonda taqdimoti bo‘lgan Zeekr 001, Zeekr X va Zeekr 7X avtomobillari bir xil elektromobil platformasi SEA (Sustainable Experience Architecture) asosida yaratilgan. Avtomobilni sotib olgan kishilarda Xitoy elektromobillarining korpusi va harakatlantiruvchi mexanizmlari haqida deyarli muammolar yo‘q. 150 mikronli bo‘yoq qatlami uzoq vaqt davomida avtomobilning asl yorqinligini saqlab qoladi va zanglashga moyil bo‘lgan ehtiyot qismlarning asosidagi rux bilan qoplangan metall zang bosishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shassi og‘ir ramalar ustida yig‘ilgan: old tomonda po‘lat va orqada alyuminiy qotishmasi bilan qoplangan. O‘qlar orasiga mustahkam metall korpusga o‘ralgan 500 kilogrammlik ulkan tortuvchi kuchni beruvchi batareyasi bekitilgan. Pnevmaballonlarining ishonchliligi, shar shaklidagi va bardoshli saylentbloklarning uzoq xizmat qilishi haqida gapirishga hali erta: chunki bu rusumdagi avtolarning eng “qadimgi”lari konveyerdan chiqib ketganiga atigi uch yilgina bo‘ldi — sohiblari hali uning resurslaridan to‘laqonli foylanishga ulgurishmadi.
Doimiy magnitli sinxron elektr motorlar haqida deyarli hech qanday muammo yo‘q. Ular telbalarcha 16 500 aylanish tezligigacha aylanma harakat qiladi va pastlatuvchi reduktorlar va invertorlar bilan birga yig‘iladi. Ikkinchisiga esa keyinroq qaytamiz, “temir-tersaklar”ga sayohatni tormozlar bilan yakunlaymiz, bunda sport liftbeki va ikkita krossoverni yaratuvchilari ham nazarimizdan chetda qolmagan. Avtomobillarning asos kompleklari deyarli yuz yildan beri prokladkalar va tegishli mahsulotlar ishlab chiqaradigan Yaponiyaning Akebono kompaniyasining to‘rt porshenli kalibrlari bilan jihozlangan.
ZAIF TOMONI
“Xitoy Tesla”sining birlamchi muammolari odatda ko‘plab tizimlarning har biri va hatto (!) eshik qulflari bilan jihozlangan ko‘plab elektron boshqaruv bloklarida paydo bo‘ladi. Elektron boshqaruv blokining haddan tashqari to‘yinganligi va yetarli darajada himoyalanmaganligi birinchi ming kilometrni bosib o‘tgandanoq buzilib qolishi bilan egasini “xursand qilishi” mumkin.
Yuqori bosimli avtomobil yuvish joylariga borgandan keyin atrofni har tomonlama ko‘rsatuvchi kameralarning ishlamay qolishi narxi deyarli 700 million so‘m bo‘lgan elektromobil uchun (Zeekr 001 flagmani misolida) odatiy hol. Ustiga ustak, avtomolning yaratuvchilari muammodan xabardor, lekin uni sinchkovlik bilan hal qilish o‘rniga, bort kompyuterida maxsus “avtomobilni yuvish rejimi”ni o‘rnatishdi, bu esa yuvish paytida eng zaif ehtiyot qismilarni quvvatdan mahrum qiladi.
Avtomobil ishlab chiqarilgan yiliga qarab kapot ostida yoki orqa o‘rindiq ostida o‘rnatiladigan 12 voltli bort batareyasidan shikoyatlar tez-tez uchrab turadi. Mashina uzoq vaqt davomida yoqilmay turib qolsa yoki energiya iste’molchilaridan biri, masalan, havo yutuvchi qabul qilgich tufayli o‘rindiqlarni havo bilan to‘ldirish tizimi buzilgan taqdirda, batareya o‘tirishi mumkin.
Agar bu holatda boshqa biron bir avtomashinaning egasi mashinani kalit bilan osongina ochib, batareyani almashtirsa/quvvatlantirsa, Zeekrda buning uchun siz ancha ish qilishingizga to‘g‘ri keladi. Harakatlar ketma-ketligi quyidagicha: old bamperdagi tiqinni chiqarib olish lozim, u yerda elektr kontaktlari topiladi, ularga tashqi manbadan 12 V kuchlanish qo‘llanadi, kalit-kartani eshikka qo‘yilib, mashinani ochiladi. Tajribali, kuchaytirgichi yoki ikkinchi mashinasi bo‘lgan avtomobil egalari bu jarayonni, ammo ayollar uchun bu oson bo‘lmaydi.
Deyarli har qanday elektron boshqaruv bloki (EBB) vaqti-vaqti bilan ishlamay qolishi mumkin, uning o‘rniga asl bo‘lmagan ehtiyot qismlarni o‘rnatish esa ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Avvaliga qurilma to‘g‘ri ishlaydi, ammo tizimning keyingi yangilanishi uning boshqa komponentlar bilan muvozanatsizlashishiga olib kelmasligi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ko‘plab avtomobil egalari bilmagan holda yoki oddiy unutuvchanlik tufayli pnevmopodveska tizimining ishlashini sinxronizatsiya qilishdi. Zeekr holatida buni qilish qiyin emas — shunchaki shina ta’mirlatishga borish va bort kompyuterida maxsus rejimni yoqmaslik kifoya. Natijada, teshilgan g‘ildirakni ta’mirlagandan so‘ng, mashina bir tomonga qiyshayib qoladi.
ZIQNA IKKI MARTA TO‘LAYDI
Eng kam uchraydigan, ammo eng qimmatga tushadigan vaziyat — bu elektrodvigatel va u bilan bog‘liq ehtiyot qismlarining buzilishi. Dvigatellarning eng zaif nuqtasi tortish batareyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqimni o‘zgaruvchan tokka aylantiruvchi invertor hisoblanadi. Ba’zi hunarmandlar buzilgan IGBT-tranzistorlarini qayta tuzishga harakat qilishadi, ammo bunday oddiy ustaxona ishlari ko‘pga chidashni kafolatlamaydi.
“Buyuk Xitoy”ning shovqinli elektromobillarida yurishni yaxshi ko‘radiganlar yana bir ko‘ngilsizlikka duch kelishi mumkin — bu sovitish tizimining bosimi pasayishi va motorlardan birining to‘liq ishlamay qolishi. Uni almashtirish arzon emas, shuningdek, hamma ta’mirlash ustaxonalari ham bunday ishni o‘z zimmasiga olavermaydi: ta’mirlash ustasining malakasi nihoyatda yuqori bo‘lishi kerak. Bunday holatlar kamdan-kam uchraydi, albatta, lekin qachondir sodir bo‘ladi.
Zeekr sohibi bo‘lsangiz, o‘zingizni kutilmagan ko‘p million dollarlik xarajatlardan himoya qilishning yagona yo‘li bor. Buning uchun siz yangi mashinani faqat rasmiy dilerdan kafolati bilan xarid qilishingiz kerak. Mana bir nechta qiziqarli raqamlar:
- butun avtomobilga to‘rt yil yoki 100 ming kilometr yo‘l bosishiga kafolat beriladi;
- batareya, elektr uzatma tizimi, yuqori va past kuchlanishli zaryadlash tizimini yig‘ish uchun kafolat sakkiz yil yoki 200 ming kilometr;
- 12 V akkumulyator, saqlagichlar va rele uchun — yiliga, yobo‘lmasa 20 ming kilometr yo‘l bosish.
Shunday qilib, ko‘p xarajat talab qiladigan darajada buzilib qolsa, aksariyat hollarda kafolat bo‘yicha asl ehtiyot qismlar yordamida va egasiga hech qanday xarajat yuklamasdan ta’mirlab beriladi. Bu nufuzi past importdan olingan har qanday tejashdan ko‘p marta foydalidir.
XULOSA
Zeekr elektromobillarining kelajagi porloq ekanligiga shubha yo‘q. Xitoylik muhandislarni kamchiliklari uchun qattiq qoralashga hojat qokmagai yo‘q. Yosh subbrend oliy ligada yetakchilikni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va bunday innovasion va texnologik mahsulotlarning zaif tomonlarini faqat ommaviy foydalanish orqali aniqlash mumkin. Har qanday avtomobil ishlab chiqaruvchisi singari, Zeekr yaratuvchilari ham Yevroosiyo bo‘ylab yuzlab dilerlik markazlaridan nosozliklar bo‘yicha statistikani to‘playdi va har bir yangi restayling bilan ularning “bolalik kasalliklari”ni muvaffaqiyatli davolashadi.