Krossoverlarga bo‘lgan qiziqish ko‘pchilikni shahar muhiti uchun qulay sedan avtomobili mavjudligi haqida unutishga majbur qildi. Bundan tashqari, mahalliy ishlab chiqaruvchi iste’molchiga Cobalt, Gentra va Nexia 3 modellarini taklif qilgan holda, o‘rta toifa sedanlari segmentida modellar qatorini uzoq vaqt yangilamadi. Hozir bozorga chiqayotgan Chevrolet Onix Redline tashqi qiyofasi bilanoq ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Biz bu qanday yangi “mahluq” ekanligini bilishga qaror qildik.
TASHQI KO‘RINISH
Onix Redline modelining dadil dizayni qoyil qoldiradi. Uning kuzovi xuddi toshdan, go‘yoki o‘zi nomlangan o‘sha toshning o‘zidan o‘yib ishlanganga o‘xshaydi. Aytgandek, modelning nomi uning bezagida ham aks etadi: yon oynalar, radiator panjarasi va 16 dyuymli quyma disklarda qizil hoshiyalar mavjud. Shuningdek, old LED-faralari va orqadagi o‘qsimon yurish chiroqlari ham uning qiyofasiga tajovuzkorlik bag‘ishlaydi. Shu o‘rinda bir oz to‘xtalib o‘tsak.
Bu mashinada yoritish avtomatik tarzda sozlanadi va bu boshqaruv vaqtida qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Bundan tashqari, Follow Me Home (bosh chiroqni kechikish bilan o‘chirish) qiziqarli opsiyasi ham mavjud. U quyidagicha ishlaydi: siz avtodan chiqasiz, signalizatsiyani yoqasiz, faralar esa yana 30 soniya davomida yo‘lingizni yoritishda davom etadi, so‘ngra o‘zi o‘chadi.
Hajmlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bunda ham barchasi ancha maqbul darajada: uzunligi – 4474 mm, kengligi – 1746 mm, balandligi – 1471 mm, g‘ildiraklar bazasi – 2600 mm. Bagaj bo‘lmasi hajmi ancha sig‘imli – 469 litr, shu bois unga bir juft chemodan yoki xaridlar solingan katta sumkalarni bemalol joylashtirish mumkin.
SALONDA NIMA BOR?
Yangi Onix Redline inteyreri o‘z dinamikasi va dadilligi bo‘yicha tashqi qiyofasidan hecham qolishmaydi. Ravon chiziqlar va o‘tishlar o‘rta toifa sedanida emas, go‘yoki sportkar ichida o‘tirgandek tasavvur uyg‘otadi. Salon sun’iy charm bilan qoplangan va bu safarga qo‘shimcha qulaylik bag‘ishlaydi. Shuningdek, mazkur avtoda orqa va yon oynalar qoraytirilganini qayd etish darkor.
Kapital kursisiga o‘tiramiz. O‘rindiqning o‘zi, xuddi elektr rul kabi, aniq sozlanadi, shuning uchun boshqaruvni ko‘pi bilan ikki daqiqada o‘zingizga moslab olasiz. Shu o‘rinda, “Oniksning” yuqori toifasida old va orqa o‘rindiqlar isitiladi (jumladan suyanchiqlari ham). Bundan tashqari, Redline modelida eksklyuziv ravishda orqa ko‘rish yon oynalarining isitilishi ham mavjud.
Yana nima? Bizda an’anaviy spidometr, taxometr hamda ular orasidagi monoxrom displeyga ega tushunarli moslamalar paneli mavjud. Markaziy qismida 8 dyuymli axborot-ko‘ngilochar sensorli ekran joylashgan. Hozir bu moslamasiz yurib bo‘lmaydi. Biroq, simsiz quvvatlash mavjudligi haqida bunday demaysan, ammo Onix Redline salonida u bor. U bilan birga standart USB, Bluetooth portlari o‘rnatilgan.
Shuningdek, Start/Stop tugmasi, ya’ni kalitsiz avtomobilga kirish va dvigatelni ishga tushirish funksiyasi ham quvontiradi. Havoning qo‘shimcha aylanishini ta’minlaydigan tomdagi elektr lyukni ham nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bunday opsiya iqli-nazorati bilan birga Premier va Premier 2 butlanishida ham mavjud.
TEXNIK XUSUSIYATLAR
Old privodli Chevrolet Onix Redline 1,2 litrli turbinalangan dvigatel bilan jihozlangan. Misol uchun, hamyonbop versiyalarda atmosferali agregat joylangan. Ish hajmi – 132 ot kuchi. Bunda, e’lon qilingan maksimal tezlik – soatiga 170 km. Shu o‘rinda, yangi butlanishda dvigatel karteri himoyasi o‘rnatilganini qayd etish zarur.
Yoqilg‘i baki sig‘imi – 44 litr, aralash davrda yoqilg‘i sarfi esa – 100 km uchun 6,9 litrni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun: “kichkintoy” Spark’da muqobil ko‘rsatkich 6 litrga teng.
“Oniks” avtomatni tanlagan bo‘lsangiz 6 bosqichli hamda mexanikada 5 bosqichli transmissiyaga ega.
BUTUN E’TIBOR – XAVFSIZLIKKA
Zamonaviy avtomobil, bu – birinchi navbatda xavfsiz avtomobil va “Oniks”da bu masalada hammasi joyida. Sedan kamida ikkita – old va yon xavfsizlik yostiqlari bilan jihozlangan. Bolalar kursilarini mahkamlash ISOFIX tizimi ham mavjud. Shuningdek, (xuddi avvalgi butlanishlarda bo‘lganidek) tezlik cheklovi hamda yo‘lda barqarorlikni saqlash uchun ABS (bloklanishga qarshi tizim) va ESC (kurs barqarorligi elektron tizimi) mavjud. Sal qolsa shinalardagi bosimni monitoring qilish tizimini unutardik.
Bundan tashqari, Redline modelida old va orqa parktroniklar, yarim avtomat to‘xtatish hamda belgilangan tezlikni saqlab turuvchi iqlim-nazorati nazarda tutilgan. Shuningdek, yashirin hududlar monitoringi ham mavjud. Mazkur texnologiya yashirin hududlardagi transport vositalari yoki ob’ektlar haqida ogohlantiradi.
OLISH KERAKMI?
Chevrolet Onix Redline o‘zida biz yaxshi ko‘rgan sifatlarni mujassamlashtirgan: chiroyli, qulay, xavfsiz hamda “ochko‘z” emas. Umuman, yangi Onix Redline qanday chiqqaniga qarab, bu o‘z pullaringiz evaziga “top” tanlov ekanligini ta’kidlash mumkin.
REDLINE (1,2 TURBO AT)
- Iqlim-nazorati
- Yorug‘lik diodli orqa chiroqlar
- Yon tomondan xavfsizlik yostiqlari
- Yarim avtomat to‘xtatish
- Yorug‘lik diodli kunduzi yurish chiroqlari
- Isitiladigan old o‘rindiqlar
- Yengil quymali R16 disklari
- Old va orqa parktroniklar
- Elektr lyuk
- Qoraytirilgan orqa oynalar
- Interer qoplamasi: sun’iy charm
- Yorug‘lik datchigi
- Shinalarda bosimni monitoring qilish tizimi.
Model olti xil rangda mavjud: