Qachonlardir Chevrolet rusumli mashinalar xuddi g‘ildiraklar ustidagi bahaybat qal’a sifatida tasavvur qilingan. Gollivud filmlarida FQB agentlari aynan shunday mashinalarda yurgani ham bejiz emas. Aslida UzAuto Motors kompaniyasi bugungi kunda Chevrolet brendi ostida turli toifa va butlanishga ega mashinalarni chiqaradi. Bunda, yirik kompaniya direktori ham, kechagi talaba ham o‘z didiga va hamyoniga mos modelni tanlashi mumkin. Avtogigantning mahalliy bozorda taqdim etilgan asosiy modellarini ko‘rib chiqamiz
ONIX
Ko‘rkam va o‘z xarakteriga ega, ixcham, ammo anchagina shinam. Butlanishidan kelib chiqib o‘z mustaqilligi va ilg‘orligini namoyon etishga intilayotgan yoshlarga ham, oqilona narx bo‘yicha qulaylik va ishonchlilikni qadrlaydigan kattaroq yoshdagi odamlarga ham mutlaqo mos keladi.
O‘zbekistonda ushbu model 2023-yil boshidan ishlab chiqarila boshladi va ilk kunlardanoq butlanish xilma-xilligi hamda narxi tufayli dilerlar tomonidan buyurtmalarni qabul qilishning dastlabki besh soatida qariyb 14 mingta shartnoma tuzildi.
Asosiydan boshlab barcha butlanishlarda kamida ikkita xavfsizlik yostig‘i, shuningdek ikkita muhim xavfsizlik moduli – bloklanishga qarshi tizim (ABS) va elektron barqarorlashtirish tizimi (ESP) mavjud. Shuningdek barcha versiyalar konditsioner, signalizatsiya va ko‘zgular elektr boshqaruviga ega. Takomillashgan butlanish nafaqat iqlim-nazorat tizimi, balki yarim avtomat to‘xtatish tizimi bilan ham ta’minlangan.
COBALT
Bu mashina O‘zbekistonda xalqona maqomga ega. Hamyonbop oilaviy sedan – qulay, sig‘imli va yaxshi boshqariladi. Yana u ishonchli, o‘nlab emas, balki yuz minglab kilometrlarni egasiga tashvish yetkazmagan holda bosib o‘tishi mumkin. Aksini aytganda, hech qachon pand bermaydigan halol mehnatkash, oila yordamchisi.
Qizig‘i, dastlab bu nom AQShda boshqa model uchun qo‘llanilgan. Biroq, keyinchalik Lotin Amerikasi va Osiyo bozorlari uchun B va C toifalari o‘rtasidagi mashina o‘ylab topilib, unga shu nom sovg‘a qilingan.
Bu avtomobil foydalanish davomiyligiga yordam beradigan ishonchliligi bilan ham nom qozongan. Chevrolet Cobalt yoqilg‘i yaxshi tejaladigan, ammo uslubi va zamonaviy funksiyalari bilan farq qilmaydigan hamyonbop yechimni izlovchilar uchun ommalashgan tanlovga aylangan.
Hozirda Cobalt – aksariyat haydovchilar intiladigan standart shakliga aylangan. Saloni shinam va juda qulay, bunday toifadagi mashinalarda doim ham bo‘lavermaydigan funksiyalar, jumladan xavfsizlik yostiqlari, tormozlar bloklanishga qarshi tizimi va tormoz kuchlanishini taqsimlash tizimi mavjud.
MALIBU XL
Juda ko‘rkam mashina, bundan tashqari 2023-yilda yangilangan ko‘rinishda salonlarda paydo bo‘ldi. Malibu XL – o‘rta va yuqori toifadagi flagmanlik sedani. Bunday mashinaning qachondir xalqona maqom olishi ehtimoldan yiroq, uning egasi esa salondan mag‘rur nigoh bilan qaraydi.
Salonlarda uch turdagi butlanish mavjud. Oxirgisi – charmdan ishlangan salon va manzarali lyukka ega.
Mashina ko‘rkam, chopqir (avtomat qutida to‘qqizta bosqich bor), ammo tejamkor. Yoqilg‘i sarflanishi – trassada yuz kilometr yurishga atigi 6,7 litr.
Yangi modelga qarama-qarshi to‘qnashuvdan ogohlantirish va oldini olish tizimi, piyodalarni aniqlash tizimi, yo‘l harakatini quvvatlash tizimi hamda LDW qatnov chizig‘idan og‘ish haqida ogohlantirish tizimi kabi aqlli yangilanishlar qo‘shilgan. Bularning bari xavfsizlikni oshirish bilan birga, mashina egasining o‘ziga xosligini ifodalab beradi.
TRACKER
O‘zbekistonda 2022-yildan buyon ishlab chiqarilayotgan ixcham krossover. Ixcham, ammo zamonaviy. Tracker saloniga o‘tirgach, darhol sarguzashtlar ortidan borish istagi yuzaga keladi.
Konstruktorlar kapot ostiga baquvvat va tejamkor 3 silindrli turbalangan 1,2 litr hajmga ega dvigatellarni o‘rnatish orqali maqbul yechim topishni uddalaganlar. Yangi dvigatel o‘zining xitoylik “amakivachchasiga” nisbatan kuchliroq: 125 ot kuchiga qarshi 132 ot kuchi.
Bu narx va sifat, o‘tkazuvchanlik va hamyonboplik, yorqin uslub va jiddiylik o‘rtasidagi yaxshi muvozanat. Muvozanat, masalan, Filippin va Braziliyada yaxshi baholangan: bu mamlakatlarda Tracker eng ko‘p sotiladigan avto hisoblanadi.
CAPTIVA
Bu modelga tavsif berishda qo‘llash mumkin bo‘lgan asosiy so‘z – “ko‘p”. Unda hamma narsa ko‘p: intilishlar, raqamli imkoniyatlar, qulaylik, va asosiysi – makon. Ba’zida salon ichida yashash mumkindek tuyuladi: bu yerda dush kabinasini o‘rnatish, u yerda esa oshxona stolini qo‘yish.
Mashinada avtomobilni 7 o‘rindiqli krossoverga aylantiradigan va oilaning barcha a’zolari sig‘ib ketadigan uchinchi qator ham bor. Bagajnikda ham oila a’zolarining ko‘p sonli yuklari va hattoki bolalar aravachasi yoki velosiped uchun yetarli joy mavjud.
Bundan tashqari, Captiva’da turbouzatishli 1,5 litrli dvigatel, avtomat quti va elektr kuchaytirgichli rul boshqaruvi, ABS va EBD tormoz tizimlari, StabiliTrak barqarorlashtirish tizimi mavjud. Mashina oilaviy bo‘lgani uchun xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilgan – to‘rtta yostiqdan tashqari, bolalar kursisi uchun maxsus mahkamlagichlar mavjud.
Avtomobil uchta butlanishda taqdim etilgan, ammo hattoki eng oddiy va ixcham variantda ham Captiva ilg‘or va to‘langan pullarga nisbatan qimmatroq ko‘rinadi.
EQUINOX
Bu kelishgan mashina o‘rtacha hajmli hisoblanadi, ammo yo‘llarda avtomobillarning umumiy oqimi orasida ajralib turuvchi puxta va salobatli ko‘rinishga ega.
Uning o‘ziga xosligi – yangi gibrid tizimidadir. Generatorli motor ohista sekinlashishda elektr ishlab chiqaradi va batareyani quvvatlaydi, natijada ichki yonish dvigateli generator aylanishiga deyarli quvvat sarflamaydi. Yangi gibrid tizimi faqat elektromobil rejimida ishlay olmasa-da, muqobil gibrid bo‘lmagan versiyalarga nisbatan yoqilg‘i sarfi samaradorligini ta’minlaydi. Bunday toifadagi avtomobil uchun sarf miqdori kulgili ko‘rinadi: trassada yurish rejimida 100 kilometrga yetti litr atrofida.
Tayanch opsiyalardan tashqari bu yerda yashirin hududlarni monitoring qilish, piyodalarni aniqlash, avtomat t ormozlanish, qarama-qarshi to‘qnashuv ehtimolidan ogohlantirish, shuningdek tog‘da harakatlanishda haydovchiga ko‘maklashish tizimlarini topish mumkin.
Eng so‘nggi yutuqlarni hisobga olgan holda yaratilgan zamonaviy dvigatel, shassi va rul boshqaruvi tizimi Chevrolet Equinox boshqaruvining har bir daqiqasidan maroqlanish imkonini beradi. Yangi gibrid tizimi – ekologiya nuqtai nazaridan ham to‘g‘ri yo‘nalish tomon yana bir qadamdir, chunki gibrid transportda gaz chiqishi darajasi standart avtomobillarga nisbatan pastroq.
TRAVERSE
Ushbu model afsonaviy Chevrolet Trailblazer o‘rnini egalladi. Kinolarda maxsus agentlar, o‘ta omadli politsiyachilar va maxfiy xizmat xodimlari ana shunday ko‘rkam avtomobillarni haydaydi.
3,6 litr hajm va 318 ot kuchi quvvatiga ega V6 dvigateli avtomobilni 7,6 soniyada soatiga 100 kilometrgacha tezlikka olib chiqadi. Tabiiyki, bu yerda yuqori darajali butlanish “qorishmasi” mavjud. To‘liq yurayotgan holatda avtomat tormoz berish tizimi hamda vibroogohlantiruvchi taktil o‘rindiqlar ham bor. Va nihoyat, multmediyaviy hashamat – qo‘llar o‘z-o‘zidan xilma-xil yashirin tugmalarni izlashga tushadi.
O‘z toifasi uchun maqbul narxlanishga ega nufuzli avtomobil sarguzashtlar ortidan quvishda uning bor qudratini his qilish imkonini beradi. Agar siz bunday avtomobil egasiga aylanishga qaror qilgan bo‘lsangiz, to‘g‘ri yo‘lni tanlaganingizdan aslo shubhalanmang.
TAHOE
Bu yo‘ltanlamas Hummer H2 bilan bitta platformada yaratilgan bo‘lib, bu ko‘p narsani izohlab beradi. Yo‘l mavjud bo‘lmagan hududlar uchun yaratilgan mashina shaharda ham yaxshi ko‘rinadi, ammo unda cho‘l va dashtlarda aylanish ancha osonroq. Bunda Magnetic Ride Control ilgak berchligini boshqarish bo‘yicha ultraaniq tizim yordam beradi.
Chevrolet Tahoe — UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan taklif etilgan eng qudratli avtomobil. Unda 6,2 litr hajm va 426 ot kuchi quvvatiga ega V8 EcoTec dvigateli o‘rnatilgan. To‘liq privodli mashina 6,8 soniya ichida soatiga 100 kilometr tezlik olishi mumkin. Avtomobilning quvvati yoqilg‘ining past darajada sarflanishiga nisbatan qoplanadi: aralash davriylikda u 100 kilometr uchun 13,4 litr “ichadi”.
Shinamlik ham yuksak darajada. Salonda hattoki yettita emas, biryo‘la sakkizta odam sig‘ishi mumkin – bu deyarli butun basketbol jamoasi degani.
Chevrolet Onix afzalliklari:
- Ko‘rkam va zamonaviy dizayn. Uning ravon chiziqlari va shiddatli mutanosibligi hattoki eng talabchan avtohavaskorlarga ham yoqadi.
- Jihozlanishi. Onix’ning hattoki eng tayanch butlanishi odatda faqat qimmatroq avtomobillarda mavjud opsiyalarni o‘z ichiga oladi. Jumladan: konditsioner, iqlim-nazorati va boshqalar.
- Tejamkor dvigatel. Aralash davriylikda 1,5 litrli motor 100 kilometr uchun atigi 6,5 litr sarflaydi.
Chevrolet Cobalt afzalliklari:
- O‘z toifasida eng tejamligi. Shahar sharoitida 100 kilometr uchun yoqilg‘i sarfi 8,5 litr, shahar tashqarisida – 6,4 litrni tashkil qiladi.
- Shinam salon. Bu yerda bir vaqtning o‘zida besh nafar katta yoshdagi yo‘lovchi sig‘ishi uchun joy yetarli. Shuningdek, yuklarni solish uchun joy mavjud.
- Xavfsizlik. Avtomobil ko‘plab tegishli funksiyalar, jumladan xavfsizlik yostiqlari, tormoz bloklanishiga qarshi tizim va tormoz kuchlanishini taqsimlash tizimi bilan jihozlangan.
Chevrolet Malibu afzalliklari:
- Samaradorlik va unumdorlik. Malibu ham tejamkor 4 silindrli motorlar, ham turbouzatkichli kuchli motorlar bilan jihozlangan. Shuningdek, modelni ajoyib yurish ravonligi ajratib turadi.
- Ichki qulaylik va texnologiyalar. Avtomobil navigatsiya, smartfon bilan sinxronlashtirish kabi funksiyalarlarga ega qulay axborot-ko‘ngilochar tizim bilan jihozlangan. Salonda ishlatilgan materiallarning yuqori sifatini ham alohida qayd etish zarur.
- Xavfsizlik. Mavjud opsiyalar qatorida – qarama-qarshi to‘qnashuvdan ogohlantirish, avtomatik favqulodda tormozlash, harakat chizig‘ini saqlashda yordam, moslashuvchan iqlim-nazorati va boshqalar.
Chevrolet Tracker afzalliklari:
- Ko‘rkam dizayn va shinam Ushbu ixcham krossover shahar ichidagi kundalik qatnovlar uchun zarur qulaylik va imkoniyatlarni taklif qiladi.
- To‘g‘ri, uning sig‘imi atigi 390 litr, ammo bu raqam yana 36 litrli joy mavjud bo‘lgan qalbaki pol ostidagi qo‘shimcha makon evaziga qoplanadi. Ikkinchi qator o‘rindiqlari yig‘iladigan bo‘lsa, bagaj bo‘limi 1334 litrgacha kattalashadi.
- Texnologiyalar. Yaxshi tushunarli “mikroiqlim” boshqaruv bloki hamda avtoni birgina qo‘l tegishi orqali ishga tushirish imkonini beradigan start-stop tugmasiga ega axborot-ko‘ngilochar konsol mavjud.
Chevrolet Captiva afzalliklari:
- Keng makon. Uch qator o‘rindiqlardan iborat universal salon ham yo‘lovchilar, ham yuklar uchun yetarlicha joyni taklif qiladi. Yig‘ma o‘rindiqlar zarurat yuzaga kelganida mashinada yanada yirik bagajni joylash imkonini beradi.
- Tejamkorlik. Aerodinamik dizayn va yengil konstruksiya yoqilg‘i samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
- Texnologiyalar. Model katta sensorli ekran va boshqa qiziqarli moslamalarga ega zamonaviy axborot-ko‘ngilochar tizimlar bilan jihozlangan.
Chevrolet Equinox afzalliklari:
- Yangi gibrid tizim. Mashina sekinlashganida elektr energiyasini ishlab chiqaradigan va katta sig‘imli akkumulyatorni quvvatlaydigan kuchli motor-generatori bilan jihozlangan.
- Shinam salon. Unda besh nafar katta yoshdagi odam qulay joylashishi mumkin. Equinox shuningdek 1627 litr sig‘imli katta bagaj bo‘limini ham taklif etadi.
- To‘liq privodli tizim. U sirpanchiq yo‘llarda qo‘shimcha xavfsizlik va ssepleniyeni ta’minlaydi.
Chevrolet Traverse afzalliklari:
- Makon. Salon anchagina shinam va sakkiztagacha yo‘lovchini sig‘diradi. O‘z navbatida, bagaj bo‘limining hajmi – 1149 litr.
- Quvvat. Krossover 3,6 litr sig‘im va 318 ot kuchidan iborat V6 dvigateli bilan jihozlangan. Bu ravon va tezkor tezlashishni ta’minlash hamda bir tonnagacha yukni shatakka olish uchun yetarli.
- Texnologiyalar. Traverse’da ular yetarlicha: masalan, qo‘lsiz ochish funksiyasiga ega bagaj bo‘limi eshigidagi elektr privodi, uzoqni ko‘rish chirog‘ini yaqiniga avtomatik qayta yoqish, yuqori yechimli aylanma ko‘rish kameralari va boshqalar.
Chevrolet Tahoe afzalliklari:
- Quvvati. Tahoe yaxshi tortishish va tezlashishni ta’minlaydigan kuchli V8 dvigateli bilan ta’minlangan. Bu mashinani shatakka olish yoki og‘ir yuklarni tashish uchun ajoyib yechimga aylantiradi.
- Yuqori o‘tish qobiliyati. Chevrolet Tahoe yo‘lsizlik sharoitiga yaxshi moslashgan, undagi to‘liq privod tizimi esa har qanday sharoitlarda yo‘l bilan yaxshi ssepleniyeni ta’minlaydi.
- Qulaylik. Yumshoq ilgak safar chog‘ida maksimal qulaylikni ta’minlash imkonini beradi. Bundan tashqari, kruiz-nazorati, konditsioner va isitiladigan o‘rindiqlar sizga xizmat ko‘rsatadi.