Jaguar imidjini o‘zgartirdi hamda yangi konseptini namoyish qildi
Jaguar avtomobillari ishlab chiqarila boshlanganiga 100 yildan ortiq vaqt bo‘ldi, barqaror nufuzga ham ega: odatda taxminiy egasi (shart bo‘lmasa ham) 50 yosh va undan katta, klassik kostyumdagi, soyabon tutgan, bir qo‘lida sigarasi bo‘lgan qattiqqo‘l, ishbilarmon odam kabi gavdalanadi. Hatto mashinasi yukxonasida golf klyushkasi ham bor.
Negadir bu stereotip kompaniyaning hozirgi rahbariyatiga to‘g‘ri kelmadi va bir-ikki hafta oldin u tubdan rebrendingni boshlab yubordi va endi yangi konsept-karni namoyish etdi.
Bu ham, boshqasi ham hech bo‘lmaganda turli reaksiyalarga sabab bo‘ldi.
Type 00 konsept-karidan boshlaylik. Uning dizayni 60-yillardagi klassik Jaguar E-Typening futuristik qayta tasavvuridir, brendning eng mashhur avtomobillaridan biri bo‘lib, ko‘pchilik tomonidan go‘zallik va nafosat standarti sifatida tan olingan.
Mashhur folksvagena-jukaning zamonaviy versiyasi 1940-yillardagi ajdodidan ko‘ra E-Typega kamroq o‘xshaydi. Ko‘proq gumon nazari bilan qaraydigan jurnalistlar yangi konsept-karning konturlarida tipratikanni suvilon bilan birlashtirishga urinish kabi holatni ko‘rgandek bo‘lishdi — E-Typening klassik chiziqlarini burchakli Tesla Cybertruck pikap yuk mashinasi bilan birlashtirgandek taassurot olishdi, bu esa qisqa umri davomida allaqachon deyarli cheksiz miqdordagi memlarni keltirib chiqardi.
Jaguar E-Type. Muayyan o‘xshashliklar mavjud
Konsept-kar avtomobillar deyarli hech qachon ishlab chiqarishga tatbiq etilmaydi, ayniqsa ular ommaga namoyish qilinadigan shaklda chiqarilmaydi. Ularning vazifasi hayratlanarli qarashlarni uyg‘otish va ishlab chiqaruvchi kompaniya tanlagan rivojlanish yo‘nalishi haqida tushuncha uyg‘otishdir. Agar birinchi Type 00 muvaffaqiyatli bo‘lsa, kompaniya rahbariyati tomonidan strategiyani tanlash (rangli rebrending bilan birga, quyida bu mavzuga yana qaytamiz) ko‘plab savollarni tug‘diradi.
Birinchidan, yangi Jaguar — to‘liq elektromobil. Bundan tashqari, noyabr oyida kompaniya Buyuk Britaniyada o‘z avtomobillarini sotishni vaqtincha to‘xtatdi, chunki 2026 yildan boshlab faqat elektromobil sotishni rejalashtirmoqda. Aftidan, odamlar bunga ko‘nikishlari uchunmi — har nima bo‘lganida ham kompaniya mijozlar oldida yangi ko‘rinishda namoyon bo‘lishdan oldin “kichik tanaffus” qilmoqchiligini e’lon qildi.
Atrof-muhit himoyachilari bundan xursand bo‘lishar, ammo ular orasida antikapitalistik kayfiyat hukm surmoqda, yangi Jaguar modeli esa konsept-karga qanchalik o‘xshamasin, narxi 100 000 funt sterlingdan oshishini ta’kidlashayapti (hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aslida, narx yorlig‘i bir yuz-yuz ellik mingdan boshlanadi).
Avtomobil ixlosmandlari orasida Jaguar “kambag‘allar uchun Aston Martini” degan fikr uzoq vaqtdan beri mavjud: Jaguar sport modellari haqiqatan ham qimmatroq narxdagi buyurtma asosida ishlab chiqarilgan boshqa shu turdagi avtomobillfrga o‘xshaydi, lekin sezilarli darajada arzon.
Buyuk Britaniya bosh vazirlari vatanparvarlik maqsadida “Yaguar”da sayohat qilishadi. Ularni “Lendrover”lar kuzatib boradi. To‘g‘ri, JLR endilikda hind kompaniyasi, lekin ular hali ham asosan Britaniyada yig‘iladi.
Avtomobil bozori tahlilchilari prognoziga ko‘ra, kompaniyaning yuqori narx segmentida o‘z o‘rnini egallashga urinishi muvaffaqiyatli amalga oshishi dargumon. Raqobat juda kuchli (kompaniya aftidan Bugatti yoki Lamborghini bilan narx bo‘yicha raqobatlashmoqchi emas), 100–150 ming funt oddiy odamlar uchun juda qimmatlik qiladi, millionerlar uchun qandaydir darajada kamtaronadek.
Jaguar ishlab chiqarish hajmi ham tahlilchilarni quvontirmaydi: 2018 yilda kompaniya 180 mingta, 2023 yilda esa atigi 67 mingta avtomobil sotgan.
To‘g‘ri, JLR bosh kompaniyasi, Hindistonning Tata Motors kompaniyasi nomi ostida Jaguar va Land Rover brendlarini birlashtirgan hozirgi rahbar yil boshida 2015 yildan beri eng yuqori daromadi — 2,2 milliard funtga yetganini e’lon qildi, ammo bu Jaguarning daromadi emas, ammo qimmatbaho Range Rover modellari va yangi Land Rover Defenderlar bozor segmentida o‘zlari istagan bir nechta raqobatchilarni mag‘lub etdi.
Bundan tashqari, Gʻarb elektromobillar bozorida umumiy sukunat kuzatildi, optimistlar aytgan “elektr inqilob” qoldirilmoqda, ayniqsa qimmat elektromobillar sotuvi, shuningdek, Yevropa hukumatlarining fuqarolarni elektromobillarga o‘tkazish bo‘yicha harakatlari to‘xtab qoldi.
Barcha ishlab chiqaruvchilar bundan aziyat chekmoqda. Yaqinda Stellantis va Ford Buyuk Britaniyadagi zavodlarni yopish va ish joylarini qisqartirish haqida e’lon qildi, chunki ular rentabellikni saqlab qolish uchun yetarlicha elektromobillarni sota olmaydilar — Yevropa qonunlari sotilgan avtomobillarning ma’lum foizini elektromobillar tashkil etishini talab qiladi.
2018-yildan hozirgi kungacha Jaguar faqat bitta elektromobil ishlab chiqargan: I-Pace. Ammo Citroen, Fiat, Opel, Peugeot, Jeep, Dodge, Chrysler va boshqa bir qancha brendlarni o‘z ichiga olgan Stellantis yoki Ford uchun bu muammoni hal qilish mumkin. Faqatgina elektromobillar ishlab chiqaradigan kompaniya uchun esa yo‘q, garchi Land Rover, shuningdek, JLR xoldingining bir qismi bo‘lsa ham, Jaguar nufuzini barqaror ushlab turishga yordam beradi. Bu simbioz qancha davom etishini faqat Tata Motors rahbarlari biladi.
Qimmatbaho Tesla modellarini bunday narx uchun elektr “Yaguar”larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi deb hisoblash mumkin, ammo bu bozor xuddi elektromobil bozori kabi allaqachon to‘yingan, bu yerda Jaguarning istiqbollari noaniq. Ammo agar yangi mashinani o‘zgacharoq tarzda namoyish qilinsa…
Radikal rebrending
Noyabr oyi oxirida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan 30 soniyali reklamada g‘aroyib liboslar kiygan odamlar va kompaniyaning yangi logotipi aks ettirildi, endi logotipda JaGUar deb nomlanadi. Aslini olganda uning o‘ziga tegishli avtomobillari reklamada yo‘q, klassik rusumdagi kostyum kiygan jiddiy janoblar yoki katta xol-xolli mushuksimon ko‘rinish beradi.
Bu reklama roligi internetni portlatdi.