Skip to main content

Elektr yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun alohida hisob yuritilishi mumkin

Bu haqida “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbarining birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev xabar berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, hozirda iste’molchilar hisoblagich ulanmagan transformatorlarga ulanmoqda, o‘shandagina “Hududiy elektr tarmoqlari” iste’mol to‘g‘risida ma’lumot olmaydi. G‘aybullayevning ta’kidlashicha, hozirda elektromobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmoqlarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda, biroq elektr energiyasini yetkazib berishdagi qiyinchilik faqat alohida hisobning ochilishiga borib taqalmaydi. 

“Tizimdagi barcha asbob-uskunalarni simlargacha kengaytirishimizga to‘g‘ri keladi. Nima sababdan hovlisida quvvatlash stansiyasini o‘rnatgan fuqaro elektromobilini zaryadlantirishda simlarning qizib, yonib ketishi bilan to‘qnash keladilar. Nima uchun o‘tgan yilgi anomal sovuqda ko‘p qavatli uylarda kabellar yonib ketdi? 70-80-yillarda bizning uylarimizdagi simlar faqat kvartiradagi televizor va xolodilnikka mo‘ljallangan bo‘lardi, bu o‘sha vaqtlarda tabiiy hol edi”, – deya izohladi u. 

Yoqilg‘i quyish shoxobchasi uchun hisoblagich: O‘zbekiston birlamchi avtomobil bozoridagi asosiy yangiliklar, 7auto.uz

Loyihalash institutlariga eskirgan simlarni almashtirish hamda elektr yoqilg‘i shoxobchalari uchun yirik liniyalarga simlarning kesishuvini hisobga olish topshirilgan. Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” vakili, zaryadlash stansiyalari iste’molchilarning II guruhiga kiritish va 1 kVt/s ga 900 so‘m etib belgilash mumkinligini aytib o‘tdi. Amaldor yangi tartibning shu yil tatbiq etilishi mumkinligini ochiqladi. 

Tashib kelishda zarar yetkazilgan avtomobillar sotilayotgani haqidagi mish-mishlarga UzAuto Motors’ning javobi

Ijtimoiy tarmoqlarda tashib kelish vaqtida shikastlangan Chevrolet avtomobillari ta’mirdan keyin yana sotuvga qo‘yilayotgan emish, degan xabar tarqaldi. UzAuto Motors bu ma’lumotning noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qildi. Tashish vaqtida shikastlangan transport vositalari sotuvdan olib tashlanadi va qayta sotuvga qo‘yilmaydi. 

Kompaniya, shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilganligini eslatib o‘tdi.

Yoqilg‘i quyish shoxobchasi uchun hisoblagich: O‘zbekiston birlamchi avtomobil bozoridagi asosiy yangiliklar, 7auto.uz

Bosh prokuratura avtosalonga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Allianse Motors avtosaloni 19 nafar mijozga avtomobil olib kelishni va’da qilgan, biroq 6,1 mlrd so‘mni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bosh prokuratura poytaxt avtosaloni rahbariyatiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Huquqni muhofaza qilish organlari Jinoyat kodeksi moddalari, shu jumladan, 169-moddasi – “Firibgarlik” bo‘yicha ish ochildi.    

Yoqilg‘i quyish shoxobchasi uchun hisoblagich: O‘zbekiston birlamchi avtomobil bozoridagi asosiy yangiliklar, 7auto.uz

Toshkentda “aqlli” avtoturargoh paydo bo‘ladi

Vengriyaning yirik IT-kompaniyasi Toshkentda “aqlli parking” loyihasi ustida ishlamoqda. Uning yordamida haydovchilar maxsus ilova yordamida avtomobil turar joyini band qilishlari va topishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov iCell kompaniyasi rahabriyati bilan loyihani amalga oshirish bo‘yicha qadamlarni muhokama qildi. Tomonlar avtoturargohlarni boshqarish va transport infrastrukturasini yaxshilash uchun texnologiyalarni joriy etishni ko‘rib chiqmoqdalar. Tizimda ham yuqori texnologiyaga ega datchiklardan foydalaniladi. Ta’kidlanishicha, iCell mutaxassislari bir yildan ortiq vaqt mobaynida Toshkent sharoiti va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda loyihani samarali tatbiq etish variantlarini o‘rganmoqdalar. 

Yoqilg‘i quyish shoxobchasi uchun hisoblagich: O‘zbekiston birlamchi avtomobil bozoridagi asosiy yangiliklar, 7auto.uz

BYD Uzbekistan Factory Jizzaxda: yiliga 500 ming avto va yangi modellar 

“O‘zavtosanoat” AK boshqaruv raisi Ulug‘bek Rozuqulov O‘zbekiston prezidentiga Jizzax viloyatidagi BYD Uzbekistan Factory zavodidagi investitsion loyihalarning ilk natijalari va uni kengaytirish bo‘yicha rejalar haqida hisobot berdi. 

Korxona joriy yilning 27-iyun kuni davlat rahbari ishtirokida ishga tushirildi. Bu Xitoydan tashqarida joylashgan ilk BYD zavodi. Endi korxona uchun nafaqat ishlab chiqarishda, balki savdo, servis va kafolatli xizmat ko‘rsatishda ham zamonaviy texnologiyalar va standartlarni joriy etish masalasi dolzarbdir. Bu esa sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarishning oldini oladi va ishlab chiqariladigan avtomobillarning yuqori darajadagi servis va kafolatli xizmat ko‘rsatishini ta’minlaydi. 

Yoqilg‘i quyish shoxobchasi uchun hisoblagich: O‘zbekiston birlamchi avtomobil bozoridagi asosiy yangiliklar, 7auto.uz

BYD bilan hamkorlik mahalliy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ham o‘z ichiga oladi. Jizzax politexnika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti hamkorligida Jizzaxda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha muhandislik-o‘quv markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. 

Davlatimiz rahbari BYD Uzbekistan Factory korxonasida ishlab chiqarishni tezlatish, hamkorlikning keying bosqichlari strategiyalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish quvvatini yiliga 500 ming donaga yetkazish hamda eksport bozoriga chiqarish yuzasidan muayyan vazifalarni belgilab berdi.    

Shuningdek, zavod E2 va Seagull modellarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Xitoy tomon laboratoriya tekshiruvi uchun avtomobil namuanlarini UzTest davlat muassasasiga jo‘natib berdi. Tashkilot namunalarni Quality and Safety Testing majmuasidagi umumiy texnik reglament asosida o‘rganib chiqmoqda. Bu tormoz, boshqariluvchanlik, chidamlilik, ichki va tashqi shovqin, isitish, sovutish, yoritish va h.k.larning samaradorligi tekshiruvidir.

O‘zbekistonda Chevrolet Onix ishlab chiqarilish hajmi o‘sdi

Yozning boshiga kelib O‘zbekistonda 14 905 ta Onix avtomobili ishlab chiqarilgan, deb xabar bermoqda Respublika prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Ishlab chiqarish sur’atlari: 

  • yanvar — 836 avtomobil;
  • fevral — 4521;
  • mart — 2981;
  • aprel — 3 242;
  • may — 3325.

Yoqilg‘i quyish shoxobchasi uchun hisoblagich: O‘zbekiston birlamchi avtomobil bozoridagi asosiy yangiliklar, 7auto.uz