BIRLAMCHI BOZOR: O‘zbekistondagi yangi import qilinayotgan va mahalliy avtomobillar haqida muhim tafsilotlar
XITOYDAN MASHINALAR IMPORT QILISH BESH BAROBAR O‘SDI
Statistika agentligi xabar berishicha, 2023-yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda Xitoydan import qilinuvchi yengil avtomobillar ko‘rsatkichi besh barobar o‘sdi. Shu bilan birga, Respublikaga olib kiriluvchi mashinalar 2 barobardan ko‘proqqa – 30,25 dan 73,2 mingtaga oshdi, importyor mamlakatlar soni esa 34 dan 31 ga qisqardi.
2023-yilda O‘zbekistonga jami 58 ming Xitoy avtomobillari import qilindi, bu esa 2022-yildagi ko‘rsatkichdan 5,2 barobar ko‘p degani. Elektromobillarga kelsak, 2023-yilning 10 oyida 20 mingta olib kelingan. Umumiy avtomobil importida Xitoyning ulushi 36,8% dan 79,3% ga oshdi.
Xitoydan keyingi ikkinchi importyor Janubiy Koreya hisoblanadi. O‘tgan yil mobaynida mazkur mamlakatdan taxminan 11,5 ming avtomobil import qilindi. Uchinchi o‘rinda AQSh – u yerdan 2,21 mingtagacha avtomobillar yetkazib berilgan. Ayni paytda 2022-yilda O‘zbekistonga 8,7 mingta avtomobil import qilgan Rossiya va Qozog‘iston kuchli beshlikdan o‘rin olmagan.
Gonkong, Yaponiya, Germaniya, Hindiston, BAA, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardan mamlakatimizga jami 1,4 mingdan ortiq avtomobil import qilindi.
O‘ZBEKISTON CHEVROLET SOTUVLARI BO‘YICHA JAHON REYTINGIDA IKKINCHI BO‘LDI
So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilda bozorga 370 minga yaqin avtomobil chiqarib, Chevrolet sotuvlari bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bunday hayratlanarli natijaga so‘nggi bir necha yil ichida mamlakatda brend avtomobillarga bo‘lgan talabning jadal o‘sishi sabab bo‘ldi. UzAuto Motors taʼkidlaganidek, yagona GEM platformasi negizida yangi modellar – Tracker va Onix ishlab chiqarish muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyilgani muhim omil boʻlmoqda.
Chevrolet sotuvlari bo‘yicha jahon reytingidagi TOP-5 mamlakat:
- AQSh — 1 716 268
- O‘zbekiston — 369 980
- Braziliya — 327 781
- Meksika — 172 066
- Xitoy — 168 830.
BYD MUXLISA SI OVOZLI YORDAMCHISIGA EGA BO‘LADI
O‘zbek tilidagi Muxlisa SI ovozli yordamchisi 2024-yil oxirigacha O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan BYD avtomobillarida paydo bo‘ladi. Bu haqda Spot.uz’ga Uzinfocom xabar berdi.
Yagona integrator Shenchjen shahrida Shavkat Mirziyoyevning XXRga tashrifi arafasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Xitoy sarmoyaviy forumida ishtirok etdi. 25-yanvar kuni davlat kompaniyasi BYD va sun’iy intellekt ishlanmalarini ishlab chiquvchi iFLYTEK bilan uch tomonlama memorandum imzoladi.
Memorandumning asosiy bandi Muxlisa SI ni ovozli boshqaruv tizimlariga tatbiq etish bo’ladi. Joriy yil oxirigacha yordamchini BYD tomonidan foydalaniladigan turli qurilmalar va tizimlar bilan ishlashga moslashtirish va optimallashtirish rejalashtirilgan. Yangi funksiya ishga tushirilgach, BYD foydalanuvchilari o‘zbek tilida ovozli boshqaruvga ega bo‘ladi. Muxlisa SI tilni aniqlash va qayta ishlash imkoniyatlariga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Memorandumning asosiy bandi Muxlisa SI ovozli boshqarish tizimiga tadbiq etishi bo‘ladi. Joriy yilning yakuniga qadar BYD da foydalaniladigan turli qurilmalar va tizimlarga sun’iy yordamchini moslashtirish va takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Yangi funksiya joriy etilganidan so‘ng, BYD foydalanuvchilari o‘zbek tilidagi ovozli boshqaruvga ega bo‘ladilar. Muxlisa SI tilni aniqlash va qayta ishlash funksiyalariga ega bo‘lishi kutilmoqda.
2023-YILDA O‘ZBEKISTONDA 418 MINGDAN ORTIQ YENGIL AVTOMOBILLAR ISHLAB CHIQARILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda mamlakatda 418 mingdan ortiq yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Xususan:
Cobalt — 118 093;
Damas — 89 154;
Lacetti-Gentra — 82 133;
Tracker — 48 082;
Onix — 30 596;
Chery — 9 829;
KIA — 15 036;
Exeed — 91;
Haval — 134;
Maxsus yengil avtomobillar — 25 586.
KIA EV9 FLAGMAN MODELI ENDI TOSHKENTDA
2024-yil 18-yanvar kuni CAEx ko‘rgazma markazida Kia EV9 flagman krossoverining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. U Kia’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etildi. Tadbirda ular ushbu modelning O‘zbekiston bozorida sotila boshlaganini ma’lum qilishdi.
EV9 Kia E-GMP universal modulli elektr avtomobil platformasida ishlab chiqilgan uch qator o‘rindiqlarga ega. Krossoverning olti o‘rindiqli versiyasida ikkinchi qatordagi o‘rindiqlar isitish, ventilyatsiya va massaj tizimiga ega.
Krossover 100 km/soatga 5,3 soniyada chiqa oladi. Elektr tortish qurilmasi turli xil “qor”, “loy”, “qum” rejimlarda maksimal samaradorlik bilan elektr motorlarining tortishishini boshqarishga imkon beradi. Mashina og‘irligi 2,5 tonnagacha bo‘lgan tirkamalarni ham shatakka olishga qodir.
O‘zbekiston bozorida Kia EV9 uchta butlanishlarda mavjud: Air, Earth va GT-Line. So‘ngisi yuqori quvvatli yuqori kuchlanishli litiy-ion tortish batareyasi va har bir o‘qda bittadan – ikkita elektr dvigatel bilan jihozlangan. Tortish qurilmasining quvvati 384 l/s, maksimal tezligi esa 200 km/soat.
Avtomobil hozircha faqat Toshkentdagi dilerlik markazlarida taqdim etilgan, biroq distribyutor avtomobilni O‘zbekistonning barcha hududlariga yetkazib berishni rejalashtirgan.