Avtomobil bozori – O‘zbekiston iqtisodining shiddatli rivojlanayotgan segmentlaridan biri. Avtomobillar ko‘p yillardan beri eng ko‘p talabgor tovar bo‘lib qolmoqda.
Avtobozorning holati va tendensiyalarini yaxshiroq tushunish uchun biz OLX.uz onlayn e’lonlar platformasida ma’lumotlar tahlilini o‘tkazdik. Eng ommabop top-10 ga kiruvchi yengil avtomobillar markasini, ularning narxlarini aniqladik va o‘tgan yil ko‘rsatkichlari bilan taqqosladik, mashinalar oldi-sotdisi e’lonlarining miqdor faktorlarini ko‘rib chiqdik, shuningdek, sayt foydalanuvchilarining ushbu kategoriyadagi qiziqishlarini o‘rgandik.
Uch yil mobaynidagi, ya’ni 2021, 2022 va bu yilgi onlayn savdo platformasidagi eng ommabop avtomobil markasi – bu 2 yildan buyon turg‘un 9 ming AQSH dollar narx bilan saqlanib kelayotgan Chevrolet markasidir.
Shuningdek, so‘ngi uch yilning top-10 ga KIA (bu yilgi o‘rtacha narxi 32 ming AQSh dollari), Hyundai (≈ 28 ming AQSh dollari), Volkswagen (≈ 30 ming AQSh dollari), Mercedes (≈ 18 ming AQSh dollari), GAZ (≈ 3 ming AQSh dollari), Toyota (≈ 35 ming AQSh dollari) kabi markalar ham kiritildi.
2021 va 2022-yil ro‘yhatidan top-2023 ga “Moskvich” (≈ 12 ming AQSh dollari) kirmadi – uni BYD markasi (≈ 35 ming AQSh dollari) siqib chiqardi.
So‘ngi uch yilgi narxlar ma’lumotidan kelib chiqqan holda shuni xulosa qilishimiz mumkinki, 2021-2022-yilda avtomobillar 10%, 2022-2023-yillarda esa hozircha 12% qimmatlashgan.
OLX.uz saytining savdo kontenti haqida gapiradigan bo‘lsak, bu yerda “oltin qoidaga” amal qilinadi: talab bor joyda taklif bo‘ladi. O‘tgan yili marketpleysda taqdim qilingan avtomobillar soni 501 373 ni tashkil qilgan edi, 2023-yilning uchinchi choragiga kelib esa bu son 557 560 ga yetdi. Ulardan “b/u” belgisi bilan 2022-yilda 409 656 e’lon, joriy yilda esa besh minga kam – 358 908 e’lon qayd qilingan.
O‘tgan yil hisobi bo‘yicha avtomobil haridorlari 109 ta edi, bu yil esa bu son 181 ko‘rsatkich bilan sezilarli o‘sdi. Yengil avtomobil sotuvga qo‘yilgan e’lonlar soni 2022-yilda 501 264 ta edi, bu yil esa 557 379 tani tashkil qilmoqda.
Barcha uchun tushunarli parametrlarga ega va moliyaviy jihatdan hamyonbop avtomobillar markasi aksariyat fuqarolarimiz uchun ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Shu sababli OLX.uz saytidagi eng ko‘p qidirilgan avtomobillar beshtaligidan Chevrolet Spark, Daewoo Matiz, Daewoo Nexia, Chevrolet Cobalt va Daewoo Damas o‘rin egalladi.