NIMA, QAYERDA, QANCHAGA: MAHALLIY VA YANGI IMPORT AVTOMOBILLARNING BOZORDAGI VAZIYATI
UZAUTO MOTORS AVTOMOBILLARIGA SHARTNOMA BERISH YIL OXIRIGACHA DAVOM ETADI
Bu haqida UzAuto Motors ning matbuot xizmati xabar berdi. Savdosi qayta yo‘lga qo‘yiladigan avtomobil modellari qatorida Cobal, Lacetti, Damas va Labo mavjud. Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ushbu markalar savdosi keyingi yili ochilishi haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Aytmoqchi, kompaniya bu amaliyotni yaqinda – avgust va sentabrda qayta yo‘lga qo‘ydi. Shunday qilib, yozning oxirgi oyida u bir sutkaga ham cho‘zilmadi: bu qisqa vaqt ichida 50 mingta shartnoma tuzildi. Sentabrda esa shartnoma ochilganidan bir necha soat o‘tib uni yopishga to‘g‘ri keldi: o‘sha vaqtning o‘zida avtomobil xarid qilish uchun 28 mingdan ortiq shartnoma imzolangan edi.
YANGI ELEKTROMOBILLAR VA XORIJDA ISHLAB CHIQARILGAN AVTOMOBILLARNI SOTIB OLISH KAMAYDI
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliga ko‘ra, 2023-yilning sentabrida O‘zbekistondagi barcha avtomobil vositalarining savdosi 148 mingni tashkil etdi, ularning 127 mingtasi – yengil avtomobillardir. Jumladan, yangi mahalliy avtomobillarning savdosi 4,2% ga oshdi va 33 mingga ko‘tarildi. O‘z navbatida, yengil xorijiy markalarining savdo ko ‘rsatkichi 16%ga tushib ketdi: sentabr oyida fuqarolarimiz tomonidan atiig 4,6 mingta mashina xarid qilingan.
Shuningdek, tahlillar birlamchi bozorda elektromobillar savdosi pasayganligini ko‘rsatmoqda. Sentabr oyida atigi 3,6 mingta avtomobil sotilgan (avvalgi oyga qaraganda 20 ming kam). Biroq, elektrokarlarning bozordagi savdosi 8,5% ga oshgani qayd etilgan.
O‘ZBEKISTON BOZORLARI XITOY KROSSOVERLARI QATORINING TO‘LISHI
HAVAL avtomobil brendining rasmiy distribyutori, ADM Global, H6 va Jolion yo‘ltanlamaslari savdosi yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar berdi. Shu bilan birga yaqin oylarda HAVAL assortimenti O‘zbekistonda M6, Dargo va boshqa modellar bilan to‘ldirilishi ham aytib o‘tildi.
Hozirda ADM Jizzakh zavodida HAVAL avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Great Wall Motor (HAVAL brendining bosh kompaniyasi) va ADM Jizzakh MCHJ o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim joriy yilning 7-iyulida imzolandi.
COBALT, LACETTI VA DAMAS NING NARXI OSHDI
Uz Auto Motors kompaniyasi o‘zining rasmiy chevrolet.uz savdo saytida ba’zi avtomobillarining narxlarini yangiladi. Eng ommabop modellarnign bahosi ko‘tarilgan:
Lacetti L-Style Plus AT – 169 118 000 so‘m
Damas D2 DLX Style Plus – 96 932 000 so‘m
Labo LB2 Plus – 96 370 000 so‘m
Cobalt GS-Style Plus MT – 119 542 000 so‘m
Cobalt GX-Style Plus AT – 141 181 000 so‘m
BYD JIZZAXDA “O‘Z ORZUSINI QURMOQDA”
Joriy yilning 26-sentabrida prezident Shavkat Mirziyoyev BYD avtokompaniyasi prezidenti Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar respublikamizda xitoy ishlab chjqiaruvchi kompaniyasi faoliyatini kengaytirish, shu jumladan, Jizzax viloyatida BYD gibrid va elektr avtomobillarini ishlab chiqarish maydonlarini muddatidan avval ishga tushirishning amaliy masalalarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
KEYINGI YIL O‘ZBEKISTONDA YANA BIR AVTO YER YUZINI KO‘RADI
Yaqinda Xitoyda Omoda E5 elektr krossoveri test-drayvdan o‘tkazildi. autostrada.uz nashriyoti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil O‘zbekistonda 2024-yilning bahoridan sotila boshlaydi.
OMODA brendining birinchi elektromobili ixcham old uzatmali crossover formatida yaratilgan. Avtomobil 225 l.s. quvvatga ega E5 dvigateli bilan jihozlangan hamda dvigatelning aylanma momenti 360 Н•m ni tashkil etadi. Krossover tezlikni 7,8 sekundda 100 km/soatga oshira oladi. Eco, Comfort va Sport rejimlari haydashj uslubini muayyan sharoitga moslashtirish imkonini beradi.
Krossover 61 kVt/soat sig‘imli batareyada ishlaydi. Bu avtomobilga bir martalik quvvatlanish bilan taxminan 450 km yo‘l bosishiga imkon beradi. Omoda E5 atigi 35 daqiqa ichida 30%dan 80% gacha quvvat oladi.