Skip to main content

Birlamchi bozor: Kia Sonet O‘zbekistonda yig‘iladi, Zeekr rasmiy tarzda olib kelinadi, BYD elektromobillari yanada ko‘payadi

O‘zbekistonda Kia Sonet krossoveri ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda yangi avtomobil ishlab chiqarish korxonalari ish boshlaydi, 7auto.uz

ADM Jizzakh Kia Sonet shahar krossoveri ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqarish kompaniyaning yangi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan maydonida amalga oshiriladi.

Koreya brendi uchun bu payvandlash, bo‘yash va kuzov yig‘ishdan iborat to‘liq texnologik davr bo‘yicha O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi ilk avtomobildir. Majmua yiliga taxminan 100 ming avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Obyektdagi barcha montaj va ishga tushirish ishlari 2024-yil mart oyining oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda.

Kia, shuningdek, O‘zbekistonda bir necha o‘nlab turli butlovchi qismlar ishlab chiqarishni, yig‘ish va ekspluatatsiyalarni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda, bu esa Sonet’ni mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgan modelga aylantiradi.

O‘zbekistonda yangi avtomobil ishlab chiqarish korxonalari ish boshlaydi, 7auto.uzO‘zbekistonda yangi avtomobil ishlab chiqarish korxonalari ish boshlaydi, 7auto.uz

Zeekr O‘zbekiston bozorida rasmiy maqomga ega bo‘ldi

Xitoyning Geely Automobile Holdings Limited avtomobil kompaniyasi O‘zbekiston bozorida Zeekr elektromobillaring yangi premium-brendini taqdim etdi. Bizning mamlakatimiz, brend o‘z elektromobillari sotuvini rasmiy yo‘lga qo‘ygan Markaziy Osiyoda Qozog‘istondan keyingi ikkinchi davlatga aylandi. Qozog‘iston avto-guruhi Orbis Auto tarkibiga kiruvchi Evolux Auto bilan distribyutorlik va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni ta’minlash haqidagi kelishuv imzolandi.

O‘zbekistonda yangi avtomobil ishlab chiqarish korxonalari ish boshlaydi, 7auto.uz

O‘zbekiston bozorida Zeekr 001, X va 007 modellarda taqdim etiladi. Elektromobillar rus tilidagi sozlamaga va ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kafolatga ega bo‘lishadi. Asosiy yetkazib berish mazkur yilning iyun oyiga mo‘ljallanmoqda, biroq, bugungi kunda ham sotuvda barcha tilga olingan modellar allaqachon mavjud.

O‘zbekistonda yangi avtomobil ishlab chiqarish korxonalari ish boshlaydi, 7auto.uz

O‘zbekiston ishlab chiqarishni oshirib, BYD elektromobillari importini cheklashni rejalashtirmoqda

“O‘zavtosanoat” va BYD qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi bosqichlarida mahalliylashtirish darajasi 60 foizga oshadi, shuningdek, 10 mingta ish o‘rni yaratiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr va gibrid avtomobillar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investitsiya bitimini tasdiqlash haqida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Davlat rahbari elektromobil xarid qilayotgan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, elektromobillarning mahalliy iqlim sharoitiga mos kelishi va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bundan tashqari, respublikada ishlab chiqarilayotgan elektromobillarni doimiy ravishda eksport qilish rejalashtirilgan davlatlar ro‘yxati kengaytiriladi. Istisno qo‘shma korxona tomonidan aniqlangan mamlakatlar ro‘yxatiga nisbatan qo‘llaniladi. Hujjatda imtiyoz va preferensiyalar berishda barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar, jumladan, BYD uchun teng sharoit yaratish muhimligi ham qayd etilgan.

O‘zbekistonda yangi avtomobil ishlab chiqarish korxonalari ish boshlaydi, 7auto.uz

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, 2023-yilning sentabr oyida BYD va “O‘zavtosanoat” BYD Uzbekistan Factory qo‘shma korxonasiga asos solishga kelishishgan edi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan esa investitsiya bitimi imzolangan. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha butun davr mobaynida BYD 160 million AQSh dollari sarmoya kiritadi, shundan 60 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. Jizzax viloyatidagi zavodning birinchi bosqichdagi quvvati yiliga 50 ming avtomobilni tashkil etadi, keyinchalik esa bu ko‘rsatkich bosqichma-bosqich 300 mingtaga oshirilib, bir qismi uchinchi mamlakatlarga eksport qilinadi.

Shuningdek, hukumat O‘zbekistonda BYD elektromobillari importini cheklashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Xitoy avtomobil kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi hukumatidan mahalliy iqlim va yoʻl sharoitlariga mos kelmaydigan, shuningdek, rasmiy kafolatga ega boʻlmagan elektromobillarni “betartib” olib kirishni cheklashni soʻradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari hamda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga joriy yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni va Jahon savdo tashkiloti tamoyillarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

BYD elektromobillarining “betartib” olib kirilishini cheklash mamlakatimizga xalqaro standartlarga javob beradigan xavfsiz avtomobillarni yetkazib berish uchun shart-sharoit yaratishi, sotuvdan keyingi majburiy xizmat ko‘rsatish, servis xizmati ko‘rsatish va yetkazib beruvchi tomonidan ehtiyot qismlar bilan ta’minlash tizimini birlashtirishi kutilmoqda.