Avtotransport vositalarining oldi-sotdi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasida yangi avtomototransport vositalarining chakana savdosi tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 683-sonli Qarori tasdiqlandi.
Shunday qilib, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 119-1-band bilan to‘ldirilsin:
119-1. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasini tuzishda barcha iste’molchilarga teng imkoniyatlar yaratadi. Bozorda ustunligi bo‘lgan sotuvchi o‘zi ishlab chiqargan avtomototransport vositasini sotish bo‘yicha ichki bozor talabini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, 12 oy ichida bir shaxs bilan avtomototransport vositalariga ikkitadan ortiq shartnoma tuzganda, sotuvchi keyingi 12 oy ichida ushbu mahsulotlar uchun takroriy shartnoma tuzishni rad etish huquqiga ega.