Dongfeng Nissan qo‘shma korxonasi 2023-yil dekabr oyidagi savdo natijalarini rasman e’lon qildi – umumiy sotuvlar hajmi 95 204 dona. Bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 42,8 foizga ko‘pdir. Shuningdek, yangi yil bayramiga 12 006 ta buyurtma berildi.
Nissan, shuningdek, 2025-yil boshida taqdim etiladigan bir nechta yangi elektromobillarni ishlab chiqmoqda. Kelgusi yil oxiriga qadar kompaniya yana to‘rtta modelni chiqarishni rejalashtirmoqda: ikkita yo‘ltanlamas va ikkita sedan. Xaridorlarga gibrid va sof elektr variantlari taklif etiladi.
O‘zini innovatsion elektr haydovchi texnologiyasi bo‘yicha kashshof deb atovchi Nissan, to‘liq qattiq holatdagi akkumulyator texnologiyasini tadqiq qilish va rivojlantirishni tezlashtiradi, bu yil tajriba zavodini ochadi, 2028-yilda esa ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi.