Skip to main content

BYD – NEW ENERGY avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon liderligiga shahdam qadamlar bilan intilayotgan avtomobil konglomerati. 2023-yilning avgust oyida koveyerdan 5-millioninchi elektromobil chiqdi.  2023-yil 16-mart kuni O‘zbekistonda brendning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tgandi. BYD Astana Motors jamoasi rasmiy diler bo‘ldi. Shundan beri yarim yil o‘tdi. Sizlar bilan brend va dilerning ilk yutuqlari bilan bo‘lishamiz.

BYD. O‘ZBEKCHA GAPIRAMIZ

1-sentabr kuni BYD O‘zbekistonda taqdim etilgan modellar liniyasidagi avtomobillar interfeysi yangilanganini e’lon qildi. Endilikda O‘zbekistondagi barcha rasmiy dilerlik markazlaridan sotib olingan avtomobillarda o‘zbek tilidagi interfeys mavjud.

“Biz g‘urur bilan ayta olamizki, BYD ENERGY avtomobillari dunyo bo‘yicha o‘zbek tili interfeysiga ega bo‘lgan ilk avtomobillar bo‘ldi. Bu brendning O‘zbekiston davlati va xalqiga bo‘lgan ehtiromidir”, – deb ta’kidladi BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘ining bosh rahbari Ziyoviddin Parpiyev.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 16-mart kunidagi brendning bozorlarga ilk chiqishida interfeys ingliz va rus tillarida edi. Standart dasturlar to‘plamidan tashqari, xavfsizlik tizimining ovozli yordamchisi o‘zbek tilida xavfsizlik kamarini bog‘lash zarurligini eslatishi, haydash rejimini o‘zgartirishni tavsiya qilishi, ko‘r joylarda to‘siqlar haqida ogohlantirishi – bir so‘z bilan aytganda, sayohatni imkon qadar xavfsiz va qulay amalga oshirishi mumkin.

Yangi interfeysni o‘rnatish vaqti 30-40 daqiqani tashkil qiladi, bu vaqtni shinamgina mijozlar xonasida, bir finjon issiqqina qahva yoki xushbo‘y choy ichib o‘tkazish mumkin.

Brendning Toshkentda joylashgan rasmiy dilerlik markazlaridan sotib olingan Song Plus DM-i, CHAZOR gibrid avtomobillari, HAN elektromobili egalari 4S tizimi bo‘yicha ishlovchi uchta DM ning istalgan biridan oldindan buyurtma qilish orqali yangilanishni o‘rnatishlari mumkin.

  • BYD Yunusobod;
  • BYD Sergeli;
  • BYD Yakkasaray.

BYD

  • 16-mart – BYD brendining O‘zbekistondagi taqdimoti.
  • 2-aprel – Dastlabki 50 ta CHAZOR gibrid avtomobillarining topshirilishi.
  • 21-iyun – 1000-avtomobilning topshirilishi.
  • 14-iyul – Rasmiy dilerlik tarmog‘ining to‘rtinchisi – BYD YUNUSOBOD flagman dilerlik markazining ochilishi.
  • 17-avgust – 3000-avtomobilning topshirilishi.
  • 1-sentabr – O‘zbekistonda taqdim etilgan modellar liniyasidagi avtomobillarda yangilangan o‘zbek tilidagi interfeysng taqdim etilishi.
  • 25-sentabr – 5000-avtomobilning topshirilishi.
  • 26-30-sentabr – Dilerlik tarmog‘ining kengayishi. Urganch va Andijonda hudud dilerlik markazlarining ochilishi.

ILK NATIJALAR. YARIM YILDA 5000 AVTOMOBIL – VA BYD KOMPANIYASINING O‘ZBEKISTONDAGI  BOSHQA NATIJALARI, 7auto.uz

6 OY — 5000 AVTOMOBIL

25-sentabr kuni rasmiy BYD SERGELI dilerlik markazida BYD dilerlik tarmog‘i tomonidan 2023-yil 17-martda sotuv boshlanganidan beri sotilgan brendning 5000-avtomobilini tantanali ravishda topshirilishi bo‘lib o‘tdi.

Minginchi sotuvni bayramona tarqatish rasmiy dilerlik tarmog‘ida yaxshi an’anaga aylangan, ammo bu safargi tadbir ayniqsa ahamiyatli bo‘ldi. BYD HAN elektromobilining kalitlarini premium sedanning baxtli egasiga BYD konglomerati asoschisi va prezidenti janob Vang Chuanfu taqdim etdi.

“Bunday hurmatli mehmonni qabul qilish katta sharafdir. Biz janob Vang Chuanfuga va brend rahbariyatiga O‘zbekistondagi birinchi rasmiy diler bo‘lish huquqi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Uchta 4S formatdagi markaz va bitta city store’dan iborat dilerlik tarmog‘imiz jamoamizning birgalikdagi sa’y-harakatlari va BYD ko‘magi tufayli shunday natijalarga erishganidan faxrlanamiz. Ishonchlari bilan bizni to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganimizni tasdiqlaydigan tanlov uchun haridorlarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, – dedi BYD Astana Motors dilerlik tarmog‘i bosh rahbari Ziyoviddin Parpiev. – Mijozlarga e’tibor qaratish BYD dilerlik tarmog‘imizni rivojlantirishning asosiy vektoridir”.

Taqdim etilgan modellar liniyasida 3 sinfdagi avtomobillar bor:

BYD HAN elektromobili. Xitoyning eng mashhur Xan sulolasi nomi bilan atalgan, hashamatli va innovatsion yechimlari bilan o‘ziga jalb etuvchi premium sedan ikkita komplektatsiya va to‘rtta rangda mavjud. Quvvat zaxirasi 715 km gacha. Besh yil yoki 100 000 km uchun kafolat. Blade Battery uchun sakkiz yillik kafolatga ega;

Song Plus DM-I gibrid krossoveri 1000 km gacha bo‘lgan umumiy quvvat zaxirasi, to‘rt yillik kafolat yoki 120 000 km, ikkita komplektatsiya va to‘rtta rangda mavjud;

BYD CHAZOR gibrid debyut sedani 1100 km gacha bo‘lgan umumiy quvvat zaxirasiga ega. Ikki komplektatsiyada va tanlash uchun uchta rangda mavjud.

ILK NATIJALAR. YARIM YILDA 5000 AVTOMOBIL – VA BYD KOMPANIYASINING O‘ZBEKISTONDAGI  BOSHQA NATIJALARI, 7auto.uz

Keng ko‘rgazma zallari, innovatsion uskunalar va elektr o‘tkazmaydigan asboblar bilan jihozlangan zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari. Qulay mijozlar xonalari, bolalar maydonchalari, bank kassalari, Wi-Fi, kredit va sug‘urta bo‘limi mutaxassislarining maslahatlari, test parki. Imkoniyatlarni oshirish maqsadida moliyaviy sheriklar bilan birgalikda kredit mahsulotlari ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bularning barchasi g‘amxo‘rligimiz va e’tiborimiz ramzidir.

“Sentyabr oyida biz Andijon va Urganch shaharlarida 4S standarti bo‘yicha dilerlik markazlarini texnik jihatdan ishga tushirish orqali brendning hududlardagi ishtirokini kengaytirdik. Oktabr oyining birinchi o‘n kunligida Buxoroda dilerlik markazini ishga tushirish rejalashtirilgan. Endi brend avtomobillari uchun poytaxtga borish shart emas.

Oktyabr oyidan boshlab bizning dilerlik tarmog‘imiz BYD YUNUSOBOD DM negizida BYD elektr va gibrid avtomobillari haydovchilari uchun “BYD Akademiyasi” ma’ruza kursini yo‘lga qo‘ymoqda, – deb davom etdi Ziyoviddin Parpiyev. – Bizning dilerlik tarmog‘imizdan avtomobil sotib olgan har bir kishi bizning jamoamiz, ya’ni BYD NEW ENERGY jamoasining bir qismiga aylanadi”.

“Menga  qo‘ng‘iroq qilib, men 5000-haridor ekanligimni aytishganida, birinchi daqiqalarda bunday omad aynan menga kulib boqqaniga ishona olmadim. Va kalitlarni BYD kompaniyasi prezidentining shaxsan o‘zidan qabul qilib olishimni hatto tasavvur ham qilmagandim. Xursandchilik va hayajon meni hali ham tark etmadi. Oilamizga tegishli barcha avtomobillar – BYD modellaridir, va men uchun avtomobil tanlovi haqida savol tug‘ilganida, boshqa variantlar ko‘rib ham chiqilmadi. Faqat BYD, va faqat rasmiy dilerdan! Test-drayvga keliboq, BYD HAN huddi men uchun yaratilganini his qildim”, — deya O‘zbekistondagi 5000-brend avtomobili egasi Nozima Abdullaeva o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.