Skip to main content

29-yanvar kuni butun dunyo bo‘ylab avtomobil ishqibozlari “avtomobil tug‘ilgan kuni”ni nishonlashadi. Sizga u dastlab qanday bo‘lganini va boshqa nomzodlar bo‘lganiga qaramay nima uchun aynan Karl Benzning motorli izvoshi bunday faxriy unvonga loyiq topilgani haqida gapirib beramiz.

Avtomobil tarixiga qiziquvchilar hali hanuz ichki yonuvchi dvigatelli ilk avtomobil unvoni bo‘yicha bahslashuvlar olib borishadi. Axir Karl Benzning trisikli (dunyodagi ilk avtomobil uch g‘ildirakli bo‘lgan) bilan deyarli bir vaqda tuzilishi jihatidan o‘xshash Gotlib Daymlerning aravasi ham ommaga taqdim etilgan edi. Biroq, Daymler ushbu namunani faqatgina ko‘rgazma sifatida chiqargan. Benz esa bu paytda o‘z ijod mahsulini sotishni jiddiy rejalashtirayotgan edi. Natijada esa u buni uddaladi.

Benz Patent-Motorwagen so‘zma-so‘z “Benzning patentlangan motorli aravasi” deya tarjima qilinadi. Va bu qanchalik g‘alati eshtilmasin, uch g‘ildirakli izvosh ko‘p jihatidan zamonaviy avtomobilga deyarli o‘xshash edi. O‘zingiz fikr yuriting.

“Kapot ostida” (shundoq haydovchining orqasida) taxminan bir ot kuchiga ega bir silindrli, bir litrli, to‘rt zarbali ichki yonilg‘ili dvigatel bo‘lgan. U oddiy bug‘lanuvchi karbyurator tomonidan oziqlangan, bu yerda aralashmani tayyorlash uchun benzin namlangan lattalar bilan bug‘langan.

DUNYODAGI ILK AVTOMOBIL, 7auto.uz

Motor tuzilmasida, har qanday benzinda ichki yonilg‘ili dvigateldagi singari, o‘t olish shami, induksion g‘altak, trambler, akkumulyatorli batareya va qo‘l krani ko‘rinishidagi droselli klapan mavjud. Shuningdek, oddiy suv sovutish tizimi ham bo‘lgan, ammo uni doim suv bilan to‘ldirib turish kerak bo‘lgan. Moy tizimi ham unchalik murakkab bo‘lmagan, ya’ni bir nechta ishqalanuvchi detallarga tomchilab moy yetkazib turadigan rezervuar edi. Gaz taqsimlash mexanizmi uzatmasi – tasmali.

Dvigateldan kelayotgan aylanma kuch murakkab shkivlar tizimi, tishli shesternalar va tasmalar yordamida orqa g‘ildiraklarga uzatiladi. Shuningdek, asosiy konussimon uzatma (differensialsiz) ham mavjud edi, yonida tormdoz barabani, hamda yarim yoylar va qo‘shaloq yarim elliptik ressorli oddiy ilmoqlar joylashgan. Old g‘ildirakda ilmoq bo‘lmagan.

Mashinada ulagich vazifasini oddiy ikki bosqichli tok ajratgich bajargan, katta gorizontal maxovik chambaragi esa qo‘shimcha ravishda qo‘l starteri vazifasini ham bajarar edi. Benz Patent-Motorwagen’da generator ham, uzatmalar qutisi ham bo‘lmagan. Benzonasos haqida gapirmasa ham bo‘ladi: yonilg‘i kuch agregatori ustida joylashgan bakdan o‘zi oqib borgan.

Tashqi ko‘rinishidan Benz Patent-Motorwagen ko‘proq uch g‘ildirakli velosipedni eslatardi. Yoki bir g‘ildiraksiz ochiq ot izvoshni. Bunga asosiy sabab, xuddi velosipednikiga o‘xshash keng ramalar edi. Benz keyinchalik “farzandi” uchun tuzilma va aksariyat butlovchi qismlarni ot aravadan olganini, va hatto dvigatel ham aynan shu sodda texnikada sinovdan o‘tkazilganini ochiq aytgan. Bu mantiqan to‘g‘ri ham, chunki u paytda hali boshqa katta g‘ildirakli transport vositalari mavjud emasdi.

Ramaga oyoq qo‘yiladigan joyi bo‘lgan keng uch kishilik o‘rindiqlar biriktirilgan, uning orqasida g‘ildiraklarga quvvat uzatish tizimiga ega monoblok va unga bog‘liq sodda ilmoq bor edi. Old g‘ildirakning ravon elementlari bo‘lmagan va aslida oddiy velosiped vilkasi kabi edi. Burilish tizimida bor yo‘g‘i bir juft burchak uzatmalari hamda “salon”dagi rul dastagi vali va ramaga g‘ildiraklarni biriktiruvchi vilka o‘rtasidagi oraliq tortish kuchi xizmat qilgan. Barcha uchta g‘ildiraklar ko‘rinishi velosipedniki kabi ko‘p kegayli edi, qalpoqlari sifatida esa bir butun kauchukli halqalar ishlatilgan.

DUNYODAGI ILK AVTOMOBIL, 7auto.uz

Karl Fridrix Benz 1885-yilda Myunxenda chiqarilgan o‘zining uch g‘ildirakli ilk avtomobilida. 1925-yil

Benz Motorwagen’ning asosiy va yagona konstruktori Karl Benzning o‘zi edi. Barchasi u tomonidan asos solingan velosiped ustaxonasidan boshlangan. Biroq velosipedniki kabi tortish pedallari ixtirochiga ozdek ko‘rindi, va u deyarli barcha turdagi g‘ildirakli shassilarga o‘rnatish mumkin bo‘lgan IYoD yaratish ustida ish boshladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kundagi bizga ma’lum klassik siklli ichki yonilg‘ili dvigatelni bevosita Benz o‘ylab topgan emas. Benzinda ishlovchi IYoD ilk kashshofi Nikolaus Otto 1866-yildayoq o‘z ixtirosini patentlagan. Va aynan huquqiy cheklovlar Benzga yangiligi haqida ovoza qilishiga 1878-yilgacha yo‘l qo‘ymadi. O‘shanda, tom ma’noda Otto patentining amal qilish muddati tugashi kuniga, ya’ni 31-dekabr kuni yangi patent endi Benz nomiga qayd etildi.

DUNYODAGI ILK AVTOMOBIL, 7auto.uz

Avtomobil ixtirochisi Karl Benzning xotini Berta Benz o‘g‘illari Oygen va Rixard hamrohligida tarixdagi ilk avtomobil qurilmada uzoq masofali sayohatga otlangan

1885-yilga kelib, xaridorgir namuna ham tayyor bo‘ldi, 1886-yilda esa Benz o‘zining Benz Patent-Motorwagen avtomobili uchun 37435-sonli asosiy patentni qo‘lga kiritdi. 1888-yil dunyodagi ilk avtomobil xaridorlarga taklif qilina boshlandi.