Avtofaktlar” sarlavhasida 9 ta qiziqarli faktlar to‘plami
- 4 mingta Amerika avtosalonlari prezident Jo Baydenga mamlakatning elektr transport vositalariga o‘tish jarayonini tezlashtirmaslikni so‘rab murojaatnomani imzoladi. Ular AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining 2030-yilga kelib batareyali avtomobillar AQShda sotiladigan avtomobillarning 60 foizigacha o‘sishiga olib keluvchi taklifini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda. Dilerlar o‘z maktubida batareyali avtomobillarga bo‘lgan haqiqiy talab o‘sib borayotgan taklifga mos kelmayotganini qayd etishgan.
- 5 daqiqa – bu Lotus elektromokarlariga mo‘ljallangan 142 kilometr yo‘lni bosib o‘tish imkonini beruvchi yangi o‘ta kuchli quvvatlagichda quvvatlash uchun sarflanadigan vaqt. Hozircha bu shu kabi texnikalar uchun rekord natijadir.
- 40 millisoniya – shuncha vaqt avtomobil to‘qnashuvidan keyin “xavfsizlik yostiqchasi” ochilishi uchun kerak bo‘ladi.
- 2 hafta o‘rtacha umrini inson svetofor chiroqlari almashinuvini kutish uchun sarflaydi.
- 35 l.s. — 1900-yilda ishlab chiqarilgan birinchi poyga avtomobilining dvigatel kuchi.
- 80% zamonaviy avtomobillar ikkinchi bor qayta ishlash mumkin bo‘lgan tarkibiy qismlardan iborat.
- 4,8 million kilometr — bu Ginnes Rekordlari kitobiga ko‘ra, bitta inson tomonidan boshqarilgan eng ko‘p bosib o‘tilgan masofa uchun unvonga ega bo‘lgan 1966 yilgi Volvo 1800S avtomobilining yurgan masofasi.
- 165ming — Xalqaro avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (OICA) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har kuni shuncha avtomobil ishlab chiqariladi.
- 18% zamonaviy haydovchilar bugungi kunda mexanik uzatmali avtomobil qanday ishlashini bilishadi.