Ajoyib elektromobillardan zavqlanishingiz uchun avto-to‘plamni taqdim qilamiz
Fiat 500 Abarth 500e
Fiat 500 | Abarth 500e |
42 kVt/s akkumulyator 117 ot kuchi quvvati 320 km quvvat zaxirasi
| 42,2 kVt/s akkumulyator 155 ot kuchi quvvati 260 km quvvat zaxirasi |
Fiat 500 ning asosiy ustunligi, albatta, uning o‘lchamlaridir: hamma joyga sig‘ib ketaveradi, erkak haydovchilar uchun bu afzallik hisoblanmagani sababli uni ko‘proq ayollar boshqarishadi (ayoling uchun mashina – eng yaxshi sovg‘a, axir bu ajoyibku!).
Fiat 500 negizidagi Abarth modeli – old tomonlama tortuvchi va retro uslubidagi dizaynga ega super ixcham elektr xetchbek. Muhandislar uni hatto benzin dvigateli ishlashini taqlid qiluvchi ovozli generator bilan jihozlashgan.
—————
Hyundai Kona Electric
48,4 kVt/s akkumulyator
154 ot kuchi quvvati
376 km quvvat zaxirasi
Robokop uslubida qayta dizaynga ega bo‘lgan, avtomobilning old va orqa qismiga tushirilgan rangli yo‘l-yo‘l chiziqli Hyundai. Shunichi qiziqki, avtomobil dastlab aynan “elektrichka” sifatida ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ham gibrid, ham IYoD li versiyalari ham mavjud. Bu besh o‘rinli, ikkita ekranli krossover bo‘lib, barcha uchun odatiy vaqtlarni sog‘inuvchilar uchun jismoniy tugmalarga ham ega.
—————
Kia EV9
99,8 kVt/s akkumulyator
380 ot kuchi quvvati
511 km quvvat zaxirasi
Koreyadagi elektr inqilobi tasodif emas edi. Brend Yevropaning yirik premium o‘yinchilarini hayajonga soldi va bir nechta to‘liq o‘lchamli yetti o‘rindiqli elektr avtomobillardan biri bilan ularni ortda qoldirdi. Ikkita dvigatelli, va albatta, to‘liq tortuvchi avtomobil bo‘lib, rulda “Loy”, “Qor” va “Qum” rejimlarini tanlash uchun tugma mavjud. Besh metrdan ortiq uzunlikdagi, 21 dyuymli g‘ildiraklar bilan jihozlangan Kia EV9 elektromobili, so‘zsiz, taassurot qoldiradi.
————————–
Volvo EX30
49 kVt/s akkumulyator
268 ot kuchi quvvati
345 km quvvat zaxirasi
EX30 boshqa Geely brendlari, jumladan Smart #1 bilan birgalikda elektr platformasida yaratilgan. Hozircha u faqat Xitoyda ishlab chiqarilmoqda, lekin 2025-yildan boshlab Belgiyada ham ishlab chiqariladi. Salon o‘zining soddaligi bilan hayratga soladi. Kam sonli qismlar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va narxini arzonlashtiradi. Xuddi shu sababga ko‘ra, asboblar panelida deyarli hech qanday uzatmalar mavjud emas. Bezatishda qayta ishlangan materiallar, jumladan, jinsi shimlar ishlab chiqaradigan fabrikalar chiqindilari, baliq ovlash to‘rlari, bir martalik plastik butilkalar va hatto maydalangan PVX deraza romlari ishlatilgan.
————————–
BMW i4
72 kVt/s akkumulyator
526 ot kuchi quvvati
506 km quvvat zaxirasi
i4 saloni ko‘p jihatlari bilan biz BMW sport sedanidan kutganlarimizga mos keladi. Bu katta yukxonaga ega to‘laqonli besh eshikli xetchbekdir. Qulay va yaxshi ishlab chiqarilgan mashina. Shuningdek, u istalgan joyga borish imkonini beradigan quvvat zaxirasiga ega va havo harorati batareyaning ishlashiga deyarli ta’sir qilmaydi.
————————–
Hyundai Ioniq 6
77,4 kVt/s akkumulyator
225 ot kuchi quvvati
580 km quvvat zaxirasi
Hyundai allaqachon elektromobil bozorida yetakchi sifatida o‘zini namoyon qilishga ulgurgan, Ioniq 6 sedani esa nafis aerodinamik shakl va eng ilg‘or texnologiyalarning butun to‘plamiga ega holda seriyaning bayroqdor a’zosiga aylandi. Saloni minimalizm shaklida ishlangan bo‘lib, qora sun’iy zamsh bilan qoplangan, pol va gilamchalar o‘rtasida bir necha qatlamli tovushni yutuvchi materiallardan foydalanilgan. Haydovchi oldida ikkita ekranli ma’lumot paneli mavjud. Bir so‘z bilan aytganda, hech qanday ortiqcha bezaksiz – faqat jiddiy hurmatga sazovor mashina uchun zarur bo‘lgan narsalar.
————————–
Polestar 2
75 kVt/s akkumulyator
295 ot kuchi quvvati
514 km quvvat zaxirasi
Volvo sho‘ba korxonasining hashamatli sedani Polestar bir vaqtlar Volvoning poyga zavodi bo‘lgan, ammo hozir Volvo va Xitoyning Geely kompaniyalariga tegishli bo‘lgan alohida “elektr tarmog‘i”ga aylantirilgan. Mashinaning quvvat zaxirasi 766 km bo‘lgan ikki dvigatelli versiyasi ham mavjud. Ammo umuman olganda, Polestar sizni ortiqcha bezaklar bilan hayratga solish uchun emas, balki uzluksiz ishlashi uchun yaratilgan.
————————–
Porsche Taycan
83,7 kVt/s akkumulyator
469 ot kuchi quvvati
450 km quvvat zaxirasi
Mashina to‘rt yildan beri ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa-da, hali ham eng yaxshi elektromobillar jadvalini tark etmadi. Ehtimol, siz uni faqat ikkinchi avtomobil sifatida, masalan, ayolingiz uchun xarid qilishingiz mumkin. Yoki o‘zingiz uchun ham — aslida, bu sport avtomobili va u haqiqiy Porsche kabi harakatlanib, 6 soniyada 100 km tezlikka erishadi va juda aniq boshqaruvga ega. Haqiqiy poyga mashinasi.
————————–
Dacia Spring
26 kVt/s akkumulyator (bor-yo‘g‘i!)
65 ot kuchi quvvati
225 km quvvat zaxirasi
Oddiy, sodda, chiroyli va arzon mashina. Og‘irligi bir tonnadan kam! Yevropada eng ko‘p sotiluvchi uchinchi elektrokar hisoblanadi. Dacia’chilarning ta’kidlashicha, xaridorlarning 90% uni ikkinchi mashina sifatida sotib olishadi va deyarli darhol u asosiy mashinaga aylanadi. Ha, u plastik rulga ega, ammo yukxonasi 290 litrni tashkil qiladi. Agar siz allaqachon ayolingiz uchun mashina sotib olgan bo‘lsangiz, endi ota-onangiz uchun ham alohida elektromobil xarid qiling.