Skip to main content

Xitoyning yetti o‘rinli eng xavfsiz bo‘lgan EXEED VX avtomobili yo‘lovchilarga qanday afzalliklarni taklif etadi

2024-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchilariga hatto premium avtomobillar uchun ham o‘ziga xos “tayanch”ga aylangan raqamli asboblar paneli, uch zonali “iqlim” yoki har tomonlama kameralar bilan iste’molchilarni ajablantirishi qiyin. Texnik yangiliklardan to‘ygan xaridor tezda yaxshi narsalarga o‘rganib qoladi va doimiy ravishda yangi va ahamiyatsiz narsani – hozirgi transport vositalarining ko‘pligida qandaydir “toza havo nafasini” qidiradi.

Xitoyning EXEED kompaniyasi va uning VX flagmani, hashamatli maqomga haqli ravishda erishgan yo‘ltanlamasi ixlosmandlarining yuqori talablarini qondirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ulkan to‘rt g‘ildirakli “kema” deyarli besh metrli avtomobilning rulida birinchi marta o‘tiradigan har bir kishining lablaridan “Qoyil!” so‘zini eshitish uchun yaratilganga o‘xshaydi.

Avtomobil dizayni BMW kompaniyasi dizayneri Kevin Rays va Mini dizayneri Gert Xildebrand tasavvurining mevasidir. U vazmin va ixcham, ammo radiator panjara ustidagi LED ko’rinishidagi mono fara yoki ko‘p rangli yoritgichlari bo‘lgan “aralash rangli” salon  hamda charm, metall, plastik va shisha elementlardan iborat yoqimli kichik detallarga to‘la. EXEED VX ning ichki va tashqi ko‘rinishiga befarq bo‘ladigan odam topilmasa kerak.

Mukammallik ortidan quvib, 7auto.uz

Mukammallik ortidan quvib, 7auto.uz

Bu yerda yetti o‘rinli salon opsiya emas, balki eng asosiy jihatidir, bundan tashqari, ikkinchi qatordagi yo‘lovchilar o‘zlarining iqlim nazorati hududi va yuqoridan ulkan “panorama” ko‘rinishidagi bonuslardan mahrum bo‘lishmaydi, uchinchi qatordagi yo‘lovchilarga esa oyoqlar uchun yetarli joy, tirsakqo‘ygichlar va hatto USB rozetkasi taqdim etilgan. Hamma uchun qulaylik – bu Xitoy flagmanining shiori.

EXEED VX rohat markazi – bu haydovchining o‘rindig‘i. Keng charm o‘rindiqda o‘tirganingizda qarshingizni D-shaklli rul egallaydi, uning ortidagi yagona blokda esa 12,3 dyuymli ikkita monitor joylashgan (sotuvga endi chiqayotgan restayling turida yo‘lovchi uchun ham uchinchi monitor mavjud!).

Asboblar paneli ma’lumotlarga boy va bir nechta dizayn variantlariga ega, qo‘shni sensorli displeyda esa multimedia, kameralar ma’lumotlari, navigatsiya va ehtimol yuzlab funktsiyalar boshqaruvi aks etadi. Salondagi havoni ionlash va filtrlash funksiyalari eng yoqimli xususiyatlaridir. O‘ng qo‘l ostida mittigina uzatmalar qutisi, elektron qo‘l tormozi, simsiz quvvatlagich o‘rnatilgan. Qolgan barcha funksiyalardan elektron menyu orqali foydalanish mumkin.

Salonning yukxonasiga bo‘ladigan qisqa ekskursiya ko‘pgina EXEED VX “sinfdoshlarini” Xitoy gigantiga hasad qilishga majbur qiladi. Uchinchi qator bilan birgalikda yukxonaning hajmi 520 litr, biroq ikkinchi va uchinchi qator o‘rindiqlar yotqizilsa, bu ko‘rsatkich hayratlanarli tarzda 2600 litrga chiqadi. Xohishga ko‘ra, bu joy ishtiyoqli sayohatchilar uchun to‘liq uxlash joyi bo‘lgan g‘ildirakli uyga aylantirilishi mumkin.

O‘lchamlarga qaramay, EXEED VX tayanch kuzovli yo‘ltanlamasdir. Ishlab chiqaruvchilar romlardan voz kechishdi, va umuman olganda bunday yechimga shubha bo‘lmasligi ham kerak. Axir shassi va boshqa muhandislik ishlari uchun o‘nlab Range Rover va Jaguar modellarini yaratishda qo‘li bo‘lgan taniqli Piter Matkin mas’ul edi. Muxtasar qilib aytganda, bizga old tomondan MacPherson ko‘rinishidagi va orqa tomondan ko‘p richagli “klassik yengil avtomobil” taqdim etilgan.

Mukammallik ortidan quvib, 7auto.uz

20 santimetrlik klirensli ilmoqning birgalikdagi kuchli harakati yo‘ltanlamasning imkoniyatlaridan dalolat beradi. Ilmoq mohirlik bilan o‘rnatilgan: og‘irligi ikki tonna bo‘lgan mashina keskin burilishlarga chidamli va bunday harakat haddan tashqari qo‘rqitmaydi. Tortishi to‘liq, Amerikaning Borg Warner kompaniyasining eng ishonchli muftasi orqali ulangan va aylanish onini o‘qlar o‘rtasida mustaqil ravishda taqsimlab, “Torque-on-Demand” printsipi bo‘yicha ishlaydi. Yo‘ldan tashqari yengil sharoitlarda yurish ham mumkin, ammo 20 dyuymli zavod g‘ildiraklardagi past profilli shinalar bilan loyga botib qolish ehtimoli bor.

EXEED VX ni avtomobil dvigatellarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Avstriyaning mashhur AVL kompaniyasi mutaxassislari yordamida yaratilgan turbo kompressor va taqsimlangan yonilg‘i haydagichga ega 2 litrli SQRF4J20 2.0TGDI benzinli dvigatel harakatga keltiradi. Agregatning quvvati 385 Nm aylanish onida 249 ot kuchiga teng. Alyuminiy blokli qator to‘rtlik yo‘ltanlamasni 8,5 soniyada yuz tezlikka chiqaradi, uning maksimal tezligi esa 195 km/soatni tashkil qiladi. “Ikki tonnalik kema” uchun yomon emas. Dvigatel ikkita nam muftali yetti pog‘onali 730DHB robot bilan bog‘langan. Xitoy hali ichki yonuv dvigateli va qutining boshqa kombinatsiyasini taklif qilmayapti (VX restylingda ular allaqachon sakkiz pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan).

Uzatmalar qutisi shahar va trassa yo‘llarida ajoyib xizmat qiladi, silliq siljishlar va gaz pedalining tez harakatga kelishi bilan haydovchini mamnun qiladi. Motorni g‘izillatib, aylanish onini tezlashtirishni sevuvchilar uchun “Sport” rejimi hamda rul osti qanotlari yordamida uzatmalarni qo‘l bilan boshqarish imkoniyati mavjud. 730DHB ni og‘ir yo‘l sharoitlari bilan qiynoqqa solishning hojati yo‘q: har qanday “robot” kabi, u ham bunday sharoitlarda qizib ketishi mumkin. Elektronikaning o‘zi ham haydovchi agregatni shikastlashiga yo‘l qo‘ymay, uni keskin harorat ortgani haqida ogohlantiradi va uzatmalar qutisini to‘xtatadi.

Go‘zallik va dinamikaga intilishda EXEED VX yaratuvchilari eng muhim narsa – xavfsizlikni unutishmadi. Kuzov tarkibida yuqori quvvatli po‘latning ulushi 70% ni tashkil qiladi. Korroziya haqida unutish mumkin: qoplamalar galvanizatsiya yordamida har ikki tomondan ruhlangan. Xitoy Avtomobil Texnologiyalari Markazi (CATARC) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, EXEED Xitoyda ishlab chiqarilgan yetti o‘rindiqli eng xavfsiz flagman hisoblanadi. U 92,4% yakuniy ball (besh yulduzli reytingga mos) bilan bir qator C-NCAP krash-testlaridan o‘tgan. Old va yon zarbalarda kuzovning salon qismida jiddiy deformatsiya qayd etilmagan: barcha xavfsizlik yostiqchalari va pardalar normal ishlaydi.

 

Mukammallik ortidan quvib, 7auto.uz

*Uchinchi qatordagi katta keng yon oynalar *Yoritgichli xromlangan bo‘sag‘alar *Sony stereotizimi + bir qismli orqa ko‘rinish ko‘zgusi *Barcha sharoitlarga mos qulay o‘rindiqlar *Ikkinchi va uchinchi qator o‘rindiqlarisiz 2600 litrgacha ortuvchi katta hajmli yukxona *Shovqin va tebranishlarning makimal past darajasi *BORGWARNER dan to‘liq tortish intellektual tizimi + BENTLEY dan shassi *Tog‘larga ko‘tarilish uchun yordam tizimi *+Тik nishablikda tushish nazorat tizimi *IHC faralarining intellektual boshqaruvi *Yuqori tiniqlikdagi 360 darajali ko‘rish


Mukammallik ortidan quvib, 7auto.uz

*Yuqori quvvatli 2,0 l turbo dvigatel + 7 pog‘onali uzatmalar qutisi *Moslashuvchan kruiz-nazorati *Eshiklar ochilayotganida ogohlantirish tizimi *Radiator panjarasi oldidagi xromlangan katta panel *Matritsa oqimiga ega aqlli LED yoritgichi *20 dyumli CONTINENTAL shinalari *Katta aqlli panoramali tom + LUXURY darajadagi 7 o’rindiq *Ikki tomonlama aqlli TOUCHSCREEN

Mazkur testlarni amaliyotda tekshirib ko‘rishga hojat yo‘q, chunki yo‘ltanlamas YTH ehtimolini kamaytiruvchi juda katta yordamchi vositalar to‘plami bilan jihozlangan. Standartlariga blokirovkaga qarshi tormoz tizimi, dinamik barqarorlashtirish tizimi, shataksirashga qarshi tizim, yashirin hududlarni nazorat qilish tizimi, moslashuvchan iqlim nazorati kiradi. Qiziqarlilaridan esa favqulodda avtonom tormozlash tizimi, yo‘lni saqlash bo‘yicha yordamchi, orqadan harakatlanish haqida ogohlantirish tizimi, tirbandliklarda yordam tizimi; noodatiylaridan – eshik     ochilayotganda avtomobildan xavfsiz tushish uchun yordamchini misol keltirish mumkin.

Shunday qilib, EXEED VX kimlar uchun yaratilgan? Xitoylik mehmon, ilk qarashda, allaqachon oilasini kengaytirgan haydovchilarga o‘z yaqinlari bilan kundalik yoki uzoq safarlar davomida qulaylikning yuqori darajasida zavqlanish, shu bilan birga tabiat qo‘ynida faol dam olishlarga otlanganda noravon tog‘ yo‘llarini zabt etish imkonini beradi. Biroq, bu bilan Xitoy avtomobil sanoati “farzandi”ning maqsadli auditoriyasini cheklamaslik kerak. O‘rindiqlarni yotqizing, bahaybat salonga velosiped, kemping uchun chodir va to‘plamlarni, va hatto sapsyorfing doskasini ham joylangu – o‘zingizning ilk katta sayohatingizga otlaning!  VX hali tajribangiz kamligini kechiradi va xatolar qilishingizga yo‘l qo‘ymaydi.

Universal, qulay, texnologik jihatdan rivojlangan, xavfsiz – EXEED VX shunday taqdim etildi.

Batafsil ma’lumotlar exeed.uz saytida