Skip to main content

Eng muxim insonlarning vakillik avtomobili hisoblanmish hashamatli Rolls-Royce Cullinan bilan batafsil tanishamiz

“Bizning tarixga, orzumandlar, avantyuristlar, tadqiqotchilar va hurlik ustunligiga intiluvchilar uchun javobimiz – bu Rolls-Royce Cullinan, – dedi bosh direktor Torsten Myuller Otvos mazkur yo‘ltanlamas taqdimotida. – Bu bizning hashamatli safarlar haqidagi tushunchalarimizni tubdan o‘zgartira oladi”.

Hurlik ustunligi: hashamatli Rolls-Royce Cullinan, 7auto.uz

Rolls-Royce avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha boy tarixga, zodagonlarcha hasham va bejirim ko‘rinish o‘rtasida muvozanat bilan uyg‘unlashgan o‘ziga xos dizaynga ega. Biroq avtomobil yaratuvchilari hashamatlilik degani cheksiz ekran menyulari va bezakli yoritkichlarni emas, balki nafosat, sifat va tashqi olamdan nima bo‘lishidan qat’i nazar o‘z uslubiga ega bo‘lishni anglaydilar.

Hurlik ustunligi: hashamatli Rolls-Royce Cullinan, 7auto.uz

An’anaviy Niki ma’budasi haykalchasi bilan bezatilgan kapot ostida ikkita turbo quvvatga ega 571 ot kuchini beruvchi, 8 bosqichli avtomat uzatmalar qutisiga ulangan V-12 dvigateli joylashgan. Kabinasi shunchalar yumshoq va sokinki, hatto 100 km/soat tezlikda ham siz butunlay osoyishtalikda bo‘lasiz. Darvoqe, 100 km/soat tezlikka 5,2 soniyada chiqa olasiz, bu esa deyarli uch tonna vazndagi mashina uchun juda hayratlanarlidir. Bu yo‘ltanlamas ekanligini unutmang!

Uning qiymatiga qodir bo‘lgan insonlargina dunyodagi eng ekstravagant ekipajda o‘z manzillari tomon safar chog‘ida rohatga ega bo‘ladilar.

Cullinan pnevmatik ilgak bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘llardagi nosozliklarni bartaraf etish uchun yo‘llarni skanerlovchi kameralar orqali ma’lumot qabul qilib oladi va avtomobilning balandiligini avtomatik tarzda sozlaydi.

Hurlik ustunligi: hashamatli Rolls-Royce Cullinan, 7auto.uz

Keng salon qismi tabiiy charm bilan, qo‘y jungidan bo‘lgan gilam qoplamalar bilan qoplangan, chiroyli yog‘och ishlanmalar va naqshlangan alyuminiy qo‘shimchalar bilan bezatilgan. “Kareta” eshiklar shohona ochiladi, hamda orqa o‘rindiqqa, ya’ni haqiqiy katta divanga o‘tirish imkonini beradi.

Har bir Cullinan katta sensor ekranli ma’lumot-ko‘ngilxushlik tizimi va markaziy konsolda takroriy boshqaruv tugmasi bilan jihozlangan. Har bir old o‘rindiq suyanchig‘i ortiga orqa o‘rindiqlar uchun 12-dyuymli ekran o‘rnatilgan. Wi-Fi ulanish nuqtasidan tashqari Cullinan maxsus 18 dinamikli audiotizim bilan jihozlangan.

Rolls-Royce Cullinan — hurlik va qulaylikning qadriga yetuvchilar uchun o‘ziga xos avtomobil!

Hurlik ustunligi: hashamatli Rolls-Royce Cullinan, 7auto.uz

———-

Xususiyatlari

Uzunligi — 5,34 m

Eni — 2,0 m

Balandligi — 1,82 m

Dvigatel hajmi — 6749 m³

Quvvati — 571 l. s.

Burilish diametri — 13,23 m

Tortishi to‘liq

 

———-

Orient Motors saloni premium sinfdagi jahon brendlari avtomobillarining keng tanloviga ega

Manzil: Turkiston ko‘chasi, 7. Mo‘ljal: Shimoliy vokzal

Call Center 71 205 0990